Toshkent toqimachilik va engil sanoati instituti “falsafa” kafedrasi


degan mazmunni ifodalaydi. Bu tushuncha, falsafa tarixida birinchi marta


Download 1.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/115
Sana25.02.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1228229
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   115
Bog'liq
falsafa1qism

degan mazmunni ifodalaydi. Bu tushuncha, falsafa tarixida birinchi marta, 
Qadimgi Yunonistonning buyuk faylasufi Aristotelning "Ilk falsafa" deb 
atalgan asarlariga nisbatan ishlatilgan. Ko'p hollarda, dialektikaga qarama-
qarshi deb talqin etiladigan metafizika olamdagi narsa va hodisalarni 
o’rganishda ularning muayyan vaqt davomida nisbatan o’zgarmasdan, 
alohida turgan holatiga diqqatni ko’proq qaratadigan usuldir. Bu usul 
qo’llanganida olamning namoyon bo’lish shakllari hamda ular bilan bog’liq 
bo’lgan jarayonlarning alohida qismi yoki holatiga asosiy e'tibor beriladi. 
Voqea, hodisa va jarayonlarni doimiy o’zgarish holatida o’rganish nihoyatda 
qiyin bo’lganligidan, nafaqat faylasuflar, balki barcha fan mutaxassislari 
uning nisbatan tinch va o’zgarmay turgan holatini o’rganadilar, tadqiq 
etadilar. 
Aslini olganda olam garchand dialektik o'zgarish va harakatda 
bo'lsada, bu jarayon doimo ham nihoyatda tez sodir bo'lavermaydi. Masalan 
biz esa dunyodagi narsa, hodisa va odamlarga shunchalik metafizik tarzda 
o'rganib qolganmizki, go'yo kechadan bugunning farqi yo'qdek, kecha ko'rgan 
kishiga bugun duch kelganimizda unda hech qanday o'zgarishlar bo'lmaganday 
tuyuladi. Shu ma'noda, hayotda ko'p hollarda metafizik usulda fikr yuritamiz, 
nimalargadir ana shunday munosabatda bo'lamiz. Aslida esa ular ham azaliy 
o'zgarishlar jarayoniga tushgan narsa va kishilar ekanligini juda kamdan-kam 
hollarda o'ylab ko'ramiz. Xuddi shunday, bizning umrimiz ham kechadan ertaga 
qarab oqib turadigan dialektik jarayondir. Biz ham ana shunday o'zgarib 
boramiz, ammo ko'p hollarda bunga unchalik ko'p e'tibor berilavermaydi. Shu 


11 

Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling