Erkin oyoq skleti suyaklari
Download 310.36 Kb. Pdf ko'rish
|
ERKIN OYOQ SKLETI SUYAKLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Oyoq suyaklari
- 2. Oyoq kamari suyaklari Chanoq suyagi
- Yonbosh suyagi
ERKIN OYOQ SKLETI SUYAKLARI Reja: 1. Oyoq suyaklari 2. Oyoq kamari suyaklari 3. Oyoqning erkin qismi suyaklari 4. Oyoq panjasining suyaklari 5. Oyoq kamari suyaklarining birlashuvi 6. Oyoqning erkin qismi suyaklarining birlashuvi 1. Oyoq suyaklari Odam oyog‘I katta va yo‘g‘on suyaklardan iborat. Oyoq suyaklarida oyoq kamari va erkin qismlar tafovut qilinadi. Oyoq-ning kamar qismi juft chanoq suyagidan tashkil topgan. Oyoqning erkin qismi uch qismdan: proksimal – son suyagi; o‘rta – katta va kichik older suyaklaridan iborat. Tizza bo‘g‘imi sohasida kat-ta sesamasimon suyak tizza qopqog‘I joylash gan. Oyoqning distal qismi oyoq panjasi suyaklari, o‘z nav batida, kaft usti suyaklari, oyoq kafti suyaklari va barmoq suyaklariga bo‘linadi. 2. Oyoq kamari suyaklari Chanoq suyagi juft yassi suyak bo‘lib, odamning tana og‘irligini oyoqqa o‘tkazadi va chanoq bo‘shlig‘idagi a’zolarni tashqi muhit ta’siridan saqlab turadi. 16 yoshgacha chanoq suyagi 3 ta alohida: yonbosh, qov va quymich suyakla-ridan iborat bo‘lib, ular o‘zaro tog‘ay qatlam vositasida birik-kan. Keyinchalik bu suyaklar suyaklanib, bir butun chanoq suya-gini hosil qiladi. Uning tashqi yuzasida (3 ta suyakning o‘zaro birlashgan joyida) son suyagining boshchasi kirib turadigan quy-mich kosachasi bor. U qirra bilan o‘ralgan bo‘lib, medial tomo-nida o‘ymasi bor. Quymich kosachasini chetini son suyagi bosh-chasi bilan bo‘g‘im hosil qiluvchi yarim oysimon yuza egallagan, tubi esa g‘adir-budir. Yonbosh suyagi (os ilium) ikki qismdan: pastki qalinlashgan, quymich kosachasini yuqori qismini hosil qilishda qatnashadigan tanasi va yuqorigi kengaygan yonbosh suyagi qanotidan iborat. Yonbosh suyagining qanoti S shaklida, o‘rtasi yupqalashgan, uning chekkasi qalinlashib va yelpig‘ichsimon kengayib, yonbosh suyagi qirrasini hosil qiladi. Yonbosh suyagining qirrasida qorin mushaklari birikadigan uchta g‘adir-budir chiziqlar: tashqi lab, ichki lab va oraliq chiziq bor. Bu qirra oldingi va orqa tomonlar- da o‘tkir o‘siqlar hosil qilib tugaydi. Oldinda o‘zaro o‘yma bilan ajragan yonbosh suyagining oldingi ustki va pastki o‘tkir o‘sig‘I, orqada esa yonbosh suyagining orqadagi ustki va pastki o‘tkir o‘sig‘I hosil bo‘ladi. Qanotning tashqi yuzasida dumba mu shaklari boshlanadigan uchta chiziq bor. Eng uzun oldingi dumba chi zig‘I yonbosh suya-gining oldingi ustki o‘sig‘idan boshlanib, katta quymich kemti-gi tomon ravoq shaklida yo‘naladi. Nisbatan qisqa orqa dumba chizig‘I oldingi chiziqning orqa qismiga parallel joylashgan. Bosh- qalardan qisqa pastki dumba chizig‘I yonbosh suyagining oldingi ustki va pastki o‘siqlarining o‘rtasidan boshlanib, ravoq shaklida quymich kosachasi ustidan o‘tib katta quymich kemtigigacha bora-di. Qanot ning ichki botiq yuzasida yonbosh chuqurchasi bor. Uni pastki tomondan ravoqsimon chiziq chegaralab turadi. Bu chiziq quloqsimon yuzaning oldingi chekkasidan boshlanib, yonbosh-qov tepachasiga o‘tib ketadi. Quloqsimon yuza dumg‘aza suyagining shu nomli yuzasi bilan bo‘g‘im hosil qiladi. Bu yuzaning ustida bo‘g‘imlararo boylamlar birikadigan yonbosh g‘adir- budirligi joylashgan. Download 310.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling