Erkin oyoq skleti suyaklari
Oyoqning erkin qismi suyaklarining birlashuvi
Download 310.36 Kb. Pdf ko'rish
|
ERKIN OYOQ SKLETI SUYAKLARI
6. Oyoqning erkin qismi suyaklarining birlashuvi
Chanoq-son bo‘g‘imi (articulatio coxae 55-rasm) chanoq suya-gining quymich kosachasi bilan son suyagi boshchasining bir-lashishidan hosil bo‘ladi. Tuzilishi jihatidan chanoq-son bo‘g‘imi oddiy, shakl jihatidan sharsimon bo‘g‘imlarning bir turi – kosasi-mon bo‘g‘imdir. Quymich kosachasining chekkasiga birikkan tola-li tog‘aydan tuzilgan tog‘ay halqa lab uning bo‘g‘im yuzasini oshi-rib turadi. Uning bir qismi quymich kosachasining pastki che-tidagi o‘ymaning ustidan o‘tib, quymich kosachasining ko‘nda-lang boylamini hosil qiladi. Chanoq-son bo‘g‘imining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri quymich kosachasi o‘rtasidagi chuqurchadan bosh lanib, son suyagi boshidagi chuqurchaga birikkan son suyagining boshchasidagi boylamidir. Bu boylam orqali chanoq suya-gidan son suyagining boshchasiga arteriya o‘tib, uni oziqlantira-di. Chanoq-son bo‘g‘imining xaltasi chanoq suyagining quymich kosachasi chekkasi bo‘ylab biriksa, son suyagining old tomoni-da ko‘stlararo chiziq bo‘ylab, orqa tomonda esa ko‘stlararo qirra-dan ichkariroqqa birikadi. Bo‘g‘im xaltasini tash qi tomondan uch-ta boylam mustahkamlab turadi. Ulaming eng kuchlisi yonbosh-son boylami bo‘lib, bo‘g‘imning old tomonida yotadi. Bu boylam yonbosh suyagining oldingi pastki o‘tkir o‘sig‘ining oldingi chek-kasidan boshlanib pastga yo‘naladi va ko‘stlararo chiziqqa birika-di. Qov-son boylami uchburchak shaklida bo‘lib, uning keng aso-si qov suyagining ustki shoxidan boshlanib, uchi ko‘stlararo chizi-qning ichki chekkasiga birikadi. Quymich-son boylami nisbatan yup qa bo‘lib bo‘g‘imning orqa yuzasida joylashgan. U quymich suyagi tanasidan bosh lanib, katta ko‘stga birikadi. Bundan tashqa-ri son suyagining bo‘ynini sirtmoq kabi o‘rab, yonbosh suyagining oldingi pastki o‘sig‘iga birikuvchi aylanma belbog‘ boylami ham bor. Chanoq-son bo‘g‘imida harakat uch o‘q atrofida sodir bo‘lsa-da, sharsimon bo‘g‘imga nisbatan biroz chegaralangan. Frontal o‘q atrofida chanoq-son bo‘g‘imida son bukiladi va yoziladi, sagittal o‘q atrofida son bir-biridan uzoq lashadi va yaqinlashadi. Verti-kal o‘q atrofida esa son ichkariga va tashqariga buriladi va aylan- ma harakat sodir bo‘ladi. Chanoq-son bo‘g‘imida harakatni che-garalashda, uning atrofida joylash gan kuchli mushak guruhlarining ahamiyati katta. Download 310.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling