Тошкент тў£имачилик ва енгил саноат институти


Download 279.68 Kb.
bet4/19
Sana09.04.2023
Hajmi279.68 Kb.
#1344755
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
4-МАВЗУ.МАЪРУЗА

Beshinchidan, hukumat mustaqil O‘zbekiston siyosatini belgilashda islom diniga munosabatni tubdan o‘zgartirish lozimligini qayta-qayta uqtirdi.Chunki din turmush tarzimizga o‘chmas muhrini bosgan.Dinga nisbatan ijobiy munosabat tashqi siyosatimizda, ayniqsa, musulmon davlatlari bilan o‘zaro aloqalarimizni kengaytirishda katta ahamiyatga ega, — deb ko‘rsatadi.
Oltinchidan, O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy va siyosiy mustaqilligini himoya qilish va ta’minlash imkonini beradigan boy moddiy-ma’naviy hamda ishlab chiqarish potensialiga va kadrlar qudratiga ega mamlakat ekanligidir.Endi hamma gap ana shu imkoniyatlardan unumli foydalanishda edi.
Ushbu xulosalar Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan muntazam to‘ldirilib, qadam-baqadam yangi qoida va yo‘l-yo‘riqlar bilan boyitib borildi.Xususan, 1992 yil avgust oyi oxirida O‘zhekiston Mustaqilligining bir yilligi tantanalari arafasida Prezidentning “O’zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li” nomli O‘zbekiston mustaqilligining nazariy asoslari chuqur tahlil etilgan asari nashrdan chiqdi.Ushbu risola keng jamoatchilik tomonidan ma’naviy hayotdagi yangilik va muhim qo‘llanma sifatida kutub olindi.Unda O‘zbekiston istiqlolining ham nazariy, ham amaliy muammolari ilmiy jihatdan o‘rganilib, jamiyat siyosiy rivojining, iqtisodiy taraqqiyotining, ma’naviy poklanishining asosiy yo‘l-yo‘riqlari yangicha mushohada va yondashuv bilan ko‘rsatib berildi.
Ma’lumki, jahonning deyarli barcha mamlakatlarida jamiyatning bir holatdan ikkinchi bir holatga o‘tish jarayoni bir necha muhim ijtimoiy muammolar bilan uzviy bog’liq.
Bular:
— davlatning islohotlarni o‘tkazishdagi rahnamolik roli;
— jamiyatning moddiy, ma’naviy va ijtimoiy imkoniyatlarini safarbar etish;
— o‘rta hol sinfni shakllantirish;
— xalqaro hamkorlikni yanada takomillashtirish masalalaridir.
Ta’bir joiz bo‘lsa, bu omillarning bosqichma-bosqichligi, ularning ahamiyati, shuningdek, ulardan alohida, har birining va barchasi bir butun bo‘lgan holatda beradigan samaradorligi har xil sabablarga bog’liq.
Lekin, o‘tish davrining eng muhim omili, bu kuchli davlatni barpo etishdir.Bunday davlatsiz mavjud ijtimoiy imkoniyatlarni safarbar etish ham, o‘rta hol sinfni shakllantirish ham, xalqaro munosabatlarda muvaffaqiyatlarga erishish ham mumkin emas.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘lini ishlab chiqar ekan, avvalo, mamlakatda yaratilajak jamiyat qanday mazmun kasb etishiga e’tibor berdi va uning fikricha, O‘zbekistonda bunyod etiladigan jamiyat barcha “izm” lardan va u qanday nomlanishidan qat’i nazar adolatli, xalqchil, insonparvar jamiyat bo‘lmog‘i lozim edi.
Shuning uchun ham, respublika ichki va tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlari pirovard natijada chinakam mustaqil O‘zbekistonda yangi, adolatli jamiyat barpo etishga qaratildi.“Respublikada sobitqadamlik bilan xalqchil, adolatli jamiyatni bunyod etisb - bosh vazifadir, — dcb uqtiradi Prezident.Bu boradagi flkrini davom ettirib u “O‘zbekiston — kelajagi buyuk davlat.Bu — mustaqil, demokratik, huquqiy davlatdir.Bu — insonparvarlik qoidalariga asoslangan, millati, dini, ijtimoiy ahvoli, siyosiy e’tiqodlaridan qat’i nazar fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta’minlab beradigan davlatdir.Xalq davlat hokiraiyatining manbayidir”, - degan qoidani ilgari surdi.Bu Mustaqillikning bir yilligi arafasidayoq qat’iy qilib o‘rtaga tashlangan davlat siyosati edi.Shuningdek, yangilangan jamiyat har bir a’zosining siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy turmush tarzini kafolatlovchi yo‘llarni ham ko‘rsatib berdi. Jumladan,

Download 279.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling