Аmaliy etika deganda, tor maʼnoda, amaliyot taʼsirida yuzaga kelgan va amaliy etikaning alohida turlari (siyosiy etika, ekoetika, bioetika, jurnalist etikasi va sh.k.) paydo boʼlishiga olib kelgan hodisa tushuniladi. Bioetika, klassik tibbiyot etikasidan farqqiluvchi yangi yoʼnalish sifatida, XX asrning ikkinchi yarmida paydo boʼldi va jadal rivojlana boshladi.
Tushunchaning mazmuni ancha toraydi. Аmalda bioetika amaliy etikaga aylandi va asosiy eʼtiborni amaliy tibbiyotning axloqiy muammolariga qaratdi. Bioetika bugungi kunda vrach va patsient munosabatlarining axloqiy jihatlariga, evtanaziya va oʼlimni aniqlash, inson aʼzolarini transplantatsiya qilish, homila tushirish (abort), klonlash, irsiy injeneriya masalalariga alohida eʼtiborni qaratmoqda.
XX asrning ikkinchi yarmida transplantologiya, irsiy diagnostika, irsiy injeneriya va klonlash rivojlana boshladi. Tibbiyot texnikasi oʼz rivojlanishida shunday daraja yetdiki, vrach ilgari oʼlishi muqarrar boʼlgan bemorlarning hayotini endilikda sunʼiy ravishda saqlab tura oladi. Texnika sohasidagi yutuqlar bemorlar, oʼlim toʼshagida yotganlar va nogironlarning huquqlarini yuridik jihatdan asoslashning yangi-yangi shakllari va usullari paydo boʼlishiga olib kelmoqda. Etikaning boshqa muammolardagi ishtiroki ham kengaydi – siyosatchilar oʼz faoliyatida etika qoidalariga tobora koʼproq tayanmoqdalar, jamoatchilik biznes va reklama ustidan etik nazoratni oʼrnatishni talab etmoqda, ekologiya esa atrof muhit bilan munosabatlarni tartibga solishda etika qoidalariga rioya etish zarurligini koʼrsatmoqda. Аxloq normalariga muvofiqlik mezoni bank faoliyatining nafaqat qonuniyligi, balki muvaffaqiyatliligining ham negizi sifatida ilgari surilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |