«Bioetika» atamasini amerikalik mashhur onkolog vrach, olim va insonparvar Van Ranseler Potter (1911-2001) ilmiy muomalaga kiritdi. «Bioetika» atamasini amerikalik mashhur onkolog vrach, olim va insonparvar Van Ranseler Potter (1911-2001) ilmiy muomalaga kiritdi. Potter bioetika sohasida 50 dan ortiq maqola va kitoblarning muallifidir. Bioetikaga doir kitoblari: «Bioetika –kelajakka koʼprik» (1971), «Global bioetika» (1988). Oʼz asarlarida Potter etika oid keng muammolarni qamrab olgan. «Bioetika – kelajakka koʼprik» kitobini bugunda mumtoz asarlar qatoriga kiritish mumkin. Oʼzining mashhur «Bioetika» atamasini Potter aynan mana kitobida birinchi marta qoʼllagan, bioetika haqidagi zamonaviy qarashlarning asoslarini yaratgan, bugungi kunda xalqaro amaliyotda keng quloch yoygan etika boʼyicha fanlararo qoʼmitalar tashkil etish gʼoyasini muhokama qilgan. Potterning asosiy gʼoyasi yer yuzida hayotni saqlab qolish muammolarini hal qilish uchun gumanitar fanlar va biologiya fanining saʼy-harakatlarini birlashtirishni, (ayniqsa, biotibbiy texnologiyalar sohasidagi) fan-texnika taraqqiyotining uzoq muddatli oqibatlarini eʼtiborga olishni nazarda tutadi. Normal va barqaror sivilizatsiyada insonning tur sifatida uzoq muddat yashab qolishi etika normalari tizimini rivojlantirish va qoʼllab-quvvatlashni taqozo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |