Toshkent tibbiyot akademiyasi urganch filiali


Download 0.87 Mb.
bet65/114
Sana18.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1211485
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   114
Bog'liq
kasbiy ta\'lim metodikasi fanidan majmua

Davlat ta’lim standarti – 1) ta’lim olish shaklidan qat’iy nazar bitiruvchilar erishishlari zarur bo’lgan ta’lim darajasini belgilovchi asosiy hujjat; 2) o’quv fani bo’yicha ta’limning yakuniy natijalarini belgilovchi asosiy hujjat; 3) ta’lim dasturlari mazmunining minimumi, o’quvchilar tomonidan bajariladigan o’quv ishlarining maksimal hajmi, shuningdek, bitiruvchilarning tayyorgarlik darajalariga ko’yiluvchi talablar.


Dars- bevosita o’kituvchi rahbarligida muayyan o’quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta’lim jarayonining asosiy shakli.


Darslik – muayyan fan bo’yicha ta’lim maksadi, o’quv dasturi va didaktik talablarga muvofiq belgilangan ilmiy bilimlar to’grisidagi ma’lumotlarni beruvchi manba.


Didaktika (ta’lim nazariyasi) – (yunoncha «didaktikos» “o’rgatuvchi”, «didasko» – “o’rganuvchi”) - ta’limning nazariy jihatlari (ta’lim jarayonining mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, o’qituvchi va o’quvchi faoliyati mazmuni, ta’lim maqsadi, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish yo’llari va hokazo muammolari)ni o’rganuvchi fan.


Didaktika tamoyillari (lotin tilidan «principium» - har qanday nazariyaning asosiy, boshlang’ich, dastlabki holati) –ta’limni tashkil etishga qo’yilgan me’yoriy talablarni ifodalovchi, shuningdek, ta’lim jarayonining asosiy maqsadi va qonuniyatlariga muvofiq uning dastlabki holatini belgilovchi qarashlari.


Didaktik tashhis maksadi – o’quv jarayonining samaradorligini aniqlash, baholash va tahlil qilish.


Didaktik tizim (yunoncha «systema» – yaxlit, qismlarda tashkil topgan, birlashtirish) – ma’lum mezonlari asosida ta’lim jarayoning yaxlit holatini belgilash, ajratib ko’rsatish.


Didaktik o’yin – o’rganilayotgan ob’ekt, hodisa va jarayonlarni modellashtirish asosida o’quvchining bilishga bo’lgan qizikishi va faollik darajasini rag’batlantiruvchi o’quv faoliyati turi.


Dunyoqarash – tabiat, jamiyat, tafakkur hamda shaxs faoliyati mazmunining rivojlanib borishini belgilab beruvchi dialektik qarashlar va e’tiqodlar tizimi.



Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling