Аxloq alohida fan – etika oʼrganadigan sohani tashkil etadi. Mazkur fanga buyuk yunon faylasufi Аristotel (Аrastu) asos solgan. Odamlar jamoasida ijtimoiy munosabatlar murakkablashib borishi natijasida u yoki bu axloq normalari, qoidalarini insonning kundalik hayotidagi real sohalarga tatbiqan muayyanlashtirish ehtiyoji tugʼildi. Shu tariqa etika sohasida amaliy tadqiqotlar paydo boʼla boshladi, amaliy etikaning turli yoʼnalishlari: siyosiy etika, jurnalist etikasi, biznes etikasi va h.k. shakllandi.
1
Do'stlaringiz bilan baham: |