Тошкент тў£имачилик ва енгил саноат институти
Mustaqillik arafasida O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli
Download 235.5 Kb.
|
2-МАВЗУ.МАЪРУЗА (1)
Mustaqillik arafasida O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli. Mustaqillikka qadar davlatimiz rahbari eng avval O‘zbekistonning hayotiga xalaqit berayotgan xato va kamchiliklarni aniqlab olishga e’tibor qaratdi.Kriminogen vaziyatni keskinlashtirishga sabab bo‘layotgan ijtimoiy-iqtisodiy ahvolni tuzatish yo‘lida amaliy harakat dasturini ishlab chiqish vazifasini kun tartibiga qo‘ydi.Chunki O‘zbekiston barcha asosiy ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha sobiq Ittifoqdagi o‘rtacha darajadan ancha orqada bo‘lib, oxirgi o‘rinlardan birini egallar edi.
Markaz bosim o‘tkazayotgan tahlikali sharoitda o‘sha davrning og‘ir va ayanchli ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy manzarasiga to‘g‘ri va xolis baho bergan inson Birinchi Prezedent Islom Karimov bo‘ldi.Suu o‘rinda Prezidentning 1990 yil 4 iyunda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Kompartiyasining XXII s’ezdida so‘zlagan nutqidan parcha keltirish maqsadga muvofiq. “Shu narsa shak-shubhasiz va ochiq-oydindirki, – deydi Birinchi Prezedent Islom Karimov, – respublika barcha asosiy iqtisodiy va ijtimoiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha Ittifoqdagi o‘rtacha darajadan ham ancha orqada bo‘lib, mamlakatda oxirgi o‘rinlardan birida turibdi.Biz bu raqamlarni ilgari ham necha martalab aytganmiz, ammo bugun ularni yana bir bor idrok etmoq kerak.O‘zbekiston har kishi boshiga yalpi ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha mamlakatda 12-o‘rinda turibdi, aholi jon boshiga milliy daromad ishlab chiqarish bo‘yicha ko‘rsatkich esa Ittifoqdagi o‘rtacha darajadan ikki hissa past. Sanoatdagi mehnat unumdorligi jihatidan respublika mamlakatdan 40 foiz, qishloq xo‘jaligidagi mehnat unumdorligi jihatidan esa ikki barobar orqada qolmoqda. Respublikada aholi jon boshiga xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish o‘rtacha Ittifoq darajasining atigi 40 foizini tashkil etadi.Biz daromad darajasi, asosiy turdagi mahsulotlarni iste’mol qilish jihatidan ittifoqdosh respublikalar orasida eng oxirgi o‘rinlardan birida turibmiz. O‘zbekiston aholisi o‘rta hisobda go‘sht mahsulotlarini, sut va sut mahsulotlarini, tuxumni, umuman, mamlakat aholisiga nisbatan ikki barobar kam iste’mol qilmoqda. Oyiga o‘rta hisobda 75 so‘mdan kamroq yalpi daromad oladigan aholining ulushi SSSRda 12 foizdan sal ko‘proq bo‘lsa, bizning respublikamizda 45 foizga boradi. Bir millionga yaqin kishi ijtimoiy ishlab chiqarishda o‘zining qo‘lidan keladigan ishni topa olmayapti. Ijtimoiy infrastruktura tarmoqlari: sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi, maktabgacha ta’lim muassasalari juda og‘ir ahvolga tushib qolgan.Maktab va kasalxonalarning 60 foizi nobop binolarda joylashtirilganini aytishning o‘zi kifoya. Juda o‘tkir iqtisodiy va ijtimoiy muammolar ro‘yxatini yana davom ettirish mumkin.Buni, avvalo, shundan ko‘rsa bo‘ladiki, insonning har tomonlama uyg‘un kamol topishi, uning shaxs sifatida ma’naviy rivojlanishi u yoqda tursin, ko‘pincha yashash uchun kerak bo‘lgan eng oddiy narsalar ham etishmayapti. Qishloq xo‘jaligining ekstensiv rivojlanishi natijasida ko‘plab suv omborlarining qurilishi, umuman, suv isrofgarchiligi tufayli Amudaryo, Sirdaryo va Zarafshon daryolaridan Orol dengiziga quyiladigan suv nihoyatda kamayib ketdi.Oqibatda dengiz 1960 yildagi holatiga nisbatan 1990 yilda 14,5 metrga pasaydi, suvining hajmi 54 foizga qisqardi5. Suv qirg‘oqdan 70–100 km.ga chekingan joylarda bo‘ronlar natijasida yiliga 50–70 ming tonnagacha tuz atmosferaga ko‘tarilgani kuzatilgan6. Orol bo‘yida ekologik ahvolning yomonlashuvi, jumladan, aholining ichimlik suvi bilan ta’minlashning yomonlashuvi, suvdagi minerallashuvning oshishi natijasida qishloq aholisining 87 foizi har xil kasalliklarga chalingani aniqlangan.Masalan, Qoraqalpog‘istonda ich terlama yuqumli kasalligi bilan og‘riganlar sobiq Ittifoq darajasidan 23 barobar ko‘p bo‘lgan7ligi mustabid tuzum boshqaruvning ma’muriy buyruqbozlik usullari avjiga chiqqan shafqatsiz tus olganligi natijasidir. Inson taqdiri, uning hayotiga dahldor bo‘lgan, uning munosib turmush sharoitiga ega bo‘lish bilan bog‘liq talablar aynan O‘zbekiston Birinchi Prezedenti Islom Karimovning rahbarlik faoliyatining ilk kunlaridan qat’iy qo‘yildi. Download 235.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling