Erkin oyoq skleti suyaklari


Oyoq falangalari orasidagi bo‘g‘im


Download 310.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/12
Sana23.04.2023
Hajmi310.36 Kb.
#1392806
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
ERKIN OYOQ SKLETI SUYAKLARI

Oyoq falangalari orasidagi bo‘g‘im. Shakl va faoliyat jihati-dan bu bo‘g‘imlar 
xuddi qo‘l kaftiga o‘xshaydi. Ular g‘altaksi-mon bo‘g‘imlar guruhiga kirib, yon 
tomondan yonlama boylamlar hamda oyoq kaftining boylamlari bilan mustahkamlanadi. 
Oyoq panjasi suyaklari qo‘l kafti suyaklariga nisbatan kam ha-rakat bo‘lib, tananing 
tayanch vazifasini bajarishga moslash gan. Oyoq panjasi suyaklari o‘zaro birlashib 
yuqoriga qaragan oyoq gumbazini hosil qiladi. Shuning uchun oyoq panjasi yerga 
butun kaft bilan emas balki uchta nuqta: orqada tovon suyagi do‘ngl igi, oldinda I va V 
kaft suyaklarining boshchasi bilan tegadi. 
Oyoq gumbazining hosil bo‘lishida oyoq kaftining uzun boyla-mi, oyoq kaftidagi 
tovon-qayiqsimon boylam, kaft aponevrozlari-ning va oyoq kafti mushaklarining roli 
katta. Agarda bu boylamlar va mu shaklar bo‘shashib ketsa, oyoq gumbazi yo‘qolib, 
yassi pan-ja vujudga keladi. Oyoq gumbazi amortizator vazifasini bajarib, u tana 
og‘irligini oyoq panjasiga bir tekis taqsimlanishida, yurgan-da, yugurganda va 
sakraganda tananing silkinishini kamaytirishda katta ahamiyat ga ega. 

Download 310.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling