kuch, sinf, guruh, partiya va oqimlar o’z maqsad-muddaolari va g’oyalarini
ilmiy asoslashda falsafadan foydalanadi. Falsafadagi ustuvor qarash va
qoidalar davr mahsuli bo’lgani uchun, zamonning taraqqiyot tamoyillari va
muammolari unda o’z ifodasini topadi.
13
Falsafada milliylik va umuminsoniylik tamoyili. Albatta, falsafa
umuminsoniy fan sifatida bashariyatga doir umumiy muammolarni qamrab
oladi. Masalan, olam va odam munosabatlari, jamiyat va tabiatni asrash, umrni
mazmunli o’tkazish, yaxshilik va yomonlik kabi qadriyatlar bilan bog’liq
masalalarning barchasi insoniyat uchun umumiy. Ammo falsafada muayyan
milliy xususiyat, maqsad va intilishlar ham o’z ifodasini topadi. Aslida,
yuqorida zikr etilgan umuminsoniy mavzu, masala va muammolarning
barchasi avval-boshda xususiy, milliy, mintaqaviy ahamiyatga molik
masalalar tarzida namoyon bo’ladi. O'z yurti, millati, ota-onasi va yor-
birodarlarini sevgan vatanparvar inson, avvalo, ana shularning kamoli uchun
qayg’uradi, ularni o’ylaydi, ularga xizmat qilishni oliy saodat deb biladi.
Bunday shaxs dunyoqarashida ana shu jihat va xususiyatlar albatta aks etadi.
Bu esa, o’z navbatida, umuminsoniy fan bo’lgan falsafada milliylikning aks
etishiga asos bo’ladi. Umuminsoniylik - vatansizlik (kosmopolitizm)
bo’lmagani singari, milliylik ham - milliy qobiqqa o’ralish, milliy mahdudlik
degani emas.
Lekin sizning xayolingizda beixtiyor "Milliy falsafa bo’lishi mumkinmi?
Axir, yuqorida falsafaga o’z mohiyati bilan umuminsoniy fandir, degan ta'rif
berildi-ku?" - degan savollar charx urishi mumkin. Bu - o’ziga xos milliy
taraqqiyot yo’lidan ketayotgan barcha xalqlar falsafasi uchun daxldor
Do'stlaringiz bilan baham: |