Тошкент тў£имачилик ва енгил саноат институти


Download 212.5 Kb.
bet3/12
Sana09.04.2023
Hajmi212.5 Kb.
#1344841
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
3-МАВЗУ.МАЪРУЗА

Mustaqillik — tabiatan ongli yashash, ongli munosabatni qaror toptirish mezoni. Ayni paytda u harakatlarning, intilishlar va qobiliyatlarning kuchayishini, doimiy kamolotni taqozo etadigan ma’naviy-ruhiy, ma’rifiy axloqiy hodisa.Bu, ayniqsa, sobiq ittifoq tarkibidan ajralib chiqqan, mustamlakachilik azobini ko‘rgan mustaqil mamlakatlar, xususan O‘zbekiston hayotida muhim ahamiyat kasb etadi.Nima uchun?
Totalitar tuzum davrida davlat mamlakat boshqaruv tizimidan tortib alohida-alohida shaxslarning kundalik turmushiga va istiqboliga daxldor bo‘lgan har qanday katta-kichik masalalarni hal etishni o‘z zimmasiga olgani uchun mehnatkash xalq moddiy va fikriy boqimandalik kayfiyatiga duchor bo‘lgan edi.U faqat ishlash huquqiga ega edi, xolos.Mehnat deb atalgan hissiz mashinaning murvatiga aylanib qolgan edi.Ertadan-kechgacha mehnat qilasan, mehnatingga yarasha ochdan o‘lmaslikka yetadigan haqqingni olasan, tamom-vassalom.Bu — sobiq ittifoqda qonun kuchiga ega bo‘lgan davlat siyosati edi.Odamzod shunchaki ishlar, shunchaki umr kechirardi, xolos.Tiriklik degan buyuk ne’matning, hayot degan oliy tushunchaning mag’zini chaqishga o‘zida rag’bat ham, ehtiyoj ham sezmas edi.Binobarin, aql bilan ish tutish, voqelikni idrok qilish, bunyod etish, yaratish, ijodkorlik tuyg’ulari butunlay so‘ndirilgan edi.Shuning uchun ham mamlakat taraqqiyoti sustlashib, odamlar turmush darajasi pasayib borardi.
Umuman olganda, har qanday faollik tamoyillari harakatlar erkinligiga zamin yaratishi, unga suyanishi kerak.Aks holda boqimandalik illatlari surunkali kasallikka aylanadi.Demak, har qanday xatti harakat, har qanday intilish o‘z-o‘zidan bunyodkorlik, yaratuvchilik ruhi bilan yo‘g’rilgan bo’lishi darkor.Ana shunda erkinlik samarasiz, faoliyatsiz hodisaga aylanmaydi.
Sobiq ittifoqda hukm surgan qayta qurish siyosati uning tarkibiga kirgan ittifoqdosh respublikalarning mustaqillikka chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida amalga oshirilgan, puxta o‘ylangan voqelik edi.Davlat to‘ntarishiga urinish, zo‘ravonlik va tazyiq o‘tkazish siyosatini chuqurlashtirishga intilish GKCHP bu jarayonning yakuni bo‘ldi.Mustaqillik imkoniyatlarini oldindan payqagan, mamlakat ijtimoiy-siyosiy jarayonlarining borishini to‘g’ri kuzatib, to‘g’ri baholay bilgan O‘zbekiston ittifoqdoshlari orasida birinchilardan bo‘lib o‘z tarixiy va buyuk niyatini e’lon qildi. 1991-yil 31 avgust kuni qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligi to‘g’risidagi Bayonot O‘zbekiston hukumatining siyosiy yo‘lini to‘la qonunlashtirib berdi.Bu tarixiy hujjatda quyidagi xulosalar ilgari surilgan edi:
• “O‘tmishdan saboq chiqarib va SSR Ittifoqining siyosiy hamda ijtimoiy hayotidagi o‘zgarishlarni e’tiborga olib;
• “xalqaro-huquqiy hujjatlarda qayd etilgan o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqiga asoslanib;
• O‘zbekiston xalqlarining taqdiri uchun butun mas’uliyatni anglab;
• shaxs huquq va erkinliklarining, Mustaqil davlatlar o‘rtasidagi chegaralarning buzilmasligi to‘g‘risidagi Xelsinki shartnomalariga qat’iy sadoqatini bayon etib;
• millati, diniy e’tiqodi va ijtimoiy mansubligidan qat’i nazar, respublika hududida yashovchi har bir kishining munosib hayot kechirishini, sha’ni va qadr-qimmatini ta’minlaydigan insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishga intilib;
• Mustaqillik Deklaratsiyasini amalga oshira borib, O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Kengashi O‘zbekistonning davlat Mustaqilligini va ozod suveren davlat - O‘zbekislon Respublikasi tashkil etilganligini tantanali ravishda e’lon qiladi.
O‘zbekiston Respublikasining o‘z tarkibidagi Qoraqalpog’iston Respublikasi bilan birga, hududi bo‘linmas va daxlsizdir.O‘zbekiston Respublikasining boshqa davlatlarga hududiy da’volari bo‘lmay, u o‘z hududi va tabiiy boyliklariga nishatan oliy huquqqa egadir”.
O‘zbekiston parlamentining bu bayonoti o‘zining qonun kuchi bilangina emas, siyosiy mantig’i, ma’naviy qudrati, xalqaro huquq normalariga mos kelishi va eng muhimi, millat taqdirini hal etadigan tarixiy qadriyat ekanligi bilan alohida ajralib turadi.Bu hujjat SSSR ning 73 yillik hayoti naqadar ayanchli va fojiali kechganligini ko‘rsatadi.
Darhaqiqat, bu mamlakatda inson huquqlari har tomonlama poymol etilganligini, endi bu tuzumda ortiq yashab bo‘lmasligini hayotning o‘zi tasdiqlab turardi.Biroq, mamlakat aholisining aksariyat qismi va ayrim milliy respublikalar rahbariyati ongiga singib qolgan tobelik va mutelik tuyg’ulari keskin harakat qilishga, o‘z xalqi manfaatini mardona turib himoyalashga yo‘1 qo‘ymas edi.Ammo, o‘sha paytda O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat — O‘sh, Farg’ona, Qo‘qon, Guliston, Parkent va Bo‘kada yuz bergan mash’um voqealar — millatlararo nizolarning yuz bergani, xalq hayotining tahlikali tus olgani ortiqcha kutib turishni taqozo etmas edi.Jarayonlarga o‘z vaqtida yetarli baho berib, zarur xulosaga kelish kerak edi.Shuning uchun ham Farg’ona voqealari birmuncha izga tushgach, mamlakat aholisining ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilash, turmush sharoiti va farovonligini oshirish borasida amaliy choralar ko‘rildi.Jumladan:
— aholini qo‘shimcha tomorqalar bilan ta’minlash, yakka tartibda uy-joy qurishga keng imkon berish, shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarni rivojlantirish, chorvachilik va parrandachilikni taraqqiy toptirish;
- pensiyalar, talabalar stipendiyalari va o‘qituvchilarning maoshlarini oshirish, og’ir ijtimoiy ahvol natijasida kamqonlik kasaliga uchragan homilador ayollarga imtiyozli ovqatlanish, boshlang’ich sinf o‘quvchilariga bepul oziq-ovqat ajratish va shunga o‘xshagan bir qator ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning markaz bilan hisoblashmay hal etilishi mamlakat aholisiga qanchalik ma’qul kelsa, ittifoq rahbariyatida shunchalik norozilik tug’dirar edi.
— O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishi qator xorijiy mamlakatlar bilan ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qovyishi u o‘z taraqqiyot yo‘lini tanlab olganini ko‘rsatar edi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, O‘zbekistonda bu masalalarning hammasi mustaqil ravishda hal etila boshlandi, mavjud muammolarni yechishda ittifoq idoralaridan sezilarli ravishda oldinda borildi.Tabiiyki “markaz” dagilarning birortasi ham O‘zbekistonda amalga oshirilgan ishlarni olqishlab qabul qilmadi.Moskvadagi karomatgo‘ylar aksincha, go‘yo bu O‘zbekiston Prezidentining o‘zboshimchaligi, bularning hammasi ittifoq ko‘rsatmalariga muvofiq kelmaydi yoki sovet davlati siyosiy qarashlariga zid, deb baho bera boshlashdi.
Shunday bo‘lsada, O‘zbekiston rahbariyati SSSR da mavjud ijtimoiy-siyosiy jarayonlar borishini boshqalardan ko‘ra tezroq angladi, hozijavoblik bilan baholadi va xulosaga keldi: 1991-yilning 31 avgustida “O‘zbekiston Respublikasining davlat Mustaqilligi asoslari to‘g‘risidagi qonun” ni qabul qildi.Ana shu qonun doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining bundan keyin O‘zbekiston SSR ni O‘zbekiston Respublikasi deb atash, l sentyabrni Mustaqillik kuni deb e’lon qilish, O‘zbekiston Konstitutsiyasiga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ittifoqning va uning tarkibiga kiradigan barcha mustaqil davlatlarning oliy qonun chiqaruvchi idoralariga, barcha xorijiy davlatlarga va jahon hamjamiyatiga murojaat qilib, ularni respublikaning davlat mustaqilligi e’lon qilingan hujjatini tan olishga da’vat etish to‘g‘risida qaror qabul qildi.Bu bevosita O‘zbekiston Mustaqilligining dastlabki huquqiy poydevori edi.
Darhaqiqat, biz ijtimoiy-siyosiy jarayonlar odamlar hayotini keskin tarzda bir o‘zandan ikkinchi o‘zanga burib yuborgan, hayotimiz butunlay boshqacha tus olgan va turmushimiz o‘zgacha mazmun kasb etgan murakkab ruhiy-ma’naviy holatni boshdan kechirdik.Natijada yillar mobaynida qotib qolgan tushunchalarimiz o‘zgarmoqda va mudrab qolgan ongimiz uyg‘onmoqda.
“Mustaqillik”, “hurriyat” degan so'zlar butun jozibasi bilan birga heqiyos qudratini, buyuk o‘zgartiruvchilik mo‘jizasini ko‘rsata boshladi.U dunyoqarashlarimizni tubdan o‘zgartirib, fikrimiz, tafakkurimizni boyitmoqda.Voqealar rivojini butun mohiyati bilan anglashni, dunyoga kengroq va tiyrakroq nazar bilan qarashni, bu ko‘hna olamda sho‘ro tuzumidan boshqa adolatli tuzumlar ham borligini, boshqacha yashash ham mumkin ekanligini, kommunistik mafkuradan bo‘lak hayot lazzatini, inson qadr-u qimmatini himoya qiladigan g’oyalar ham mavjudligini ko‘rsatib berdi.Zotan, mustaqillikning buyuk mohiyati, beqiyos qadriyati ana shunda.Mustamlakachilikning kishilik tarixida anduh va kulfatlar yog’dirgan beqiyos fojiasi — uning insonni mustaqil fikrlashdek ulkan iqtidoridan mahrum etganida! Mustaqillik ana shu insoniy fojianing achchiq mazmunini ochib berdi.
Istiqlol bizga o‘zligimizni anglatdi.O‘zini anglash — olamni anglash, olamni tushunish — odamni tushunish, demakki, hayotning mazmunini idrok etishdir.lnson o‘zining butun mohiyatini, insonligini qanchalik chuqur tushunsa, yashash mazmun-mohiyatini ham shunchalik chuqur anglaydi.
O‘zligini anglagan kishi olamning butun rang-barangligi bilan birga hayot mazmunini, o‘zining shunchaki tiriklik va mavjudlik belgisi emas, aksincha, tabiatning betakror mo‘jizasi ekaniigini, shu asnoda inson qadr-u qimmatini tobora teranroq anglay boshlaydi.Ma’rifatga muhtojligiga, xurofot va jaholat hayot kushandasi, manqurtlik — o‘zligini va olamni unutish ekanligiga tobora ko‘proq ishona boshladi.Demak, anglash tuyg‘usi bevosita ichki bir quvvat bilan ma’naviy yetuklikka, komillikka da’vat etadi.
Mustaqillikning asosiy qadriyatlaridan biri uning ijtimoiy, ma’naviy mohiyati bevosita omma fikrini uyg’otishdan, xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagi xususida qayg’urish hissini kuchaytirishdan iborat.Aks holda tub islohotlarning umri qisqa, taqdiri esa fojia bilan tugashi mumkin.
Biz tarixning ayni burilish davrida yashamoqdamiz.Ana shu burilish nuqtasining o‘ziyoq tafakkurimizni, tor dunyoqarashlarimizni, har tomonlama chegaralab qovyilgan tushunchalarimizni o‘zgartirishni taqozo etmoqda.Uzoq yillar mobaynida bir qolipdagi hayotdan so‘ng beixtiyor olis o‘tmishni eslashga, uni o‘rganishga, o‘zligimizni anglashga kuchli ehtiyoj tug‘ildi.Ichki bir tabiiy kuch million-million kishilar qalbida mudrab yotgan tuyg’ularni harakatga keltirib yubordi.Natijada odamlarning hayotga munosabati o‘zgarib, o‘z taqdiri bilan bog’liq bo‘lgan zamin istiqbolini o‘ylashga zarurat sezmoqda.
Butun borlig’idan, ma’naviy bisotidan judo qilingan xalq erkinlik tufayli katta tashnalik bilan o‘z tarixini bilishga intila boshladi.Bu borada ming yillar davomida vujudga kelgan, xalqimizning daholik qudratini, quvvai hofizasini, shavq-u shuurini qolaversa, ma’naviy-ruhiy holatini belgilab beradigan xalq og’zaki ijodiga sho‘ro hukumati davrida ongli ravishda yuz bergan munosabatnigina eslatish joizdir.
Sir emas.Sovet davrida asrlar mobaynida tildan-tilga ko‘chib, avlodlar davomiyligi va vorisiyligini saqlashda oltin halqa bo‘lgan afsonalar, rivoyatlar, ertaklar, topishmoqlar va latifalar zo‘ravonlik bilan yo‘q qilindi.“Alpomish”, “Go‘ro‘g‘li”, “Hasanxon”, “Nurali”, “Sherali” singari dostonlar, milliy qo‘shiq va laparlar g’oyaviy nuqtai nazardan zararli deb topildi.Umuman, barcha milliy-madaniy yodgorliklar singari o‘zbek xalq og’zaki ijodining yuksak namunalariga ham kommunistik mafkura nuqtai nazaridan qaraldi va ana shu o‘lchov bilan baho berildi, degan edi kuyinib professor M.Murodov.
Birgina misol “Alpomish” dostonida go‘yoki xonlar va beklar sha’niga hamd u sanolar o‘qilarmish, bosqinchilik va zo‘ravonlik tashviq qilinar emish, diniy ohanglar, ilohiy kuchga ishonish, ilohiyatning mavjudligi kabi g’oyalar targ’ib qilinar emish... Aslini olganda ham shunday edi.Biroq, ular Diniy va Dunyoviy tafakkurning noyob sintezi sifatida umuminsoniy qadriyatga aylangan edi.
Darhaqiqat, o‘zbek xalq dostonlarida diniy ohanglar, Allohning mavjudligi va uning irodasi xususidagi talqinlar azaldan bo‘lgan.Biroq, Kommunistik partiyaning dahriylik mafkurasi dostonning ana shu jihatlariga yopishib olib, uni xudosizlik tashviqoti quroliga aylantirmoqchi bo‘ldi.Mazkur mafkuraning qabih g’oyasi tufayli inson qalbidagi ishonch, e’tiqod tuyg’usi mahv etildi.Tabiiyki, xudodan qaytgan odam har qanday razolat va qabohatdan qaytmaydi.Xudo bexabarlik iymonsizlik va diyonatsizlikni keltirib chiqaradi.Natijada na Vatanga, na millatga, na o‘tmish, na istiqbolga e’tiqod qoladi.E’tiqodsizlik - xurofotga, xurofot jaholatga, jaholat esa halokatga olib keladi.Jaholat, nodonlik hukmron bo‘lgan joyda tanazzul chuqurlashadi.Manqurtlik shaklidagi yovoyi va ibtidoiy hayot vujudga keladi.Sovet tuzumining “ulug‘ mafkurachi” lariga ayni shu narsa kerak edi.Shuning uchun ham ezgulik himoyachisi sifatida xalqimizning ma’naviy qahramoniga aylangan Alpomish obrazi atay buzib tanqid etildi.Aniqrog‘i, unga tuhmat qilindi.
O‘zbek xalq og’zaki ijodiyotining odamlarni insof va diyonatga, imon va e’tiqodga, mehnatsevarlik va yurtparvarlikka, odob-axloq va madaniyatga chorlovchi asosiy g’oyalaridan foydalanish o‘rniga ular o‘tmishni ideallashtiradi, pirlar, aziz avliyolar, podshohlar, muqaddas qadamjolar, maqbaralar-u madrasalarni ulug’laydi.Shu tariqa odamlar ongini eskilik sarqitlari bilan zaharlab, ular e’tiborini sovet tuzumidan chelga tortadi, deb qoralandi.Xalq ijodiyotining ko‘plab asarlari, masalan, mashhur xalq kuychisi O‘tar shoir Safarov aytgan “Oyparcha” dostoni qayta ishlanib, xohlagancha qisqartirilib, “zamonaviy” lashtirilganidan, undagi asl g’oyalar tushirilib qoidirilganidan keyingina nashr etildi.O‘tar shoir Safarov o‘g‘li Qorabaxshiga kitobni o‘qitib o‘ksigan, bu men aytgan doston emas, deb yig’lagan ekan.
30-yillardagi qatag‘onda o‘zbek xalqining eng iste’dodli namoyandalari yo‘q qilindi. Ularga turli ayblar qo‘yilib, har xil bahonalar bilan qatl etildi.Biroq, sho‘ro tuzumini maqtab, “xalqlar otasi” ni kuylagan ayrim shoirlarga ham kun berilmadi.Sababi, ularning beqiyos iste’dod ekanligi.Bir kun kelib baribir o‘z xalqiga yon bosishini oldindan payqagan qizil imperiyachilar ularni ham otib tashladi.Xususan, dehqonobodlik Farmon baxshi quloq qilinishini sezib qolgach, goh Surxondaryo, goh Tojikiston, goh Qashqadaryoda qishloqma-qishloq, ovulma-ovul darbadar bo‘lib yashashga majbur bo‘ldi.Ham o‘zbek, ham tojik tilida dostonlar kuylagan Farmon baxshining bebaho merosi yozib olinmadi.Bedodlik shu darajaga yetdiki, unga o‘z qishlog‘iga kelib o‘lishga ham ruxsat berishmadi, xoki o‘zga joylarda qolib ketdi.
Bunday hodisalar qariyb 130 yillik mustamlakachilik yillarida turli sohalarda, turli shakllarda yuz bergan.Qatag’onlar, mahv etishlar, otib tashlashlar xalq ruhiyatini sindirdi.Odamlar bu mislsiz qirg‘inlar natijasida bir umr tahlika va qo‘rquv bilan yashadi.Ana shu hadiksirash millat hayotini zaharladi.Turmush lazzatini, yashash zavqini zaqqumga aylantirdi.
Jadidchilik harakatining faollari, ma’rifatparvarlar, xalqimizning chin farzandlari ona yurt istiqloli, millat istiqboli yo‘lida tinimsiz kurashdilar.Buyuk ma’rifatparvar Abdulla Avloniyning fig’on va dard to‘la quyidagi satrlariga befarq qarab bo‘lmaydi: “Xonumoni xarob, boyqushlarga hamdam, farzandlari haykaldek jonsiz, vayrona Turkiston! Yo‘q, yo‘q sahni jonlik janoza birla to‘lgan buyuk mozor! Unga o‘lik kimsalar — madfun zindalar qo‘yilgan.Bu tirik o‘liklar edi.Turkistonning bu kungi noqobil avlodlaridir.Uning ahvoliga Yer ham, Osmon ham yig’laydi.U ham faqir, ham haqir.Uning ahvoli chindan-da og‘ir.Bir tarafdan behad yomon dardga giriftorlik, ikkinchi tomondan xorlik.

Download 212.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling