Тошкент тў£имачилик ва енгил саноат институти
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov kitobi arab tilida
Download 0.86 Mb.
|
18-10-2022 tarix
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov kitobi arab tilida
1996-yilning 8 aprelida Saudiya Arabistoni Podshohligi poytaxti Arriyod shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Karimovning “O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida” kitobi arabcha nashri taqdimnomasi ham ana shu qiziqish va xayrixohlikning amaliy samarasi bo‘ldi. Ushbu taqdimnoma ikki jihati bilan alohida diqqatga sazovordir.Ma’lumki, Birinchi Prezident Islom Karimovning qator kitoblari ingliz, fransuz, koreys, rus va boshqa xorijiy tillarga tarjima qilinib mustaqil O‘zbekistonni, uning iqtisodiy imkoniyatlarini keng dunyoga tanitish uchun xizmat qilmoqda. Lekin qariyb 250 million aholiga ega arab dunyosi mamlakatimizda oxirgi yillarda amalga oshirilayotgan ulkan o‘zgarishlar haqida bevosita ilk manbalardan axborot olish imkoniyatiga to‘la ega bo‘lmagan edi.Bu esa, arab ishbilarmonlarining mamlakatimiz haqida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lishiga qaratilgan tabiiy intilishi yo‘lida g’ov bo‘lib kelayotgan edi. Xullas, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov bir qator asarlarida ilgari surilgan qoida va qarashlari bilan dastlabki yillarda ma’naviy hayotda yuz bergan mafkuraviy bo‘shliqni to‘ldirdi, milliy istiqlol mafkurasining nazariy zaminini yaratdi.Qolaversa, jahon miqyosida mustaqillik harakati nazariyasi va amnliyotiga munosib hissa qo‘shdi.Shu bois ham, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov mustaqillik yillarida nafaqat O‘zbekistonda, balki jahonda yirik siyosatchi, katta davlat arbobi, hozirgi zamonda jahon ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotida jamiyatni tubdan isloh qilishning tashabbuskori va tashkilolchisi sifatida tanildi. Demak, o‘zbek xalqi bugun o‘z Birinchi Prezidenti I.A.Karimov siymosida jahonga dono siyosatdonlar yetkazib beruvchi, xalqlar ozodligi uchun tolmas kurashuvchi yurtboshi tarbiyalab yetkazuvchi, aql-zakovat egasi, ayni chog’da bag’ri keng, mehmondo‘st, mehnatkash xatq sifatida tanilmoqda.Bunday xalqni o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘lidan qaytarib bo‘lmaydi. O‘zbekiston mustaqil taraqqiyotga qadam qo‘yganidan buyon o‘tgan yillar davomida ma’naviy sohada yuz bergan o‘zgarishlarning eng muhimi, xalqning uzoq yillar mobaynida to‘plagan boy tarixiy-madaniy merosiga e’tiborning kuchayishi bo‘ldi. Ma’lumki, 80-yillarning oxiri 90-yillarning boshlarida SSSR va Sharqiy Yevropadagi sotsialistik tuzum davlatlarining ijtimoiy-siyosiy hayotida sodir bo‘lgan o‘zgarishlar tabiiy ravishda O‘zbekistonda demokratiya va oshkoralikning qaror topishiga, tarixiy haqiqatning tiklanishiga olib keldi.Biroq, O‘zbekiston va uning xalqi bu jarayonga yetib kelguniga qadar og‘ir sinovlarni boshdan kechirishiga to‘g’ri keldi.Buyuk imperiyachilik g’oyalari negizida zo‘ravonlik bilan tashkil topgan totalitar tuzum siyosiy-iqtisodiy inqirozdan jon talvasasida so‘nggi bor O‘zbekistonga hamla qildi. Xalqning azaliy, milliy qadriyatlariga qarshi kurashri har qachongidan ham kuchaytirdi.Bunday harakatlar bizningcha, quyidagi holatlar bilan izohlanadi. Shunisi quvonchliki, o‘zbek xalqining bag’riga ozodlik shamoli tekkan ilk yillardanoq, YuNESKO Amir Temurning insoniyat tarixidagi ulkan xizmatlarini jahon ahliga tanitishga O‘zbekiston hukumati bilan birgalikda jonbozlik ko‘rsata boshladi.Bu, birinchidan, ulug‘ bobokalonimizning jahon tarixidagi beqiyos nufuzidan dalolat bersa, ikkinchidan, millat sha’ni, uning tarixiy shavkatini tiklash yo‘lida Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning sa’yi harakatlarining natijasidir.YuNESKO ning o‘sha paytdagi bosh direktori Federiko Mayor bilan O‘zbekiston rahbarining amaliy muloqotlari va hamkorligi bugun o‘zbek millati dovrug’ini olamga taratishga xizmat qilmoqda. Bundan 600 yilcha burun Ispaniyaning mashhur o‘g‘loni Rui Gonzales de Klavixo do‘stlik elchisi maqomida Samarqandga tashrif buyurib, vataniga qaytgach, yurtimiz haqida o‘z taassurotlarini e’lon qilgan edi.O‘shanda nafaqat Ispaniya, balki butun Yevropa Klavixo asari orqali Turkiston va uning madaniyati borasidagi o‘z tasavvurlarini yanada boyitish imkoniyatiga ega bo‘lgandi.Taqdir taqozosi bilan oradan deyarli olti asr o‘tib, Ispaniyaning boshqa bir o‘g‘loni — Federiko Mayor ma’rifat, ilm va madaniyatning xalqaro miqyosdagi homiysi va himoyachisiga aylangan YuNESKOga rahbar bo‘lib, O‘zbekistonning boy tarixini, uning umuminsoniy qadriyatlarini, buyuk ajdodlarini jahonga tanitishga hissa qo‘shmoqda. F.Mayorning bu xizmatlari O‘zbekiston hukumati tomonidan munosib baholandi. Inshootning umumiy maydoni besh ming kvadrat metrni tashkil etadi.Muzey qurilishida butun mamlakat mutaxassislari ishtirok etdilar.Toshkentlik qo‘li gul quruvchilar, chinnisozlik va keramika, “Mikond” korxonalarining mohir hunarmandlari.“Usta” birlashmasi, Yugoslaviyaning “Torevik” firmasi va boshqa o‘nlab mehnat jamoalari bu ishga munosib hissa qo‘shdilar.Olis-olislardan yarqirab tovlanadigan, ulug’vorligi va nafisligi bilan kishini hayrat-u hayajonga soladigan milliy gumbaz esa Toshkent aviasozlik davlat hissadorlik jamiyati mutaxassislari tomonidan tayyorlandi. Bayram tantanalari muzey sahniga ulanib ketgan Amir Temur xiyobonida davom etdi.Prezidentimiz xiyobondagi Sohibqiron haykali poyiga gulchambar qo‘ydi.Davlat va hukumat rahbarlari, fan, madaniyat, adabiyot va san’at namoyandalari, ishlab chiqarish ilg‘orlari, nuroniy otaxonlar va onaxonlar, jamoatchilik vakillari ham marosimda ishtirok etishdi. Ulug’ ajdodimiz ruhini xotirlash temuriylar davlatining poytaxti Samarqandda alohida shukuh va joziba kash etdi.Jahon sayqaliga aylangan bu ko‘hna va tabarruk shahar Sohibqiron taqdiri, uning bezovta-yu beorom kunlari, buyuk orzulari, armon-iztiroblariga guvoh bo‘lgan muqaddas maskandir.Ayni paytda Samarqand millatni millat, davlatni davlat qilgan Amir Temur daholik qudratining ramzi, uning beqiyos ifodasidir. Shu munosabat hilan jamiyatimizda har bir kishining vijdon erkinligini va dinga e’tiqod qilish huquqini ta’minlash, dinga munosabatidan qat’i nazar har bir fuqaroning tengligini ta’minlash ishida hanuzgacha ba’zi bir kamchiliklar mavjudligini hisobga olgan holda O‘zbekiston Oliy Majlisi XI sessiyada (1998, aprel) “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida” gi Qonunni yangi tahrirda qabul qildi. Mustaqillik sharofati bilan “Islom nuri” haftanomasi dunyoga keldi, ko‘plab diniy-axloqiy adabiyotlar chop etila boshlandi.Jumladan, imom Buxoriyning to‘rt jilddan iborat, imom Termiziyning bir jildli hadis kitoblari, boshqa allomalarning qator asarlari yuz minglab nusxalarda chop etildi.Qur’oni Karim sakkiz marta, jami bir million nusxada nashr etildi.Bu muqaddas kitob yurtimizda ilk hor Alouddin Mansurtomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilindi va uch marta, jami 300 ming nusxada bosmadan chiqarildi.Bundan tashqari, hadis va shar’iy ilmlarga doir ko‘pgina asarlar ona tilimizga o‘girildi va ming-minglab nusxalarda chop etildi. Quyida biz xar bir tashabbusni moxiyatini alohida ko‘rib chiqamiz: Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling