Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali talabalari o‘rtasida “Kitobxon talaba” ko‘rik-tanlovini o‘tkazish to‘g‘risida


Download 19.76 Kb.
Sana15.06.2023
Hajmi19.76 Kb.
#1483246
Bog'liq
07.04-buyruq



Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali talabalari o‘rtasida “Kitobxon talaba” ko‘rik-tanlovini o‘tkazish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 5-apreldagi Oliy taְ’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida “Kitobxon talaba” ko‘rik-tanlovini o‘tkazish to‘g‘risidagi 81-son buyrug‘ining
4-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida
BUYURAMAN:

  1. Yoshlar masalalari va ma’maviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari I.S. Yusupovga, Axborot-resurs markazi direktori
    Sh.J. Sultanovaga:


Yosh kitobxon, ijodkor talabalar o‘rtasida ko‘rik-tanlov (keyingi o‘rinlarda Tanlov deb yuritiladi) o‘tkazilsin.
Muddati joriy yil aprel oyining birinchi o‘n kunligi.
Tanlovning barcha bosqichlari Tanlov nizomi talablariga muvofiq yuqori saviyada o‘tkazish;
Tanlovning bosqichi bo‘yicha soha professor-o‘qituvchilaridan iborat tarkibda hakamlar hay’ati tuzish;
Tanlovning filial bosqichida g‘olib bo‘lgan talaba-yoshlar uchun faxriy yorliqlar tayyorlash choralarini ko‘rish vazifalari yuklatilsin.

  1. Fakultet dekanlariga:

Filialimizda tahsil olayotgan ixtiyoriy ravishda ishtirok etish istagini bildirgan talaba-yoshlar doirasida o‘z iqtidorini namoyon qilishiga sharoitlar yaratilsin.

  1. Filial Yoshlar ittifoqi BT yetakchisi F.I. Ro‘zimatovga:

Tanlov to‘g‘risida barcha talaba-yoshlarni xabardor qilish bo‘yicha targ‘ibot ishlari yo‘lga qo‘yilsin.

  1. Bosh hisobchi K.A. Adambayevga:

Tanlovning filial bosqichi g‘oliblari filial budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan munosib rag‘batlantirilsin.

  1. Devonxona mudirasi I.U.Satimovaga:

Ushbu buyruqni o‘rnatilgan tartibda tegishli xodimlarga yetkazilishi ta’minlansin.
6. Ushbu buyruq ijrosi nazorat qilishni o‘z zimmamda qoldiraman.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 5-apreldagi 81-son buyrug‘i.

Direktor: R.Y. Ruzibayev

Buyruq loyihasini tayyorladi:
Axborot-resurs markazi direktori Sh.J. Sultanova
Loyiha bilan kelishildi:
Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy
ishlar bo'yicha direktor birinchi o'rinbosari: I.S. Yusupov
O‘quv ishlari bo‘yicha direktor
o‘rinbosari: B.S. Yuldashev
Bosh hisobchi: K.A. Adambayev
Bosh yuristkonsult: G‘.P. Nurullayev
Download 19.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling