Тошкент тў£имачилик ва енгил саноат институти
Milliy armiya va ichki ishlar tarkibi shakllanishi
Download 235.5 Kb.
|
2-МАВЗУ.МАЪРУЗА (1)
Milliy armiya va ichki ishlar tarkibi shakllanishi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov O‘zbekiston hali mustaqillikka erishmasdan burunroq milliy armiyani shakllantirish masalasiga muhim e’tibor bera boshlagan edi.Mustaqillik e’lon qilingan bo‘lsa-da, SSSR Mudofaa vazirligi va uning qurolli kuchlari saqlanib turgan bir paytda bunday kuchga qarshi tik borish og‘ir oqibatlarga olib kelishini yaxshi tushungan Prezidentimiz harbiy sohada ishni bosqichma-bosqich hal etish yo‘lidan bordi.1991 yil 6 sentyabrda e’lon qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligini tuzish to‘g‘risida” gi Prezident farmoni bu yo‘ldagi birinchi qadam bo‘ldi.Bu yangilikni “hazm qila olmagan” Kreml O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga tazyiq o‘tkazishga urinib ko‘rdi.
O‘sha vaqtda SSSR Mudofaa ishlari vazirligi va unga bo‘ysunuvchi Turkiston harbiy okrugi har qanday vaziyatda respublika Mudofaa ishlari vazirligini tan olmasligini ko‘rsatishga harakat qildi.Bu paytda Turkiston harbiy okrugi qo‘mondonlik tarkibining faqat ikki-uch foizigina o‘zbekistonlik bo‘lib, qolganlari chetdan kelgan edi.Shuning uchun ham yangi tashkil topgan, hali o‘z qo‘shini, o‘z qurolli kuchlari, o‘z harbiy texnikasi va qurol-aslahasiga ega bo‘lmagan respublika Mudofaa vazirligi Turkiston harbiy okrugi bilan o‘z munosabatlarini ehtiyotkorlik bilan olib borishi lozim edi.Prezident Mudofaa vazirini o‘z huzuriga chaqirib, respublikada osoyishtalikni saqlab qolgan holda, mudofaa qudratini oshirishning chuqur o‘ylangan yo‘lini ko‘rsatib beradi.Bu ishlarni ortiqcha hissiyotga berilmasdan, bosiqlik bilan amalga oshirish zarurligini uqtiradi.Mamlakatimiz daxlsizligini ta’minlash uchun birinchi galda quyidagi ishlarni bajarish vazifasini topshiradi: 1) Harbiy komissariatlarni respublika ixtiyoriga o‘tkazib, sobiq Ittifoq armiyasiga askar yuborishni to‘xtatish; 2) Ittifoqning turli hududlarida xizmat qilayotgan O‘zbekistonlik askar va zobitlarni respublikaga qaytarib olib kelish; 3) O‘zbekiston hududida joylashgan barcha harbiy garnizon va qismlarni respublika tasarrufiga o‘tkazish. Shundan so‘ng faqat o‘zbeklargina emas, o‘zlarini O‘zbekiston fuqarosi, O‘zbekistonni Vatanim deb bilgan turli millat vakillari bo‘lgan ofitser va praporshchiklar ham O‘zbekistonda xizmat qilish istagini bildira boshladi. Harbiy xizmatchilarning o‘z yurtiga qaytishi, bir qarashda oson ishdek tuyulishi mumkin, aslida ularning ijtimoiy himoyasi, uy-joy bilan ta’minlanishi kabi murakkab masalalarni ham hal qilish zarur edi. Ortga surib bo‘lmaydigan bu vazifa yuzasidan Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning aniq ko‘rsatmasi asosida harbiy xizmatchilar, ularning oilalarini ijtimoiy himoyalash huquqiy ta’minlanadi20. Ma’lumki, har bir davlatning mustaqilligi, xavfsizligi, chegaralari daxlsizligini, avvalo, uning armiyasi, Qurolli Kuchlari himoya qilishi zarur.Shu bois ham istiqlolning ilk yillaridanoq mamlakatimiz mudofaasini kuchaytirish masalasi davlatimiz siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilandi. Dastlab 1991 yil 25 oktyabrdagi qarorga binoan, uning huquqiy maqomi, tarkibiy tuzilishi va nizomlari tasdiqlandi.Shuningdek, Mudofaa ishlari vazirligi Bosh shtabi va boshqarmalari tuzildi.O‘sha vaqtdagi eng jiddiy muammo — armiyadagi kadrlar masalasi bo‘lib, harbiylar safida mahalliy kadrlar juda oz edi. Buni 1991 yilda mahalliy ofitserlar yurtimizdagi harbiy kadrlarning atigi 0,6 foizini tashkil etgani ham tasdiqlaydi.Ushbu masalani hal etish uchun Prezidentimiz g‘oyalari asosida yangi harbiy o‘quv mussasalari, Qurolli Kuchlar akademiyasi barpo etilib, ularda harbiy ishga salohiyati bor O‘zbekiston farzandlarini tayyorlashga kirishildi. 1992 yil 14 yanvar kuni mustaqil davlatimiz tarixida yana bir muhim voqea yuz berdi – mamlakatimiz hududidagi barcha harbiy tuzilmalarni O‘zbekiston tasarrufiga o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Prezidentimiz tashabbusi bilan e’lon qilingan ushbu hujjat tufayli mamlakatimiz xavfsizligiga tahdid solishi mumkin bo‘lgan va kelib chiqayotgan xavf-xatarlarni har tomonlama tahlil etish asosida armiyamizni isloh qilishning uzoq muddatli dasturi ishlab chiqilishiga yo‘l ochildi. 14 yanvar yurtimizda “Vatan himoyachilari kuni” deb e’lon qilindi. O‘tgan davr mobaynida hayotga tatbiq etilgan keng ko‘lamli islohotlar tufayli mamlakatimiz xavfsizligi va barqarorligini, sarhadlarimiz daxlsizligini ishonchli himoya qilishga qaratilgan har qanday tajovuz hamda g‘arazli urinishlarning oldini olishga qodir bo‘lgan ixcham, tezkor, zamonaviy qurol-yarog‘ va harbiy texnika bilan ta’minlangan, yuksak tayyorgarlikka ega milliy armiyamiz shakllantirildi. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining quyidagi harbiy okruglari tashkil topdi: 1. Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati); 2. Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug (Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari); 3. Markaziy harbiy okrug (Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari); 4. Toshkent harbiy okrugi (Toshkent shahri va Toshkent viloyati); 5. Sharqiy harbiy okrug (Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari). O‘tgan asrning saksoninchi yillari ohirida O‘zbekistonga sobiq Ittifoqning turli mintaqalaridan yuborilgan kadrlar kelib, turli nufuzli lavozimlarni egalladi. Ammo ularning aksariyati respublika ahliga hamdard bo‘lish u yoqda tursin, balki partiya, sovet va huquqni muhofaza etish organlarida o‘zlarining rahbar lavozimlariga tayinlanishlarini o‘zboshimchalik qilish uchun berilgan yorliq deb bildilar. O‘zbek shoiri Muqimiyning (1850-1903) “Tanobchilar” hajviyasidagi tanobchilar xalqqa qarata “O‘t qo‘yubon kuydiradugon o‘zim, Hokimingu o‘lduradurgon o‘zim” degan so‘zlarini aynan yangi davr “tanobchilari” ham takrorlab qolishgan edilar. Xalqning juda boy tarixi va madaniyatini, o‘lkaning o‘ziga xos noyob xususiyatlarini bilmagan va bilishni ham istamagan bu odamlar respublika hayotini bosib-yanchib, qing‘ir o‘zanga solishga kirishdilar.Prezidentning bevosita ko‘rsatmasi bilan respublika IIV ning mas’ul lavozimlariga malakali mahalliy kadrlar qo‘yildi.Tizim rahbarligi xalq taqdiriga befarq bo‘lmagan, uning orzu-armonlari bilan yashaydigan kishilar qo‘liga o‘tgach, ishda jiddiy ijobiy o‘zgarishlar yuzaga keldi. Uyushgan jinoyatchilik, bosqinchilik, avtomashinalarni olib qochish singari o‘nlab jinoyatlarning payi qirqildi.Sobiq Ittifoqda avj olgan avtomashina o‘g‘irligini oladigan bo‘lsak, agar 1990–1991 yillarda bir kunda o‘rtacha 154 ta jinoyat rasmiy ro‘yxatga olingan bo‘lsa (ro‘yxatga tushmagan jinoyatlarning esa sanog‘i yo‘q edi!), ayni masalada Prezidentimiz ko‘rsatgan qat’iyat tufayli 1992 yilga kelib bir yilning ichida bunday bemazagarchiliklarga chek qo‘yildi.Ikki yil ichida 6 mingga yaqin jinoyatchi guruhlar, shu jumladan 500 uyushgan jinoyatchilik guruhi fosh etildi21. 1990 yil 31 oktyabrida Prezident imzolagan “Militsiya xodimlarini ijtimoiy va huquqiy jihatdan himoya qilishni kuchaytirish to‘g‘risida” gi O‘zbekiston SSRning qonuni, Vazirlar Mahkamasining 1991 yil 25 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining IIV to‘g‘risida” gi 270-sonli qarori bu tadbirlarning huquqiy asosi bo‘lib xizmat qildi.Mazkur hujjatlarning qabul qilinishi bilan IIV faoliyatiga doir eng muhim masalalar o‘z echimini topdi.Ularda ichki ishlar xodimlarining asosiy vazifalari, huquq va burchlari aniq ko‘rsatib berildi, ularning iqtisodiy va ijtimoiy muammolarini hal etish choralari belgilandi.Har bir mansabdor shaxsning huquq va mas’uliyati alohida ko‘rsatilib, vazirlikning yangi strukturasi tasdiqlandi.Eng muhimi – bu tizim faoliyatini moliyalash, xodimlarga unvonlar berish va lavozimlarga tayinlash respublika ixtiyoriga olindi.Shu tariqa yurtimiz ichki ishlar tizimi o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritdi. 1984-1989 yillarda “O‘zbekistonda sotsialistik qonunchilikni tiklash” shiori ostida respublika barcha huquq-tartibot idoralariga Markazdan minglab odamlar jo‘natilgan.Bu idoralar orasida shaxsiy tarkibi, harakatlanish hududi va ta’sir kuchi nuqtai nazaridan eng yirigi hisoblangan O‘zbekiston SSR IIV ga sobiq Sovetlar mamlakatidan 150 ta xodim keldi.Yillar bo‘yicha qaraydigan bo‘lsak, 1984 yilda 5 ta, 1985 yilda 33 ta, 1986 yilda 86 ta, 1987 yilda 27 ta, 1988 yilda 2 ta, 1989 yilda 3 ta “osoyishtalik posboni”, birovdan so‘rab-so‘ramay, O‘zbekistonga “tashrif buyurgan”. Bu “kutilmagan mehmonlar” ning asosiy maqsadi – sotsialistik mulkni himoya qilish va sotsialistik qonunchilikni ta’minlash emas, balki o‘zbek xalqini tahqirlash evaziga xizmat pillapoyalaridan ko‘tarilish edi22. O‘zbekiston SSR IIV tarkibida ishlagan shovinistik kayfiyatdagi bu kimsalar o‘zlari kabi prokuratura va sud tizimiga tushirilgan “desantchi” lar bilan til biriktirib, siyosat yuritishgan.Gdlyan va Ivanov boshchiligidagi “desant” amalga oshirgan qonli tergovlar qancha-qancha insonlar, butun-butun oilalar boshiga cheksiz xo‘rlik, kulfatlar keltirdi. 1991-yil 19-21 avgustida Moskvada davlat to‘ntarishi qilishga urinib ko‘rildi.Ularning maqsadlari Ittifoq hududida yashovchi barcha xalqlarning mustaqillikni qo‘lga kiritishlariga, o‘z taqdirlarini o‘zlari hal qilishlariga yo‘l qo‘ymaslik edi. Shuni ham aytish kerakki, to‘ntarishni uyushtirgan kishilar mamlakatda yuz bergan boshboshdoqlik va parokandalik cho'qqisiga chiqqan bir paytdan foydalanib qolmoqchi bo‘lishdi.Ammo qayta qurish yillarida ko‘zi ochilgan xalqni endi eski tuzum doirasiga kiritishga, unga eskicha buyruqbozlik qilishga urinish behuda edi.Butun mamlakat uchun fojiali bo‘lgni o‘sha kunlarda O‘zbekiston rahbariyati korxona va xo‘jaliklarning rahbarlari xalq saylagan deputatlar, barcha sofdil kishilar, xalqni sabr-toqat va osoyishtalikka da’vat qildilar.Ular barqaror ijtimoiy-siyosiy vaziyatni saqlash, jumhuriyat hududida favqulodda holat joriy etilishiga yo‘l qo‘ymaslik, Konstitutsiyaga qarshi davlat to'ntarishini qo'llab-quwatlash yo'lidagi ig'vogarona harakatlarga uchmaslik uchun o‘zlarining butun imkoniyatlaridan foydalandilar.Faollar bilan uchrashuvlarda, O‘zbekistonning davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi Deklaratsiya va konstitutsion tuzum qoidalariga rioya qilinajagi aytildi. Xalqqa markazdan har qanday ko'rsatmalar, turli va’dalar berilishi, dag‘dag‘alar qilinishiga qaramay, respublika o‘z siyosiy yo‘lidan qaytmasligi aytildi. O‘zbekiston Birinchi Prezidenti I.A.Karimov Hindiston safaridan qaytgani hamonoq — 19-avgust kuni kechqurun respublika rahbarlari va Toshkent shahri faollari bilan uchrashib, qat’iy tarzda O‘zbekiston nuqtayi nazarini ma’lum qildi.Respublika rahbariyati: “Markazdan, kim bo‘lishidan qat’i nazar, qonunga xilof ko‘rsatmalarini bajarish mumkin emas”, — deb hisobladi.20-avgustda O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi Rayosati, O‘zbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri rahbarlari ishtirokida qo‘shma majlis boldi.Unda O‘zbekistonning mustaqillikka erishish yo‘li o‘zgarmasligi haqida Bayonot qabul qilindi Shu kuni O‘zbekiston Birinchi Prezidenti I.A.Karimov respublika aholisiga murojaat bilan chiqdi.Ushbu murojaatda O‘zbekislonning o‘z mustaqilligiga erishish yo‘li qat'iy ekanligini yana bir bor alohida uqtirildi.Jumladan, unda “O‘zbekiston jumhuriyati, uning rahbariyati qayta qurish davrida ham hech qachon birovning gapiga kirib ish tutgan emas.Markazdan, boshqa ba'zi bir jumhuriyatlardan qanday qarorlar chiqmasin, va'dalar berilmasin, har qanday chaqiriqlar, da'vatlar, yo‘l-yo‘riq ko’rsatishga barakatlar bo‘lmasin, biz o‘zimiz tanlagan yo‘limizdan va belgilab olgan maqsadimizdan qaytganimiz yo‘q.Bu yo‘l bizning xalqimiz tarixiga, urf-odatlariga, tabiatimiz shart-sharoitlariga, xullas, xalqimiz manfaatlariga mos yo‘ldir”, — deb qat'iy ta'kidlandi.Shuningdek, turli ijtimoiy-siyosiy guruhlar o‘rtasidagi ixtiloflarni hal etish uchun kuch ishlatish, eng avvalo, harbiy kuch ishlatish ochiq-oydin qoralandi. O‘zbekiston Prezidentining Farmoni bilan Favqulodda Holat Davlat Komitetining g’ayri konstitutsiyaviy, huquqqa qarshi qarorlari va boshqa ko‘rsatmalari noqonuniy deb e’lon qilindi. Ana shunday sharoitda, ya’ni markaz va respublikalar o‘rtasidagi munosabatlar tobora taranglashib, markaz boshqaruv qobiliyatini yo‘qotgan, har bir mintaqa, har bir respublika o‘z holiga tashlab qo‘yilgan bir sharoitda tarixiy vaziyatni to‘g‘ri baholay bilish qobiliyatiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov Oliy Kengash sessiyasini chaqirish va unda O‘zbekiston mustaqilligi haqida Qonun qabul qilish masalasini keskin qo‘ydi.Chunki har bir milliy respublikaning chinakam teng huquqliligi va mustaqilligi ta’minlangandagina tanazzuldan chiqish mumkin edi.Buning uchun mustaqillik yo'lidagi barcha to‘siqlar olib tashlanishi, har bir respublika so‘zda emas, balki amalda tenglar orasida teng bo'lishi lozim edi. Ayni shu maqsadlarni ko‘zlab, O‘zbekiston Oliy Kengashining XII chaqiriq navbatdan tashqari sessiyasi 1991-yil 31-avgustda o‘z ishini boshladi.O‘zbekistonning mustaqil davlal deb e’lon qilinishida mazkur sessiya katta tarixiy ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidlash lozim.Unda “O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida” gi hamda “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i to‘g‘risida” gi masalalar kun tartibiga qo‘yilib, qizg’in muhokama qilindi. O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida Birinchi Prezident I.A.Karimov ma’ruzasi tinglandi.U o‘z nutqida 1991 yil o‘rtalarida markaziy hukumat olib borayotgan ichki siyosatni tahlil qildi.19-21 avgust kunlari Moskvada Favqulodda Holat Davlat Komiteti a’zolarining fuqarolar boshiga azob uqubatlar solishga intilishganini, butun-butun xalqlarning ozodligini, respublikalar mustaqilligini yana kishanlamoqchi bo‘lganliklarini ro‘yirost ochib tashladi.Alg‘ov-dalg‘ovli kunlarda ham O‘zbekistonning o‘z yo‘li va maqsadi borligini, bu xalq manfaatiga mos yo‘l ekanligini, qanday qilib bo‘lmasin, undan qaytmaslik lozimligini aytdi.Shuningdek, ma’ruza da mustaqil davlatlar maqomiga to‘xtalib: “Bo‘lajak Mustaqil davlatlar... erkin, mustaqil va teng huquqli bo‘lib qolishlari, o‘zlarining milliy davlat tuzish, tashqi bozorga chiqish, o‘zi ma’qul topgan barcha mamlakatlar bilan xalqaro munosabat o‘rnatish, diplomatik va konsullik aloqalari masalalarini mustaqil hal etishlari kerak.Yana ta’kidlah aytaman, hu hech kimning buyrug‘isiz va aralashuvisiz mustaqil amalga oshirilishi kerak.Mana shu sharoitga, sabablarga asoslanib, xalqimiz xohish-irodasini bajo keltirib, Oliy Kengash diqqatiga faqat bir masalani qo‘ymoqchiman: O‘zbekistonning mustaqilligi haqidagi Qonunni muhokama etisb va uni qabul qilishni taklif etaman.Bu qonunda qadimiy va yangilanayotgan diyorimizda istiqomat qilayotgan barcha kishilarning xohish-irodasi o‘z ifodasini topgan.Xalqimizning bu ezgu xohish-irodasi biz uchun muqaddasdir”,— degan fikr bildirildi. Oliy Kengash deputatlari moddama-modda muhokamadan so‘ng “O‘zbekiston Respublikasining Daviat Mustaqilligi to‘g‘risida” gi qonunni qabul qildilar.So‘ngra Respublika Davlat Mustaqilligi to‘g‘risidagi Bayonot qabul qilindi.O‘zbekiston SSR ning nomi O‘zbekiston Respublikasi deb o‘zgartirildi.Mustaqillik e’lon qilingan kun 1-sentabr 1991-yildan boshlab milliy bayram va dam olish kuni, deb e’lon qilindi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi haqidagi bu hujjatlar o‘zbek xalqining asriy orzusi ro‘yobga chiqqanligining huquqiy ifodasi bo‘ldi. “O‘zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligi asoslari to‘g‘risida” gi qonun g‘oyat katta ahamiyatga ega bo‘lganligi uchun bu muhim hujjat haqida batafsil to‘xtash lozim.Mazkur qonun asosida O‘zbekistonning huquqiy holati tubdan o'zgardi.O‘z mohiyatiga ko'ra bu hujjat respublika uchun vaqtincha konstitutsiya rolini ham o‘ynaydigan bo‘ldi.17 moddadan iborat bu qonun suveren O‘zbekiston Respublikasining asosiy belgilarini aniqlab berdi. 1-moddada O‘zbekiston Respublikasi o‘z tarkibidagi Qoraqalpog’iston Respublikasi bilan birga mustaqil demokratik davlat, deb e’lon qilinadi. 2-moddada O‘zbekiston Respublikasining xalqi suveren ekanligi va u respublika davlat hokimiyatining birdan-bir sohibi ekanligi haqida gapiriladi. 3- moddada O‘zbekiston Respublikasi to‘la davlat hokimiyatiga ega, o‘zining milliy davlat va ma’muriy-hududiy tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv idoralari tizimini mustaqil belgilash qonunlashtirildi. 5-moddada O‘zbekiston Respuhlikasida Konstitutsiya, uning qonunlari ustun ekanligi va davlat idoralarining tizimi, hokimiyatni qonun chiqaruvchi, ijroiya va sud hokimiyatiga ajratish tartibi asosida ko‘rilganligi haqida gapirildi. 8-12- 14-moddalar O‘zbekiston mustaqilligining iqtisodiy asoslarini izohlab berdi. 13-14-moddalarda O‘zbekistonning tashqi siyosiy aloqalaridagi mustaqilligi sharhlandi. 15-moddada O‘zbekiston Respublikasi hududida inson huquqlari umumiy deklaratsiyasiga muvofiq holda respublika fuqaroligi joriy etilishi, u fuqarolar millati, elati, ijtimoiy kelib chiqishi, qaysi dinga mansubligidan qatiy nazar, bir xil huquqlarga egaligi va ular respublika Konstitutsiyasi va qonunlari himoyasida bo‘lishlari qonunlashtirilgan. 16- moddada davlat ramzi bo‘lgan gerb, bayroq va madhiya hamda davlat tili haqida gapirilsa, 17-moddada esa O‘zbekistonning Qoraqalpog’iston bilan munosabatlari xususida so‘z borib, O‘zbekiston Qoraqalpog’istonning hududiy yaxlitligini tan olishi haqida fikr yuritiladi, u O‘zbekiston tarkibida ekanligi e’tirof etiladi (bu moddada O‘zbekiston va Qoraqalpog’iston o‘zaro munosabatlari ikki tomonlama tenglik asosida tarkib topishi kerakligi qonunlashtiriigan).Shuningdek, bu moddada Qoraqalpog’iston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi tarkibidan tegishli qonunlar asosida chiqib ketishi mumkinligi ham e’tirof etilgan. Bunday Qonunning qabul qilinishi mustaqillik davrida qo‘lga kiritilgan yutuqlarning natijasi hisoblanadi.Bu esa huquqiy, iqtisodiy hamda ma’naviy-axloqiy munosabatlar natijasi sifatida muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun ham, ushbu Qonunga O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining 1991 yil 30 sentyabr qarori bilan Konstitutsiyaviy maqom berildi.Jumladan, unda shunday deyiladi: 1.“O‘zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligi asoslari to‘g‘risida” 1991 yil 31 avgustida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga konstitutsiyaviy maqom berilsin. 2.O‘zbekiston Respublikasi amaldagi Konstitutsiya moddalari “O‘zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligi asoslari to‘g‘risida” gi Qonunning qoidalariga zid kelgan hollarda mazkur Qonunga amal qilinsin. 3.Konstitutsiya komissiyasi tayyorlanayotgan “Respublika Konstitutsiyasining Davlat Mustaqilligi asoslari to‘g‘risida” gi Qonunning qoidalariga amal qilinsin. Shu tariqa qonun tarzida huquqiy jihatdan rasmiylashtirilgan O‘zbekiston mustaqilligi barchaning dilini quvonchlarga to‘ldirdi.Toshkentdagi Podyomnik ishlab chiqarish birlashmasining ishchisi, 21-saylov okrugidan O‘zbekiston xalq deputati Botir Qosimov sessiya yakunida so‘zga chiqib, shunday dedi: “Yashirmayman, mustaqillik haqida gap-so‘z ko‘p ediku, lekin ishning amaliy qismiga kelganda siljish yo‘q edi.Nihoyat respublikamiz Oliy davlat hokimiyati juda muhim qonun, davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi hujjatni qahul qildi.Endi mana shu har birimizga quvonch va iftixor tuyg’ularini olib kelgan qarorni amalda quvvatlashimiz zarur”. Shu tariqa xalqimizning uzoq yillar kurashib, intilib qo‘lga kiritgan mustaqillik erki qonun bilan mustahkamlab qo‘yildi. Xulosa chiqarib shuni aytish lozimki, o‘rganilayotgan davr g‘oyat suronli, tahlikali va ayni paytda mustaqillikka intilayotgan yurtimiz uchun buyuk o‘zgarishlar debochasi davri ediki, bu tarix Birinchi Prezident Islom Karimov yaratgan “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” nomli kitobida23 o‘zining yorqin ifodasini topgan. Kitobda yurtimizdagi g‘oyat qaltis va nosog‘lom vaziyat, ozgina uchqun chiqsa butun respublika lovvullab yonib ketadigan, to‘g‘ri yo‘lni topish g‘oyat murakkab va xatarli bo‘lgan bir sharoitda inqirozdan chiqish, O‘zbekistonning taqdiri va kelajagini hal etadigan eng muhim masalalar bo‘yicha ulkan donishmandlik va jasorat bilan bayon etilgan konseptual yondashuvlar, amaliy fikr-mulohazalar, xulosa va takliflarga alohida e’tibor qaratilganki, ular nafaqat kelajak avlodga yaqin o‘tmishimizni xolis o‘rgatish, ayni paytda, ularni hayot sinovlariga chidamli, mustahkam irodali, o‘z yurti va xalqi manfaatlarini himoya qilish yo‘lida har qanday sinovlarga tayyor bo‘lgan yuksak vatanparvar insonlar etib tarbiyalashda beqiyos ahamiyat kasb etadi. Download 235.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling