Toshkent tibbiyot akademiyasi urganch filiali
Kasb-ta`limi metodikasi fanini o`qitishga qo`yiladigan talablar
Download 0.87 Mb.
|
kasbiy ta\'lim metodikasi fanidan majmua
Kasb-ta`limi metodikasi fanini o`qitishga qo`yiladigan talablar
Hozirgi paytda oliy va ta'lim muasasalari va kasb-hunar kollejlarida maxsus fanlar o`qitish metodikasi, o`qitish jarayonida yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini qo`llash, o`quv uslubiy ta'minot muammolariga qaratilgan bir necha diqqatga sazovar ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, kasb-hunar kollejlari tizimini takomillashtirish hamda ularning o`quv tarbiya jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni tadbiq etish maqsadida xorijiy mamlakatlarning yetuk mutaxasislari va malakali pedagoglari ishtirokida seminarlar, ilmiy- amaliy anjumanlar o`tkazilmoqda. Kasb-hunar pedagogikasi umumiy pedagogikaninng bir sohasi bo`lib, u tarbiya, ta'lim, o`qitish haqida qator nazariy va amaliy ma'lumotlar beradi. Kasbiy pedagogika sanoat, ishlab chiqarish va mexnat pedagogikasiga oid masalalar bilan shug`ullanadi. Kasb-hunar ta'limi pedagogikasi bir necha bo`limlarga bo`linib, bu bo`limlarda kasbiy pedagogikaning asoslari va muxim masalalarini, ya'ni kasb hunar ta'limi yo`nalishlari, mexnat pedagogikasi, kasb-hunar didaktikasi kabi masalalarni qamrab oladi. Shuningdek ularda, kasb –hunar tarbiyasining ijtimoiy psixologik shart-sharoiti, kasb-hunar ta'limi nazariyasi va kasb-hunar ta'limi huquqi o`rganiladi. Har bir o`quv fani o`qitish sohasi, o`rgatishning vazifalari, mazmuni, metodlari va tashkiliy ko`rinishi haqidagi fan ma'lumotlari asosida qurilgan fan bu- metodika deb ataladi. ―Kasb-ta`limi metodikasi fanini o`qitishning tashkiliy ko`rinishlari xar tomonlama kamol topgan, texnikadan ma'lumoti bo`lgan ishchilar tayyorlash masalasi avvalo o`qitish jarayonida hal qilinadi. O`qitish jarayoni pedagogikaning va u rahbarlik qilayotgan o`quvchilarning bilim, o`quv hamda malaka tizimini ongli ravishda puxta o`zlashtirishga qaratilgan izchil harakatlari majmuidan iborat. Kasb-hunar kollejlaridagi ta'lim olayotgan o`quvchilar shaxsini shakllantirishning, ularning aqliy va jismoniy kamol toptirishning, umumiy hamda kasbiy bilim berishning eng muxim vositalaridir. O`qitish jarayoni davomida o`quvchilarning bilish kuchlari rivojlantiriladi. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling