Toshkent tibbiyot akademiyasi urganch filiali
Download 0.87 Mb.
|
kasbiy ta\'lim metodikasi fanidan majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- “A” va “S”
- Assisment metodi
- Rezyume metodi
Venn diagrammasi- ta`lim mazmunini tahliliy yondashuv asosida obyektlarning o`ziga xos va o`xshash xususiyatlarini tahlil qilish orqali o`quv materialini o`zlashtirishga va ko`nikmalarni takomillashtirishga yo`naltirilgan metoddir.
Mazkur metodni qo`llash bosqichlari: Bunda 1) “A” obyektning o`ziga xos jihatlari; 2) “B” obyektning o`ziga xos jihatlari; 3) “C” obyektning o`ziga xos jihatlari; 4) “A” va “B” obyektlarning o`xshash jihatlari; 5) “A” va “S” obyektlarning o`xshash jihatlari; 6) “S” va “B” obyektlarning o`xshash jihatlari; 7) “A”, “B” va “S” obyektlarning o`xshash jihatlari yoritiladi. 1-rasm. Venn diagrammasini amalga oshirish bosqichlari Ta`lim jarayoniga ushbu metodni qo`llash orqali tahsil oluvchilarda ta`lim mazmuniga tahliliy yondashuvni, o`rganilayotgan obyektlarning o`ziga xos va o`xshash xususiyatlarini bir-biriga qiyoslash, taqqoslash orqali tahlil qilish, mustaqil fikrlash kabi ko`nikmalarni takomillashtirishga erishiladi. Venn diagrammasi metodini qo`llash texnologiyasi Assisment metodi-o`z-o`zini tekshirish, nazorat qilish va baholashga yo`naltirilgan metoddir. Ushbu metodni darsning kirish, asosiy yoki yakuniy qismida ya`ni uyga vazifa berish jarayonida qo`llash mumkin. Darsning kirish qismida tahsil oluvchilarning uyga vazifalarini qay darajada bajarganliklarini aniqlashda yoki mavzuni umumlashtirish jarayonida egallangan bilim, ko`nikmalarni aniqlashda foydalanish mumkin. Assisment metodini dars jarayoniga tadbiq etish texnologiyasi. O`qituvchi tomonidan talabalarga jadval ko`rinishdagi vazifalarni qisqa vaqt ichida bajarishlari topshiriq sifatida beriladi va topshiriq bajarilganidan so`ng, javoblar o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi talabalar esa aynan javobga ko`ra o`z-o`zini tekshirishni amalga oshiradi hamda oldindan e`lon qilingan mezonlar asosida baholaydi. Bunda talabalar mavzu mazmunini qay darajada o`zlashtirganligi bo`yicha o`z-o`zini tekshirish va baholash orqali xulosa chiqaradi. Rezyume metodi - murakkab, ko`p tarmoqli mumkin qadar muammoli mavzularni o`rganishga qaratilgan bo`lib, uning mohiyati shundan iboratki, bunda mavzuning turli tarmoqlari bo`yicha axborot beriladi.Ayni paytda ularning har biri alohida nuqtalardan muhokama etiladi. Masalan: ijobiy va salbiy tomonlari afzallik va kamchiliklar, foyda va zararlar belgilanadi. Ushbu metodning asosiy maqsadi: talaba (o`quvchi) larning erkin, mustaqil, taqqoslash uslubi yordamida mavzudan kelib chiqqan holda o`quv muammosini yechimini topishga ham kerakli xulosa yoki qaror qabul qilishga, jamoa o`z fikrini bilan ta`sir etishga, uni ma`qullashga, shuningdek, berilgan muammoni yechishda, mavzuga umumiy tushuncha berishda o`tilgan mavzulardan egallangan bilimlarni qo`llay olish, o`rgatishdir.
Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling