Erkin oyoq skleti suyaklari
Download 310.36 Kb. Pdf ko'rish
|
ERKIN OYOQ SKLETI SUYAKLARI
Tizza bo‘g‘imi
Tizza bo‘g‘imi (articulatio genus, 56-rasm) odam gavdasidagi eng katta bo‘g‘imdir. U tuzilishi jihatidan murakkab, shakl jihati-dan do‘ngli bo‘g‘im turiga kiradi. Uni hosil bo‘lishida uchta suyak: son, katta boldir suyagi va tizza qopqog‘i ishtirok etadi. Son suya-gi do‘ngliklarining ellipssimon bo‘g‘im yuzasi katta boldir suyagi-ning yuqori bo‘g‘im yuzasini hosil qi luvchi ovalsimon botiqlikka mos kelmaydi. Shuning uchun bo‘g‘im yuzalari o‘rtasidagi kem-tik bo‘g‘im ichida joylashgan lateral va medial menisklar hisobiga to‘ldiriladi. Tizza qopqog‘ining orqa yuzasida joylashgan bo‘g‘im yuzasi faqat son suyagi bilan birlashadi. Har bir menisk yarim oy shaklidagi tog‘ay plastinkadan iborat. Uning qalin chekkasi tashqariga qaragan bo‘lib, bo‘g‘im xaltasiga birikkan bo‘ladi. Yupqa-lashgan ichki chekkasi esa bo‘g‘im ichiga qaragan. Medial menisk ingichka yarim oysimon shaklda bo‘lib, lateral menisk nisbatan keng bo‘ladi. Ularning uchlari do‘nglararo tepalikka boylamlar vo-sitasida birikib turadi. Old tomondan ikkala menisk o‘zaro tizza-ning ko‘ndalang boylami bilan birikib turadi. Tizza bo‘g‘imining xaltasi yupqa, erkin va keng bo‘ladi. Tiz-za bo‘g‘imi boylamlari bo‘g‘im sirti va bo‘g‘im ichi boylamlari-ga bo‘linadi. Bo‘g‘im ichi boylamlari: oldingi xochsimon boylam son suyagining lateral do‘ngligining medial yuzasidan boshlanib, do‘nglar orasidagi oldingi maydonga birikadi. Orqa xochsimon boylam son suyagi medial do‘ngligining lateral yuzasidan boshla-nib, do‘nglar orasidagi orqa maydonga birikadi. Tizza bo‘g‘imi-ning bo‘g‘im sirti boylamlari uning yon, old va orqa tomonlarida joylashib o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘ladi. Bo‘g‘imning yon to-monlarida katta va kichik boldir yonlama boylamlari joylash gan. Bo‘g‘imning old tomonida tizza qopqog‘ining cho‘qqisidan bosh lanib, katta boldir suyagi g‘adir-buduriga birikkan qalin va kuchli tizza qopqog‘i boylami joylashgan. Bu boylam sonning to‘rt bosh li mushagi payi bo‘lib, pay ichida tizza qopqog‘i hosil bo‘lga-nidan so‘ng boylamga aylanib ketadi. Bo‘g‘imning orqa yuza sida bo‘g‘im xaltasiga birikib ketgan taqimning qiyshiq boylami va ta-qimdagi ravoqsimon boylam joylashgan. Tizza bo‘g‘imida harakat ikki o‘q atrofida: frontal o‘q atrofi-da – boldirni bukish va yozish, vertikal o‘q atrofida – ichkariga va tashqariga burish sodir bo‘ladi. Katta va kichik boldir suyaklari o‘zaro uzluksiz va uzlukli birlash malar vositasida birikadi. Boldir suyaklari o‘rasidagi bo‘g‘im kichik boldir suyagi bosh-chasining bo‘g‘im yuzasi bilan katta boldir suyagining kichik boldir bo‘g‘im yuzasi o‘rtasida bo‘ladi. Suyaklarning bo‘g‘im yuzasi yassi bo‘lgani uchun yassi bo‘g‘imlar turkumiga kiradi. Bo‘g‘im xalta-si tarang bo‘lib, bo‘g‘im yuzalarining chekkasiga birikadi. Bo‘g‘im xal tasini tashqi tomondan ikki suyak o‘rtasida tortilgan kichik bol-dir suyagi boshchasining oldingi va orqa boylamlari mustahkam-lab turadi. Bu bo‘g‘imda harakat chegaralangan bo‘ladi. Boldir suyaklarining pastki uchlari o‘zaro uzluksiz birlashma-boldir suyaklariaro sindesmoz hosil qilib birlashadi. Bunda katta boldir suyagining kichik boldir kemtigi va lateral to‘piqning bo‘-g‘im yuza si ishtirok etadi. Bu bo‘g‘im harakatsiz bo‘lib, uni tashqi tomondan lateral to‘piq va katta boldir suyagi o‘rtasida tortilgan oldingi va orqa boldir suyaklariaro boylamlar mustahkamlab tu-radi. Bu ikki birlashmadan tashqari boldir suyaklarining suyaklar-aro qirralari o‘rtasida suyaklararo parda tortilgan bo‘ladi. Bu par-da bilakdagiga nisbatan qalin va mustahkam bo‘lib, uning yuqori va pastki qismlarida qon tomirlar uchun teshiklar bor. Download 310.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling