Tibbiyot muassasalarida bemorning iloji boricha ruhiy holatini shikastlamaydigan va shifokorga ishonch muhitini yaratadigan vaziyat boʼlishi kerak. Raxbarlarning surbetligi va xurmatsizligi, xodimlarning unga koʼr-koʼrona boʼysunishi, xatolarni koʼrmasligi tibbiy xizmat sifatini pasaytiradi. Bir tomondan, shifokor xatosini bemor qarindoshlari bilan muhokama qilmasligi kerak, boshqa tarafdan har xil konferentsiyalarda shifokor taktikasini muhokama qilish xatolarni toʼgʼirlashga va tibbiy yordam sifatini oshirishga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |