bo’lgan savollardir. Agar biz yuqorida qayd etilgan muammolarga milliy
manfaatlarimiz nuqtai nazaridan qaraydigan bo’lsak, O'zbekistonda bu
yo’nalishni rivojlantirish zarurati etilganini anglaymiz.
Falsafiy adabiyotlarda milliy falsafa mavzuida turlicha fikrlar mavjud.
Ayrim faylasuflar, aslida milliy falsafa bo’lishi mumkin emas, bunday
yondashuvning o’zi etnik mahdudlikka olib keladi, deb hisoblaydi. Boshqalari
14
esa, modomiki, milliy falsafa milliy g’oya va mafkurani shakllantirishnig
nazariy asosi ekan, har qanday umumiy qonuniyatlar muayyan ijtimoiy
makon va tarixiy zamonda xususiy holda namoyon bo’ladi, deya milliy
falsafani yoqlab chiqadi.
Biz millat bor ekan, milliy madaniyat, til va adabiyot ham mavjud
degan fikrga o’rganib qolganmiz. Aslida, ularning barchasi nafaqat bir
millatga, balki butun insoniyatga xos-ku! Bizning nazarimizda, milliy falsafa
millat mentalitetini belgilaydigan muhim omildir. Umumbashariy
sivilizatsiyaga uzviy qo’shilish jarayoni milliy falsafani yaratish orqali sodir
bo’ladi. Eng muhimi - falsafadagi milliylik umuminsoniylikni rad qilish
evaziga emas, balki uni ijodiy boyitish orqali rivojlanib boradi.
Falsafa tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, ayrim milliy falsafalarning
umuminsoniy ma'naviyat xazinasiga munosib hissa bo’lib qo’shilganini
ko’ramiz. Masalan, Rim imperiyasi zavolga yuz tutganidan keyin o’z milliy
davlatchiligiga ega bo’lgan Evropa mamlakatlarida, o’rta asrlarga kelib,
milliy falsafa yaratish imkoni tug’ildi. (O'rta asr Evropa madaniyatiga
bag’ishlangan mavzuda bu haqda atroflicha fikr yuritamiz). To’g’ri, ular
umumevropa hududida, qadimgi Yunoniston va Rim madaniyati negizida
Do'stlaringiz bilan baham: |