Bosqichli davolash qoidalari
Birinchi tibbiy yordam. O’z-o’ziga, o’zaro yordam ko’rsatish aseptik bog’lab qo’yishdan iborat. Ko’krakning ochiq pnevmotoraksli jarihatlari okklyuzion bog’lamlar qo’yish bilan amalga oshiriladi.
Vrachgacha bo’lgan yordam. Bemor hayotini saqlashga qaratilgan muolajalar bajariladi. Yuqori nafas yo’llari to’siqlari cheklanadi, akklyuzion bog’lamlar qo’yiladi, qopqoqli pnevmotorakasda plevro bo’shlig’iga yo’g’on igna kirgiziladi, og’riqni cheklovchi, yurak-qon tomir ish faoliyatini yahshilovchi dori-darmolar qilinadi. Nafas olish buzilishi asfiksiya natijasida ro’y berganda og’iz bo’shlig’i so’lak, qon, o’zga jismlardan tozalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |