Toshkent tibbiyot akademiyasi urganch filiali odob-axloq kodeksi


-modda. Odob-axloqqa oid qo‘shimcha talablar


Download 0.68 Mb.
bet13/47
Sana04.04.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1328443
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   47
Bog'liq
Одоб ахлок кодекси 3 тил

27-modda. Odob-axloqqa oid qo‘shimcha talablar
a) taʼlim oluvchilar:
- nutq madaniyatini doimiy takomillashtirib borishga;
- taʼlim oluvchilarning o‘z-o‘zini boshqarish tizimini faol qo‘llab-quvvatlash va mustahkamlash, ijodiy faoliyatni rivojlantirish va jamoaviy madaniyatni o‘stirishga;
- pedagog xodim bilan boshqa taʼlim oluvchilarning bahosini muhokama qilmaslikka;
- reyting nazoratiga doir tartib-qoidani bajarish vaqtida chetdan yordam olmaslik, o‘zgalarga yordam ko‘rsatmaslikka;
- boshqa shaxslar tomonidan tayyorlangan topshiriqlarni o‘z nomidan topshirmaslikka;
- mashg‘ulotlarni sababsiz o‘tkazib yubormaslikka va darslarga sababsiz kechikib kelmaslikka;
- o‘quv mashg‘ulotlari vaqtida filial binolari hududida behuda yurmaslikka;
- dars mashg‘ulotlari o‘tilayotgan vaqtda fakultet dekanlari, magistratura bo‘limi boshlig‘ining ruxsatisiz filial hududidan ketib qolmaslikka;
- xodimlar, doktorantlar va taʼlim oluvchilar bilan nizoli vaziyat yuzaga kelganda, o‘z hissiyotlarini jilovlashga va mazkur vaziyatni ko‘rib chiqish bo‘yicha tegishli bo‘linma va xodimlar (murabbiy (tyutor), dekan, dekan o‘rinbosari, Yoshlar bilan ishlash va maʼnaviyat-maʼrifat bo‘limi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti)ga murojaat qilishga;
- o‘quv jarayonida faol, eʼtiborli bo‘lishga va pedagog xodimlarning ko‘rsatmalariga qatʼiy rioya qilishga;
- dars vaqtida gaplashmaslik, nojo‘ya harakatlar bilan darsga xalaqit bermaslik hamda dars mashg‘ulotiga taalluqli bo‘lmagan ishlar bilan shug‘ullanmaslikka;
- jihozlarga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, stol va stullarga yozmaslikka;
- qog‘oz, saqich va boshqa keraksiz narsalarni auditoriyada qoldirib ketmaslikka;
- mashg‘ulotlar davomida ovqatlanmaslikka, saqich chaynamaslikka, shuningdek, shaxsiy kompyuter va boshqa kommunikatsiya vositalaridan faqat pedagog xodim ruxsati bilan foydalanishga;
- pedagog xodimga mashg‘ulotlar vaqtida savol yoki iltimos bilan qo‘l ko‘targan holda va ruxsat berilganidan so‘ng murojaat qilishga;
- umumiy ovqatlanish joylarida taomlarga buyurtma berish va olishda navbat tartibiga hamda belgilangan qoidalarga rioya qilishga;
- Talabalar turar joyi ichki tartib qoidasiga qatʼiy rioya qilishga;
- jamoat xavfsizlik manfaatlaridan kelib chiqib, imkon darajasida filialga jamoat transportida kelishga majburdirlar.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling