- mehnatsevarligi, intellektual salohiyati va boshqalar.
O'zbek falsafasini yanada taraqqiy ettirish vazifalarini amalga oshirish
quyidagi muammolarning echimini topishga bog’liq:
- birinchidan, mustamlakachilik sharoitida soxtalashtirilgan tariximizni
haqqoniy yoritish falsafiy g’oyalar, qarashlar tarixini ham xolis ko’rsatib
berishni taqozo qiladi. O'z davrida qimmatli tarixiy manbalarning yo’q
qilingani yoki ayovsiz talon-taroj etilgani bu ishni qiyinlashtirmoqda;
- ikkinchidan, mavjud manbalar arab yoki fors tillarida ekanligi, ularni
biladigan faylasuf olimlarning, malakali tarjimonlarning kamligi
umuminsoniy ma'naviy merosdan bahramand bo’lish va ulardan ijodiy
foydalanishga to’siq bo’lmoqda;
- uchinchidan, odamlar ongidan mustabid tuzumning soxta g’oyalarini,
ular qoldirgan asoratlarni siqib chiqarish, mafkuraviy bo’shliqni yangi
g’oyalar bilan to’ldirish, istiqlol mafkurasini shakllantirish muayyan vaqtni
taqozo qiladi.
Ushbu vazifalarni amalga oshirish bugungi falsafa masalalari bilan
shug’ullanuvchi olim va tadqiqotchilar zimmasiga nihoyatda katta mas'uliyat
yuklaydi. Bunda, eng avvalo, mazkur sohaga aloqador har bir yurtdoshimiz
dunyoqarashining milliy manfaatlarimiz nuqtai nazaridan o’zgarishi
nihoyatda muhimdir. Mamlakatimizda huquqiy demokratik jamiyat barpo
etilayotgan hozirgi davrda bu jarayonning qanday borishi yangi falsafiy
ongning shakllanishiga muayyan darajada ta'sir ko’rsatadi.
Tayanch tushunchalar
Falsafa, faylasuf, falsafiy muammolar, falsafaning milliyligi, falsafaning
umuminsoniyligi, o’zbek falsafasi.
Istiqlоl vа fаlsаfiy
dunyoqаrаshning yangilаnish muаmmоlаri
Do'stlaringiz bilan baham: |