Toshkent tibbiyot akademiyasi
Download 49.81 Kb.
|
№8.уз
Ko’krak jarohatlari.
Ko’krak yopiq shkastlari 4 guruhga bo’linadi. Ko’krak yumshoq to’qimalarining lat yeyishi –shkastning eng yengil turi –ko’krakning suyak skleti va ichki a’zolari shkastlanmagan. Ko’krakning suyak skleti shkastlansa, ichki a’zolari shkastlanmagan. Jarohatlanish og’irligi suyaklar shkastlanishinig harakteri va hajmiga bog’liq. Suyak skleti shkastlanmasdan ichki organlar shkastlangan. Jarohat og’irligi ichki organlar shkastini turi va harakteriga bog’liq. Ham suyak skleti, ham ichki organlari shkaslanishi, gemotoraks, pnevmotoraks, jarohat og’irligi keng ko’lamda, shkasning yengil turidan nihoyat o’gir darajasigacha hattoki o’lim bilan chegaradosh holatlargacha bo’lgan darajada uchraydi. Kokrakning turli xil shkaslanishlari. Qovurg’alar sinishi yolg’iz bitta yoki ko’plab bo’lishi mumkin. O’z navbatida qovurg’alarning ko’plab sinishi bir chiziq bo’yicha va ikki chiziq bo’yicha tasavur etiladi. Belgilari nafas olganda o’tkir mahalliy og’riq yo’tal va tana harakatlarida og’riq kuchayadi, paypaslanganda ham mahalliy og’riq aniqlanadi. Qovurg’alar sinishining so’zsiz belgilari: 1. suyak siniqlarining g’ichirlashi. 2. teri osti emfizemasi 3. qon tuflash. Jabrlanuvchining tanasini shkastlangan tomoniga egib turish holati va shu tomonda ko’krak qafasining nafas harakati cheklanishi harakterlidir. Ayrim qovurg’alar sinishlarida teri osti emfizemasikam uchraydi. To’sh suyagi sinishlari alohida o’zi kuzatilishi mumkin, biroq ko’pincha qovurg’alarning ko’plab, hattoki ikki tomonlama sinishi bilan uchraydi. To’sh suyagining singan joyida shish va deformatsiya aniqlanadi.
Download 49.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling