Тошкент тў£имачилик ва енгил саноат институти


Download 235.5 Kb.
bet1/6
Sana28.09.2023
Hajmi235.5 Kb.
#1689421
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-МАВЗУ.МАЪРУЗА (1)


2.Mavzu.Mustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar.


Reja:


1.XX asr 80-yillari o‘rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotidagi inqirozli holat.
2.Markazning O‘zbekistonda amalga oshirgan qatag’on siyosati.“Paxta ishi”, “O‘zbek ishi” nomli kompaniyalar.Aholi turmush tarzining og’irlashuvi.Orol fojiasi.Farg’ona voqealari.
3.1989 yil o‘rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘zgarishlar.Milliy manfaatlar ustuvorligining o‘sib borishi.
4.I.A.Karimov - O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti.Mustaqillik deklaratsiyasi va uning tarixiy ahamiyati.
5.1991 yil avgust voqealari.GKCHP.Sovet davlatining tanazzulga yuz tutishi.

Tayanch tushunchalar


Mustaqillik arafasida ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, ”Paxta ishi”, “O‘zbek ishi”, Orol fojiasi, Farg’ona voqealari. Prezidentlik, Mustaqillik deklaratsiyasi, 1991 yil avgust voqealari, GKCHP, SSSR ning tanazzulga yuz tutishi.


Mustaqillik arafasidagi siyosiy vaziyat. XX asrning 80-yillari oxiriga kelib, xususiy mulkchilik ta’qiqlangan va ta’qib etilgan, davlat mulkini mutlaqlashtirish natijasida moddiy ta’minot tizimi izdan chiqarilgan, iqtisodiy adolat poymol etilgan, milliy muammolar negizidagi nizolar ko‘payib borayotgan sho‘ro jamiyatida hukmron doiralar boshqaruvidan norozilik kuchayib bordi, xalq nazarida obro‘sizlanib bo‘lgan boshqaruv tuzilmalarini, eng avvalo, butun sho‘ro siyosiy tizimining yadrosi bo‘lgan kommunistik partiyani yangilash ehtiyoji sezilmoqda edi.
O‘sha davrdagi vaziyatga Birinchi Prezident Islom Karimov shunday baho beradi: “Ijtimoiy-siyosiy sohada ro‘y berayotgan jarayonlar hammani tashvishga solmoqda.Qayta qurish tufayli yuzaga kelgan demokratiya va oshkoralik anarxiya va safsatabozlikdan etarlicha himoya qilingan emas. Intizom va tartib ko‘ngildagidek emas, jinoyatchilik ko‘paymoqda, odamlarning shaxsiy xavfsizligi, huquqlari va qadr-qimmati kafolatlari buzilmoqda”1. Ana shunday sharoitda yuqori xo‘jalik vazifalarida ishlab kelgan Birinchi Prezident Islom Karimovning, siyosiy ekspertlar ta’biri bilan aytganda, “sog‘lom texnokratizmi va pragmatizmi” uni o‘sha vaqtda qabul qilingan ko‘pgina taomillarni chetlab, partiya piramidasining cho‘qqisiga ko‘tardi.
1989 yil 23 iyunda Birinchi Prezident Islom Karimov Qashqadaryodan Toshkentga O‘zbekiston Kompartiyasi Markazqo‘mining birinchi kotibi vazifasini bajarish uchun qaytib keladi.Qariyb uch yil davomida Islom Karimov mazkur viloyatda obro‘-e’tibor va ishonch qozongani holda respublikaning o‘sha vaqtdagi partiya rahbariyatining no‘noq siyosati tufayli O‘zbekiston fuqarolar urushi maydoniga aylanib qolishi xavfi ostida qolgan edi.Birinchi Prezident Islom Karimov qisqa muddat ichida respublikadagi portlash xavfi bo‘lgan vaziyatni o‘nglashi, yuzaga kelayotgan falokatdan davlatni saqlab qolishi lozim edi.
Keyinroq davlatimiz rahbari o‘z intervyularidan birida O‘zbekiston rahbari etib tayinlanishi tarixini quyidagicha hikoya qiladi: “Men qanday qilib O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasining birinchi kotibi bo‘lganman? 1989 yil iyun oyi edi.Dahshatli kunlar edi.Qirg‘inlar, yong‘inlar, Farg‘ona, Qo‘qon, Quvasoy, Guliston, Parkent, Bo‘ka. Go‘yo portlash yuz berib, bug‘ qozonining qopqog‘ini uloqtirib tashlaganga o‘xshaydi.Xo‘rlik yillarida to‘planib qolgan alam to‘lqinlari butun respublikani qamrab oldi. Boshliqlar vaziyatni boshqara olmay qoldi.
Mana shu beboshliklarning hammasiga barham bera oladigan, respublikani jar yoqasidan qaytara oladigan odamni qidirishmoqda edi.Izlanishlar natijasida mening nomzodimga to‘xtalishdi.Albatta, zimmamga naqadar katta mas’uliyat olayotganimni tushunar edim.Mening kareram emas, balki hayotimning o‘zi garovga qo‘yilayotganini tushunar edim.Shunchaki chiroyli gap deb o‘ylamang-u, ammo xalq meni tushunishiga va qo‘llab-quvvatlashiga ishonardim.Ana shu narsa menga kuch berdi”2.
1989 yil 23 iyunda O‘zbekiston Kompartiyasi Markazqo‘mining Plenumi bo‘lib o‘tdi.Plenum Birinchi Prezedent Islom Karimovni O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasining birinchi kotibi etib sayladi.
Shu vaqtdan e’tiboran Islom Karimov boshchiligida o‘zbek xalqining qadr-qimmatini tiklash va uni himoya qilish ishlari boshlandi.Islom Karimovning respublika rahbarligiga kelishi va faoliyatining boshlanishi ham mustaqillik yo‘lida qo‘yilgan ilk dadil qadam edi.
U tang vaziyatni barqarorlashtirishga ulkan hissa qo‘shdi.Markazdan yuborilgan “kadrlar desanti” o‘z obro‘sini yo‘qotgan edi, ularning “namoyonda” lari Anishchev, Ogarek, Satin va boshqa “kazo-kazolar” respublikadan chiqarib yuborildi.
Kadrlar siyosatida jiddiy ijobiy o‘zgarishlar yuz berdi, bu masalalarni hal etishda respublika rahbariyati tashabbusni o‘z qo‘liga oldi.Mahalliy kadrlarga bo‘lgan talab va e’tibor kuchaytirildi.Kadrlar siyosatida Markaz tomonidan belgilangan xodimlarni rahbar etib tayinlashga chek qo‘yildi.Birinchi Prezedent Islom Karimovning tashabbusi bilan siyosiy mutelikdan qutulish tomon qadam qo‘yildi. O‘sha davrda bunday harakat ulkan jasorat, “boshni kundaga qo‘yish” dek qahramonlik edi3.
Ta’kidlash joizki, Birinchi Prezedent Islom Karimovning respublika rahbari etib saylanishi mamlakatning juda og‘ir – ijtimoiy-iqtisodiy halokat yoqasiga kelib qolgan davriga to‘g‘ri keldi. Bu haqda L. Levitin shunday yozadi: “Islom Karimov hokimiyat boshqaruvini qo‘lga olgan paytda O‘zbekiston halokat yoqasiga kelib qolgan edi.Endi hech kim fojiali voqealar oqimini ortga qaytara olmaydiganga o‘xshardi.U hokimiyat tepasiga mamlakatni balo-qazolardan saqlab qoluvchi kishi sifatida keldi”4.
Birinchi Prezedent Islom Karimov o‘z rahbarlik faoliyatining dastlabki kunlaridan mamlakatda, millati va dinidan qat’i nazar, odamlar O‘zbekistonni o‘z Vatanim deb hisoblashlariga nafaqat da’vat etdi, balki buning uchun shart-sharoit yaratishga alohida e’tibor qaratdi.
O‘zbekistonning turli mintaqalarida vujudga kelgan etnik nizolar va ijtimoiy tanglik o‘choqlari shaxsan Prezident ishtirokida bartaraf etildi.Uning bosh-boshdoqlik jarayonlarida qo‘rqmasdan, tez, qat’iyat bilan dadil harakat qilgan va respublikada ijtimoiy-siyosiy vaziyatni izdan chiqarayotgan nosog‘lom kuchlar ta’siriga qisqa muddatda barham berishga muvaffaq bo‘lgan etakchi ekanligini nafaqat MDH mamlakatlari rahbarlari, balki chet el ekspertlari ham e’tirof etdilar.

Download 235.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling