Erkin oyoq skleti suyaklari


Boldir-oyoq panja bog‘imining


Download 310.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/12
Sana23.04.2023
Hajmi310.36 Kb.
#1392806
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
ERKIN OYOQ SKLETI SUYAKLARI

Boldir-oyoq panja bog‘imining (articulatio talocruralis) (57-rasm) hosil bo‘lishida 
katta boldir suyagining pastki bo‘g‘im yuza si, me dial va lateral to‘piqlarning bo‘g‘im 
yuzalari bilan oshiq suya-gi g‘altagi bo‘g‘im yuzalari ishtirok etadi. O‘zaro birikkan 
boldir suyaklarining pastki uchi oshiq suyak g‘altagini xuddi ayri kabi ikki yon va ust 
tomondan o‘rab turadi. U tuzilishi jihatidan murakkab, shakl jihatidan g‘altaksimon 
bo‘g‘im bo‘lib, bo‘g‘im xaltasi boldir suyaklarining oldingi yuzasida va oshiq suyakning 
bo‘g‘im tog‘ayi-dan 5–8 mm oldinroqqa birikadi. Orqa va yon tomonda bo‘g‘im tog‘ayi 
chizig‘i bo‘ylab birikadi. Bo‘g‘im xaltasi old va orqa to-monda yupqa hamda bo‘sh, 
yon tomonda esa qalin va mustahkam burmalar hosil qiladi. Bo‘g‘imni mustahkamlovchi 
boylamlar aso-san yon yuzalarda joy lashgan. Bo‘g‘imning me dial yuza sida joy-lashgan 
qalin va pishiq medial yonlama boylam medial to‘piqdan boshlanib, pastga tomon 
kengayib to‘rt bo‘lakka bo‘linadi. Uning qayiqsimon suyakka birikadigan katta boldir-
qayiqsimon, tovon suyagiga birikadigan katta boldir-tovon hamda oshiq suyagining 
oldingi va orqa tomoniga birikadigan oldingi va orqa katta bol-dir-oshiq qismlari 
tafovut qilinadi. Bo‘g‘im lateral tomondan uch-ta boylam bilan mustahkamlanadi. Bular 
lateral to‘piq bilan oshiq suyak bo‘yni o‘rtasida tortilgan oldingi kichik boldir-oshiq
late-ral to‘piq bilan oshiq suyagining orqa o‘simtasi o‘rtasida tortil-gan orqa kichik 
boldir-oshiq va lateral to‘piq bilan tovon suyagi-ning tash qi yuzasi o‘rtasida tortilgan 
tovon-kichik boldir boylami-dir. Boldir-oyoq panja bo‘g‘imi bir o‘qli bo‘g‘imlar 
guruhiga kirib, harakat faqat frontal o‘q atrofida sodir bo‘lib, bir o‘q atrofida bu-kish va 
yozish mumkin. 
Kaft usti soha suyaklari o‘rtasida oshiq osti, oshiq-tovon-qa-yiq simon, tovon-
kubsimon, oyoq panjasining kaft usti ko‘nda-lang bo‘g‘imi, ponasimon-qayiqsimon 
va oyoqning kaft usti-kaft bo‘g‘imlari tafovut qilinadi. Bu bo‘g‘imlarning bo‘g‘im 


xaltasi oyoq panjasining kaft va ust tomonida joylashgan qisqa boylamlar bilan 
mustahkamlanadi. 

Download 310.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling