Тошкент тў£имачилик ва енгил саноат институти


Mustaqillik arafasida “paxta ishi” va uning oqibatlarini bartaraf etish borasidagi harakatlar


Download 235.5 Kb.
bet3/6
Sana28.09.2023
Hajmi235.5 Kb.
#1689421
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-МАВЗУ.МАЪРУЗА (1)

Mustaqillik arafasida “paxta ishi” va uning oqibatlarini bartaraf etish borasidagi harakatlar.O‘zbekistonda “paxta ishi” degan soxta kampaniya – qatag‘on siyosati ta’sirida nohaqlik va adolatsizlik avjiga chiqqan, partiya, sovet va davlat idoralari, huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatida aynish boshlangan, turli buzg‘unchi kuchlar, diniy niqobdagi radikal oqimlar bosh ko‘targan, bu ham etmaganidek, hukmron sobiq Markazdagi ikkiyuzlamachi matbuot tomonidan xalqimizning boshiga yog‘dirilgan bo‘hton va tuhmatlar odamlarimizning ruhi va kayfiyatini tushirgan, xalq o‘rtasida ertangi kun ishonchiga jiddiy putur etgan edi. Qo‘rquv va vahima keng tarqalgan o‘sha paytda Birinchi Prezedent Islom Karimov “o‘zbeklar ishi”, “paxta ishi” degan soxta ayblov bilan nohaq qamalgan qashqadaryolik va boshqa viloyatlardagi odamlarning xonadoni bilan yaqindan tanishdi.Qat’iy ishonch bilan: Xudo xohlasa, hammasi yaxshi bo‘ladi, o‘g‘lingiz, turmush o‘rtog‘ingiz, otangiz hademay bag‘ringizga qaytib keladi”8 deb, ruhan ezilgan insonlarga taskin berdi.Xalqimizga nisbatan katta nohaqlik bo‘layotganligini baralla aytib, tengsiz jasorat bilan kurashdi va xalqparvar rahbar degan nom qozondi. BirinchiPrezidentimiz: “Bir eslang, sho‘ro zamonida, 80-yillarda sobiq markaz “o‘zbek ishi”, “paxta ishi” degan uydirmalarni bahona qilib, o‘zbek millati vakillarini butun dunyoga qanday ko‘rsatardi? Sochi taqir qilib olingan, qalpoq kiygan, belini bog‘lagan, soqol qo‘ygan odamlarni, mana, bularning basharasi, deb, peshonasiga tamg‘a qo‘yib, matbuot orqali namoyish etardi. Bugun shuni eslashimiz o‘rinli, deb bilaman»9, degan edi.Birinchi Prezedent Islom Karimov davlat rahbari sifatida o‘z faoliyatini siyosiy beqarorlik, boshboshdoqlik va bedodlik avj olgan, ijtimoiy-iqtisodiy hamda siyosiy vaziyat o‘ta qaltis va og‘ir davrda boshlaganligini, ayniqsa, bugun ta’kidlash va e’tirof etishimiz lozim.
“Ozodlik havosidan to‘yib nafas olgan, o‘z taqdiri va kelajagini o‘z qo‘li bilan qurayotgan xalqimizni endi eski mafkuraga, eski zamonga hech qachon qaytarib bo‘lmaydi, butun xalqimiz, jumladan, Qashqadaryo eli, bu vohadagi navqiron yoshlarning bugungi azmu shijoati, orzu-intilishlari, kelajakka bo‘lgan mustahkam ishonchi shunday deb aytishga to‘la asos beradi... Ana shunday dahshatli qatag‘onning qanday keng tus olganini, o‘ylaymizki, quyidagi raqamlar yaqqol ko‘rsatadi. Birgina “paxta ishi” bo‘yicha viloyatda 3 mingdan ziyod odam hibsga olingan, faqat 1985 yilning uch oyida viloyat rahbarining 3 ta muovini, 8 ta bo‘lim mudiri, shahar va tuman partiya qo‘mitalarining 26 nafar kotibi, viloyat ijroiya qo‘mitasi raisi, uning 4 nafar o‘rinbosari, mas’ul kotibi, shahar va tuman ijroqo‘mlarining 12 nafar raisi, viloyat miqyosidagi yirik tashkilotlarning 27 ta rahbari, kolxoz va sovxozlarning 99 nafar rais va direktorlari, yana qancha-qancha oddiy mehnatkashlar, begunoh insonlar jinoiy javobgarlikka tortilgan edi. Viloyatning sobiq rahbarlaridan biri o‘z joniga qasd qilgan, ikkinchisi esa qamoqqa olingan edi. Hibsga olingan har bir odamning ortida esa 20-30 tadan oila a’zolari, qarindosh-urug‘lari, birga ishlagan kishilar tun-kun so‘roq berib, ma’muriy idoralarning eshigida sarson bo‘lib yurganini Qashqadaryo ahli hech qachon unutmaydi”10.
Yaqin o‘tmishda boshimizdan kechirgan ana shunday mash’um kunlarni eslar ekanmiz, bugungi erkin va ozod hayotimizni asrash, uning qadriga etish, hozirgi o‘ta notinch va tahlikali zamonda doimo hushyor, ogoh va sergak bo‘lib yashash zarurligini yanada chuqur anglaymiz”11.
1989 yilning may-iyun oylarida Farg‘ona viloyatida fojiali voqealar ro‘y berdi. O‘sha yilning 20 may kuni Quvasoyda tub aholi bilan shu erda istiqomat qiladigan mesxeti turklari o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi (SSSR davlat mudofaa komitetining 1944 yil 31 iyul qarori asosida Gruziyadan deportatsiya (quvg‘in) qilinib, 1944 yil noyabr oyida 30 ming mesxeti turklari O‘zbekistonga majburan ko‘chirib keltirilgan)12. Respublika rahbariyati bu voqealarni o‘z vaqtida to‘g‘ri baholay olmagani tufayli vaziyat yanada keskinlashdi. O‘sha yilning iyun oyida Toshloq va Marg‘ilonda shunday to‘qnashuvlar yuz berib, keyinchalik Farg‘onaning janubiga ko‘chdi. 8 iyun kuni Qo‘qon shahrida tinch namoyishchilar sobiq Ittifoq IIVning ichki qo‘shinlari tomonidan o‘qqa tutildi. Ommaviy tartibsizliklar oqibatida 103 nafar kishi halok bo‘ldi13.
Farg‘ona voqealarining bir qancha sabablari bor edi. Bu viloyat rahbariyati, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tashkilotchilik ishlarida jiddiy xatolarga yo‘l qo‘yganlari, ijtimoiy-siyosiy vaziyatga ob’ektiv baho bera olmaganlari va yoshlarni ish bilan ta’minlashning chora-tadbirlari belgilamaganlari bilan bog‘liq edi.
1989 yilning may oyida Farg‘ona viloyatida buzg‘unchi kuchlar tomonidan tashkil etilgan ommaviy tartibsizliklar iyunning oxiriga kelib, yanada avj olib ketdi.
Kechagina respublika rahbari etib saylangan Birinchi Prezedent Islom Karimov ishga kirishgan kunning ertasigayoq, ya’ni 24 iyun kuni O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetida katta majlis o‘tkazdi va unda nutq so‘zladi. Ushbu nutq, mohiyat-e’tiboriga ko‘ra, Birinchi Prezedent Islom Karimovning O‘zbekiston rahbari sifatidagi birinchi nutqi ekanligi bilan ham ahamiyatga ega.Ushbu chiqishda Birinchi Prezedent Islom Karimovning siyosiy etakchiga xos barcha fazilatlari yaqqol namoyon bo‘ldi.
Birinchi Prezedent Islom Karimov 1989 yilning 25 iyun kuni janjal-to‘polonlar alangasi ichida qolib ketgan Farg‘onaga yo‘l oladi. Lovullab yonayotgan uylar, tahlika va sarosimaga tushgan, qahr-g‘azabga to‘lgan odamlarning ichiga dadil kirib boradi. Ular bilan chin dildan, hech narsani yashirmasdan ochiq gaplashadi. Bu insonlarning shu vaqtga qadar hech kim eshitmagan ohu nolalarini tinglab, yurakdan chiqqan samimiy va haqqoniy so‘zlari bilan bamisoli ularning qalbidagi jarohatlarga malham qo‘ygandek bo‘ladi, ko‘ngillarida yaxshi kunlarga umid uchqunlarini uyg‘otadi. Tartibsizliklar, qon to‘kilishining oldini olish bo‘yicha butun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olib, aniq chora-tadbirlar ko‘radi.
Birinchi Prezedent Islom Karimov lavozimga o‘tirganiga ikki kun bo‘lar-bo‘lmas og‘ir muammo bilan to‘qnashadi – 1989 yil 25 iyunda Farg‘onada vaziyat keskinlashadi.O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining Raisi G‘.Qodirov to‘polon bo‘layotgan joyga desantchilarni tashlash to‘g‘risida ko‘rsatma bergani bois, ko‘chalarda BTRlar turgan, avtomatchilar odamlarni tekshirib o‘tkazayotgan bir paytda Islom Karimov o‘sha erga etib boradi. Bunday sharoitda, avvalo, odamlarni tinchlantirish, buning uchun ular ko‘ngliga vahima solib turgan qurolli kuchlarni olib ketish zarurligini tushungan Islom Karimov desantchilarni joyiga qaytarish haqida topshiriq beradi.Shu kuni xavfsizlik xizmatining qattiq qarshiligiga qaramay, Qo‘qonga etib keladi. Yo‘l-yo‘lakay bir-ikki joyda odamlarning ro‘y berayotgan voqealar haqidagi fikrini o‘rganadi.
Farg‘ona vodiysi viloyatlarini iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, mintaqadagi ijtimoiy muammolar haqida ochiq-oydin va oshkora gapiradi, mavjud keskin ahvoldan chiqish yo‘li sifatida aholining turmushini yaxshilash, jumladan, odamlarni ish bilan, tomorqa va uy-joy uchun er uchastkalari, chorva mollari bilan ta’minlash masalalarini birinchi bor amaliy nuqtai nazardan jiddiy kun tartibiga qo‘yib, tegishli vazirlik va idoralar, viloyat va tuman rahbarlariga aniq topshiriqlar berdi.
Birinchi Prezedent Islom Karimovning bevosita tashabbusi bilan fashizmga qarshi urush yillarida Vatanidan quvib chiqarilgan qator xalqlarga o‘z yurtiga qaytishlarida yordam berish to‘g‘risida Deklaratsiya qabul qilindi va SSSR Oliy Kengashiga taqdim etildi.Aytish mumkinki, o‘z vaqtida katta siyosiy va tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan bunday hujjat (u qanday hal etilganidan qat’i nazar) faqat O‘zbekistonda qabul qilindi14. Bu harakat respublika rahbariyatining jonkuyarligi va adolatparvarligidan dalolat berardi.
Davlatimiz rahbarining o‘sha davrdan to shu kungacha turli chiqishlarida aytgan, millionlab kishilar ko‘ngliga ishonch, bilagiga kuch baxsh etgan so‘zlari, ya’ni “O‘zbekistonda millatlar o‘rtasida qon to‘kilmaydi”, “Farg‘ona voqealari boshqa qaytarilmaydi”, deya bergan va’dasi uning ham lafzi qat’iy rahbar, ham ulkan shaxs ekanini namoyon etdi.Hayotda inson uchun oilasi, umr yo‘ldoshi, farzandlari, uy-joyi, mol-mulki, obro‘-e’tibori, sog‘lig‘i qanchalar qadrli bo‘lsa, shularning barchasidan u millatlararo janjal, qon to‘kishlar sabab ayrilib qolishi mumkin. Bu shunchaki gap emas.Buni chuqur tushunish, tinchlikni saqlash ishida rahbarni yolg‘izlatib qo‘ymaslik, unga elkadosh bo‘la bilish kerak.
O‘zbekiston – shu yurtda yashovchi har bir inson uchun muqaddas diyor.Mana shu muqaddas vatanni asrash va uning taqdiri uchun kurashishni chin dildan istamaganimizda xalqimiz Vatan mustaqilligiga erishmagan, Birinchi Prezedent Islom Karimovdek buyuk, iqtidorli davlat rahbariga ega bo‘lmagan bo‘lar edi. Qisqa vaqt ichida Birinchi Prezedent Islom Karimov rahbarligida respublikada millatlararo totuvlik, milliy kadrlar tayyorlash kabi dolzarb masalalar hal qilina boshlandi. Farg‘ona voqealarida mahalliy idora rahbarlarining xalqdan ajralib qolganligi, voqealarning asl mohiyatidan bexabarligi, xalqning dardu hasratiga beparvoligi, loqaydligi yaqqol namoyon bo‘ldi.
Shundan so‘ng, mamlakat rahbariyati tomonidan paxta yakkahokimligiga barham berildi, paxtaga to‘lanadigan haq qayta ko‘rib chiqildi, kam ta’minlangan va ko‘p bolali oilalarga moddiy yordam berila boshlandi. Ayniqsa, shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarni kengaytirish maqsadida 720 ming gektarga yaqin unumdor erlar dehqonlarga muddatsiz topshirilishi15 kabi tadbirlar respublikada siyosiy-ijtimoiy keskinlikning kamayishiga olib keldi.Bundan tashqari, respublikamizda shu paytdan boshlab mustaqil rivojlanishning nazariy va amaliy asoslarini ishlab chiqishga e’tibor qaratildi.
Agar o‘sha yillar tarixiga e’tibor beradigan bo‘lsak, Farg‘ona voqealari haqida shov-shuv ko‘targanlar, shunday qonli fojia hisobidan obro‘ topish, o‘z g‘arazli manfaatlariga erishish, xalqimizni badnom qilishga uringan kimsalar ko‘p bo‘lgan. Islom Karimov bu borada kuyib-yonib, asl haqiqatni katta dard va jasorat bilan bayon qiladi, fojia oqibatlarini bartaraf etishning amaliy echimlarini ishlab chiqadi va izchil amalga oshiradi.
Davlatimiz Birinchi Prezedenti Islom Karimov Farg‘ona viloyatida ijtimoiy keskinlikni keltirib chiqargan sabablar haqida quyidagilarni bayon etgan edi: “Boz ustiga, keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, ko‘pgina amaldor shaxslar, jumladan, voqealar o‘t-olovdek chaqnab ketgan Toshloq rayonidagi ana shunday shaxslar qonun-qoidalarni buzishgan, poraxo‘rlik qilishgan.Ular, avvalo, o‘zlari va qarindosh-urug‘lariga yakka tartibda uylar qurish uchun er uchastkalari ajratib berishgan, ssudalar olishgan, holbuki, er va qarz olishga muhtoj bo‘lgan 400 nafar oddiy mehnatkashga rad javobi berilgan edi.
Sotish uchun 319 ta avtomashina ajratilganida, shulardan 236 tasi rayonda yashamaydigan, jumladan, boshqa respublikalarda yashaydigan kishilarga g‘ayriqonuniy tarzda taqsimlangan, uy-joy taqsimlash tartibi qo‘pol tarzda buzilgan, gazlashtirish, suv ta’minoti, ishga joylashtirish masalalari necha yillar mobaynida hal bo‘lmay qolavergan»16.
1990 yilning avgust-sentyabr oylarida Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida janjal-to‘polonlar bo‘lib o‘tadi. Birinchi Prezedent Islom Karimov ushbu tumanga kelganida ayanchli manzaraning guvohi bo‘ladi – yo‘l yoqasida mashinalar yonar, junbushga kelgan yoshlar to‘polon qilishar edi.Yangi rahbar ularning yoniga borib, o‘zini tanishtiradi.Otga minib, xaloyiq orasiga kiradi. Ularga murojaat qilib, “Nima talablaring bo‘lsa, menga aytinglar, hammasiga e’tibor bilan qarab, hal qilib berishga harakat qilaman”, deydi.Markaz haqida o‘zining dangal fikrini aytadi.Yangi rahbardan bunday javobni sira kutmagan xaloyiq bo‘shashib qoladi.
Farg‘onadagi voqealar tugaganidan so‘ng ham har xil mish-mishlar natijasida Toshkent viloyatining Parkent va Bo‘ka tumanlarida ba’zi kimsalar tomonidan noxush voqealar uyushtirildi. Masalan, 1990 yil 3 mart kuni Parkentning markazida ommaviy tartibsizliklar tufayli shu erlik M.Mirtursunov halok bo‘ldi. Ushbu holat aholining kayfiyatiga salbiy ta’sir etib, noroziliklarni kuchaytirdi. 1990 yil 2 dekabr kuni Namangan shahrida ichki qo‘shinlar harbiy xizmatchilari bilan mahalliy yoshlar o‘rtasida kelib chiqqan janjal natijasida 5 nafar harbiy xizmatchi va 3 nafar mahalliy millatga mansub fuqaro halok bo‘ldi17.
1991 yilning 9 dekabrida Namangan shahrida bir guruh qo‘poruvchi kuchlar viloyat ijroiya qo‘mitasi binosini egallab olib, O‘zbekistonni Islom davlatiga aylantirishni da’vo qilib chiqishadi va respublika rahbari bilan uchrashuvni talab qilishadi.Birinchi Prezedent Islom Karimov prezidentlikka nomzod sifatida ertasi kuni tongda Namanganga etib keladi va ongi aqidaparastlik g‘oyalari bilan zaharlangan, jazavaga tushgan olomon orasiga soqchi va hamrohlarsiz, bir o‘zi, hech ikkilanmasdan, shijoat va shiddat bilan kirib boradi. Respublika rahbarini ko‘rishgach, aqidaparastlar bir oz dovdirab qolishadi. Prezidentimiz vazminlik bilan so‘z boshlaydi va ularning barcha da’volarini aniq faktlar bilan rad etadi.
Shuni aytish kerakki, Birinchi Prezedent Islom Karimovning qat’iyati va jasorati binoni boshiga ko‘tarib baqir-chaqir qilayotgan minglab ashaddiy ekstremistlarni ham sarosimaga solib qo‘yadi. Mamlakatimiz rahbari hayajonga berilmasdan, ular talab qilayotgan yo‘l qonunga mutlaqo zid ekani va hech qachon yaxshilikka olib kelmasligini uqtiradi, salobati va irodasi bilan guvillab yotgan olomonning shashtini so‘ndirishga, behuda qon to‘kilishining oldini olishga muvaffaq bo‘ladi.
Mustaqillik arafasida, ya’ni 1989 yilning 19 oktyabr kuni o‘zbek tiliga davlat tili maqomini berish masalasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi sessiyasi muhokamasiga qo‘yilgani ham davlatimiz rahbari Islom Karimov nomi bilan bog‘liq. O‘sha qaltis siyosiy-ijtimoiy sharoitda o‘zbek tiliga davlat tili maqomini berish masalasi keskin va murosasiz bahs va tortishuvlarga sabab bo‘lgan. O‘sha vaqtda ayrim siyosiy guruhlar O‘zbekiston sharoitiga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydigan, bir-biriga butunlay zid va qarama-qarshi fikrlarni olg‘a surgan, shuning hisobidan o‘ziga obro‘ topish, odamlarni ortidan ergashtirishga uringan edi. Nega deganda, til bilan bog‘liq muammolar orqali milliy tuyg‘ularni ro‘kach qilib, ulardan g‘arazli maqsadlarda foydalanish mumkin edi.
Birinchi Prezedent Islom Karimovning o‘sha paytdagi har tomonlama puxta o‘ylangan, mulohaza qilib, barcha siyosiy va ijtimoiy guruhlarning talablarini qondiradigan, eng muhimi, xalqimiz va Vatanimiz manfaatlariga javob beradigan vazminlik siyosati orqali yagona to‘g‘ri yo‘lni topishga erishildi. Natijada xalqimizning muqaddas qadriyatlaridan biri bo‘lmish ona tilimiz o‘zining qonuniy maqomi va himoyasiga Mustaqillikka qadar - 1989 yili 21 oktyabrida ega bo‘ldi.

Download 235.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling