Toshkent toqimachilik va engil sanoati instituti “falsafa” kafedrasi


qadr-qimmatini chuqur anglaydigan donishmand odamlar bo’lgan


Download 1.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/115
Sana25.02.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1228229
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   115
Bog'liq
falsafa1qism

qadr-qimmatini chuqur anglaydigan donishmand odamlar bo’lgan . 
Kezi kelganda shuni alohida ta'kidlash lozimki, hozirgi davrda bizda 
falsafa ixtisosligi bo’yicha ma'lumot olgan mutaxassisni faylasuf deyish odat 
tusiga kirib qoldi. Aslida, faylasuf so’zi ana shu tarzda ishlatilganida ushbu 
sohaning zamonaviy mutaxassisi, uning asoslarini egallagan, mazkur 
yo’nalishda tadqiqot olib boradigan yoki ilmiy darajaga ega bo’lgan kishilar 
tushuniladi, xolos. 
Falsafa fanining muammolari, o’z xususiyatlariga ko’ra, azaliy va yoki 
o’tkinchi bo’lishi mumkin. Azaliy muammolar insoniyat paydo bo’lgan 
davrdayoq vujudga kelgan bo’lib, toki odamzod mavjud ekan, yashayveradi. 
CHunki insoniyat taraqqiyotining har bir bosqichida ushbu muammolar 
yangidan kun tartibiga qo’yilaveradi. Ularni o’rganish jarayonida ilm-fan 
taraqqiy etib boradi. 
Olam va odam munosabatlari, dunyoning mavjudligi, borliqning 
voqeligi, undagi o’zaro aloqadorlik va taraqqiy etish, insoniyat hayotidagi 
adolat va haqiqat, yaxshilik va yomonlik, urush va tinchlik, umrning 
mazmuni, tabiat va jamiyat taraqqiyotining asosiy tamoyillari bilan bog’liq 
ko’pdan-ko’p masalalar falsafa va falsafiy bilim sohalarining azaliy 
muammolari sirasiga kiradi. 
Falsafada olamning asosida nima yotadi, uni voqe etib turgan narsaning 
mohiyati nimadan iborat, degan masalalar nihoyatda uzoq tarixga ega. 
Qadimgi Yunoniston va Rimda bu masala "Substantsiya" tushunchasi va 
uning mazmunini qanday tushunilishiga qarab o’ziga xos ifodalangan. 
Substantsiya deganda olam va dunyodagi narsalarning mohiyati to’g’risidagi 
fikr tushunilgan. Yunoniston faylasufi va matematigi Pifagor hamma narsa 
sonlardan tashkil topgan degan bo’lsa, Aflotun substantsiya - g’oyalardir 

Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling