Erkin oyoq skleti suyaklari


Tovon-kubsimon va oshiq qayiqsimon bo‘g‘imlari


Download 310.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/12
Sana23.04.2023
Hajmi310.36 Kb.
#1392806
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
ERKIN OYOQ SKLETI SUYAKLARI

Tovon-kubsimon va oshiq qayiqsimon bo‘g‘imlari birgalikda oyoq kaftining 
kaft usti ko‘ndalang bo‘g‘imi yoki shopar bo‘g‘imi deb ataladi va jarrohlik 
amaliyotida katta ahamiyatga ega. Bu ik-kala bo‘g‘im bo‘shlig‘i oldinma-keyin 
joylashgani uchun ko‘n-dalang turgan lotincha S shaklida bo‘ladi. Bu bo‘g‘imlarni 
mustah-kamlovchi boylam lardan tashqari ularning ikkalasi uchun umu-miy bo‘lgan 
ayrisimon boylam bor. U tovon suyagining yuqori chekkasidan boshlanib, ikkiga: 
qayiqsimon suyakning orqa lateral chekkasiga birikadigan tovon-qayiqsimon va 
kubsimon suyak-ni ustki yuzasiga birikadigan tovon-kubsimon boylamga bo‘lina-di. 
Bu boylamni kesmasdan turib shopar bo‘g‘imini ajratish qiyin, shuning uchun uni 
shopar bo‘g‘imi kaliti deyiladi. 
Oyoqning kaft ustu-kaft bo‘g‘imlari (lisfrank bo‘g‘imi) kubsi-mon va ponasimon 
suyaklarning kaft suyaklari bilan birlashishidan hosil bo‘ladi. U uchta alohida 
bo‘g‘imdan iborat bo‘lib, birinchi-si medial ponasimon va I kaft suyagi o‘rtasidagi 
alohida bo‘g‘im xaltasi bilan o‘ralgan egarsimon bo‘g‘im. Ikkinchi bo‘g‘im oraliq-dagi 
va lateral ponasimon suyaklar bilan II ва III kaft suyakla-ri o‘rtasidagi ikkita bo‘g‘im 
bitta bo‘g‘im xaltasi bilan o‘ralgan. Uchinchi bo‘g‘im kubsimon suyak bilan IV va V 
kaft suyaklari o‘rtasida joylashgan. Bu ikki bo‘g‘im ham bitta bo‘g‘im xaltasi bi-lan 
o‘ralgan. Bo‘g‘im xaltasi ust ki va oyoq kaftidagi kaft usti-kaft boylamlari hamda 
ponasimon va kaft suyaklariaro boylamlar bilan mustahkamlanadi. Bu boylamlardan 
medial ponasimon suyak bi-lan II kaft suyagi o‘rtasidagisi amaliyotda ahamiyatga ega 
bo‘lgani uchun lisfrank bo‘g‘imi kaliti deyiladi. Kaft oldi-kaft bo‘g‘imlari yassi 
bo‘g‘im turiga kirsa ham, harakat juda chegaralangan. 
Oyoq kafti bilan barmoq falangalari o‘rtasidagi bo‘g‘imlar kaft suyaklarining 
boshchasi bilan proksimal barmoq falangalari asosi o‘rtasida hosil bo‘ladi. 
Kaft suyaklarining boshchasi sharsimon shaklga ega bo‘lib, bo‘ g‘im xaltasi yupqa 
va erkin bo‘ladi. Bo‘g‘imni lateral va medial tomonidan yon lama boylamlar, past 
tomonidan esa oyoq kafti-ning boylamlari mustah kamlaydi. Bo‘g‘imda harakat ikki o‘q 
atro-fida bo‘lib, bukish va yozish hamda uncha katta bo‘lmagan ma-sofaga 


uzoqlashtirish va yaqinlash tirish kabi harakatlarni bajarish mumkin. 

Download 310.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling