Тошкент тў£имачилик ва енгил саноат институти


Download 0.86 Mb.
bet1/3
Sana23.01.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1111437
  1   2   3
Bog'liq
18-10-2022 tarix



O’ZEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI


SANOAT TEXNOLOGIYALARI FAKULTETI

OZIQ OVQAT TEXNOLOGIYASI YUNALISHI


332-22 GURUH TALABASI
ORZIKULOVA DILRABONING
O’ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI FANIDA
QAYTA O’ZLASHTIRISH UCHUN YOZGAN


MUSTAQIL ISHI


Jizzax -2023
Mavzu. Mustaqillik yillarida O‘zbekistondagi ma’naviy va madaniy
taraqqiyot.


Reja:

1. Mustaqillik yillarida ma’naviy va ma’rifiy hayot.Milliy istiqlol g‘oyasi va mafkuraviy masalalar.Milliy urf-odatlar, qadriyatlar va an’analarning qayta tiklanishi.


2. Mustaqillik yillarida buyuk ajdodlar va tarixiy shaxslarga bo‘lgan e’tibor.O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning ajdodlar merosi va milliy qadriyatlarni tiklash borasidagi xizmati.Tarixiy shaharlar (Buxoro, Samarqand, Marg‘ilon, Qarshi, Toshkent, Xiva, Shahrisabz) yubileylarining xalqaro miqyosda keng nishonlanishi.Toshkent shahrining “Islom madaniyati poytaxti” deb e’lon qilinishi va uning ahamiyati.



3. Madaniyat va san’at sohasining rivojlanishi.Xalqaro ko‘rik-tanlovlarning o‘tkazilishi.Milliy sport turlarining rivojlantirilishi.Beshta tashabbus va uning yuksak ma’naviy madaniyatni ta’minlashdagi o‘rni.



4. O‘zbekistonda millatlararo va dinlararo munosabatlardagi barqarorlikni ta’minlash borasidagi davlat siyosati.Millatlararo munosabatlar sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasi.




Tayanch tushunchalar





Ma’naviy va madaniy taraqqiyot, milliy istiqlol g‘oyasi, milliy urf-odatlar, qadriyatlar, an’analar, buyuk ajdodlar, tarixiy shaxslar, tarixiy shaharlar- Buxoro, Samarqand, Marg‘ilon, Qarshi, Toshkent, Xiva, Shahrisabz.Toshkent shahri “Islom madaniyati poytaxti”, xalqaro ko‘rik-tanlovlar, milliy sport turlari, beshta tashabbus, millatlararo va dinlararo munosabatlar, millatlararo munosabatlar sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasi.



1991-yil oxiriga kelib, Ittifoq tarqalib ketganligi, respublikamizning mustaqil suveren davlat maqomiga ega bo‘lganligi tufayli jamiyatda yuz bergan demokratik jarayonlarga va hurfikrlilikka intilish xalqning milliy ongi muttasil oshib borishiga zamin yaratdi.Shu bilan birga mavjud hodisalarga yangicha tafakkur bilan qarashni taqozo qildi.Jumladan, butunlay yangi tarixiy sharoitlarda butunlay yangicha qarashlarni, munosabatlarni qaror toptirish zarur edi.Chunki O‘zbekiston, o‘z kelajagini “yangilangan” federatsiya tarkibida emas, balki mustaqil milliy davlatchilik qaror topgandagina o‘zining to‘la siyosiy suvereniteti va iqtisodiy mustaqilligiga erishgandagina belgilashi mumkinligini ancha oldin tushungan va bu borada o‘zining qat’iy qaroriga kelgan edi.Binobarin, xalqni yangi yo‘ldan boshlab borish, uning qarashlari va orzu-maqsadlarini bir yo‘nalishga burib, kuchlarni uyg‘unlashtirish uchun yagona g‘oyaviy qurol zarur edi.O‘zbekiston boshqa ittifoqdosh respublikalar ichida birinchilardan bo‘lib o‘zini mustaqil respublika deb e’lon qilgan edi.Bu, albatta, O‘zbekiston uchun buyuk tarixiy voqea, milliy mafkura shakllanishida yangi davrning boshlanishi edi.Bu hol tabiiy ravishda kishilarning siyosiy ongi oshishiga olib keldi.Odamlar jamiyatda yuz berayotgan o‘zgarishlar shiddati oldida birmuncha gangib qolishdi.Turli safsatalar, xatti-harakatlar, “g‘oyaviy” kurashlar, “xonaki” va ajnabiy siyosatdonlar ko‘payib ketdi.Bir maromdagi turmush va bir qolipdagi fikrlash tarzi buzilib, sarosimalik, to‘qnashuvlar va parokandalik kayfiyatlari kuchaya bordi.Ana shunday paytda umumxalq va umumdavlat manfaatiga mos keladigan eng maqbul yo‘lni tanlash, buning uchun esa mafkuraviy yakkahokimlikka barham bergan holda aholining barcha tabaqalari qatlamlarini, talab-ehtiyojlarini ma’naviy-ruhiy chanqoqligini qondira oladigan yetuk va barkamol g‘oyani yaratish zarur edi.


Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov 1991-yil 14 sentabrda shunday fikrni bayon qildi: “Biz madaniy inqilobning g’alabasi haqida gapirmoqdamiz.Madaniyat va san’at esa hozir og‘ir tanglikka duchor bo‘lgan.Bu mafkuraviy zulmning oqibatidir.Partiya shu yillar mobaynida “sotsializmning asoslarini bunyod etish, “keng ko‘lamda kommunizm”, “rivojlangan sotsializm” qurish bilan mashg‘ul bo‘lib ketaverdi.Har xil “izm” lar, orzu-havaslar, maqsadlar haqida gapirar ekanmiz, nihoyat shuni uqib olishimiz kerakki, bu yorug’ dunyoda insonning hayotidan ko‘ra qadrli boshqa hech narsa yo‘q.Uning ahvoli yomon edi, hozir ham o‘zgargan emas”.Prezident o‘z fikrini davom ettirib “Kommunistik partiya bosib o‘tgan yo‘lni tahlil etish va unga baho berishdan maqsadimiz shuki, har bir kishi endi nihoyat ko‘zni katta ochib, turmushga razm solsin.Mafkuraviy aqidalardan voz kechsin, haqiqatga ro‘yirost qarasin”, degan edi.
Shu bois respublikada mafkuraviy aqidalarga va bir qolipdagi safsatabozlikka bo‘ysunadigan, inson, xalq, jamiyat manfaatlariga putur yetkazayotgan siyosiy, mafkuraviy va davlat tuzilmalaridan dadil voz kechila boshlandi.Ijtimoiy adolatni, xavfsizlik, ijtimoiy muhofazani, millati, dini va e’tiqodidan qat’i nazar, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilishni ta’minlashga kafolot berish talabi muhim ahamiyat kasb eta boshladi.Demokratiyaning asosiy xususiyatiga — adolat va qonunning ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan choralar ko‘rildi.
Bu borada 1992-yil 1 sentyabr arafasida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning “O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li” deb atalgan kitobining nashrdan chiqishi kata voqea bo‘ldi.U mamlakat ma’naviy va siyosiy hayotida muhim qo‘llanma sifatida kutib olindi.To‘g‘ri, shu vaqtga qadar
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov bu tamoyillarni ishlab chiqishda xalq dunyoqarashi, yashash tarzi, jamiyatda bo‘layotgan voqea-hodisalarga munosabati, qolaversa uning ma’naviy — ruhiy omillariga asoslangan.Chunki, Sharqda azaldan ma’naviyatga tayanib yashash, komillikka intilish, har tomonlama barkamollik oliy qadriyat darajasiga ko‘tarilgan.Odamlarning millati, irqi, ijtimoiy kelib chiqishi va diniy e’tiqodidan qat’i nazar, yagona o‘lchov— insonni insonligi uchun ulug’lash, inson degan muqaddas nomga munosib bo‘lish bosh mezon qilib olingan.
Har qanday jamiyat taraqqiyoti xalq dunyoqarashini hisobga olmasa, taraqqiyot asoslari uning ma’naviy qadriyatlariga, moddiy manfaatlariga mos kelmasa bunday jamiyat tanazzulga uchrashi tabiiy.Shuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov o‘z mamlakati istiqboli haqida fikr yuritar ekan, “Mustaqil O‘zbekistonning kuch-qudrat manbayi xalqimizning umuminsoniy qadriyatlarga sodiqligidadir. Xalqimiz adolat, tenglik, ahil qo‘shnichilik va insonparvarlikning nozik kurtaklarini asrlar bo‘yi avaylab-asrab kelmoqda.O‘zbekistonni yangilashning oliy maqsadi ana shu an’analami qayta tiklash, ularga yangi mazmun bag‘ishlash, zaminimizda tinchlik va demokratiya, farovonlik, madaniyat, vijdon erkinligi va har bir kishini kamol toptirishga erishish uchun zarur bo‘lgan shart-sharoit yaratishdir”, degan edi. Bu fikrdan anglashiladiki, Prezident mamlakat kuch-qudratini xalqning ma’naviy kamolotida ko‘radi.Shuning uchun ham u jamiki insoniy fazilatlarni takomillashtirish uchun zarur sharoit yaratishni asosiy vazifa qilib qo‘yadi.Bu bir tomondan mustaqillik sharoitida endigina shakllanayotgan davlat siyosatining nechog’li insonparvarligini ko‘rsatsa, ikkinchi tomondan davlat rahbarining siyosiy-madaniy salohiyatining nechog’li yuksakligini, xalq ma’naviy-ruhiy ehtiyojlarini naqadar chuqur o‘rganganligini ko‘rsatadi.Shu bilan birga esa, bu xalq va hokimiyat intilishlarining mushtarakligidan dalolat beradi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti
Bugungi kunda ushbu kitob jahonning ko‘p mamlakatlarida nashr etildi, o‘nlab tillarga tarjima qilindi.Uni dunyo xalqlari o‘rganayotganligi asarning ilmiy qiymati naqadar yuksakligini ham nazariy, ham amaliy xulosalari qator mamlakatlar ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotda yangi yo‘nalish yuz berayotganini ko‘rsatadi.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling