Diqqatingizni totalitar tuzum davrida bo'lib o'tgan kulgili bir voqeaga
qaratmoqchimiz.
Voqaning tafsiloti qo'yidagicha; viloyat teatrlaridan birida yosh iste'dodli
rejissyor ishlay boshlaydi. Dastlab hamma ish yaxshi boradi. Lekin nima bo'ladi-
yu, viloyat ichki ishlar boshqarmasining boshlig'i ishdan bo'shatiladi. Sho'rolar
tuzumi odatiga ko'ra, nomenklatura odami ishsiz qolishi mumkin emas, kichik
bo'lsa ham rahbarlik lavozimiga o'tkazilishi kerak. Oqibatda uni teatrga direktor
qilib yuborishadi. Yangi rahbarga teatrda o'rnatilgan ish tartibi yoqmaydi-
bunday xolat unga intizomsizlik bo'lib tuyuladi: qarasa, aktyorlar peshinga
yaqin goh peshindan keyin repititsiyaga kelishar ekan. U rejissyordan hamma yo
soat to'qqizdan oltigacha, yoki o'ndan ettigacha ishlashini, sho'rolar davlatida
hamma uchun ish soatlari bir xil ekanini uqtirmoqchi bo'ladi. Rejissyor esa,
aktyorlar ertalabdan uyda, oyna qarshisida o'z rollarida mashq qilishlarini, bu
erga faqat repititsiya va spektakl uchun kelishlarini tushuntirishga harakat
qiladi. Lekin yangi direktor bu hatti-harakat va gaplarni o'ziga qarshi atayin
uyushtirilgan isyon deb tushunadi: teatrda, san'at dargohida o'ziga hos qonun-
qoidalar borligini hayoliga ham keltirmaydi. Natijada ikki oydan ortiq vaqt
mobaynida aktyorlar "intizomsizligi" uchun maosh olmaydilir, ish orqaga qarab
122
ketadi. Nihoyat, yuqoridagilarga bu gap etib borgach direktor almashtiriladi.
Agar sobiq militsiya rahbari ozgina nafosatshunoslikdan habardor bo'lganida,
teatrda buncha asab buzarliklar ro'y bermagan, o'zi ham hammaga kulgi
Do'stlaringiz bilan baham: |