74
Ustma-ust tikish ham ilib tikuvchi uskunalarda bajariladi. O‘rtacha ishlab chiqarish
korxonalarida ustma-ust tikish Germaniyada chiqarilgan 881/2
D turdagi ustma-ust
yig’uvchi-tikuvchi uskunalarda (YTU) bajariladi. Bu uskunalarda tikiladigan
taxlamlarning qalinligi 20 mm gacha bo‘lishi mumkin.
Bu tikish usulining yana bir ko‘rinishi (13.1-rasm, g)
taxlamlarni ikki qarama-
qarshi tomonidan sim oyoqchalarini bukmasdan (0,8-1,2 mm qalinlikdagi simlar bilan)
tikishdir. Bu usul faqat korеshogi bo‘yicha qo‘shimcha П shaklidagi mеtalli qisqichga
joylangan, yirtib olinadigan taqvimlarda qo‘llaniladi.
Kamchiligi- nashrlarni yomon
ochilishi va sahifa o‘lchamini 1/4 kv ga kamaytirib, korеshok hoshiyasini 1/2 kv ga
ko‘paytirishni taqozo qilishidir.
1-misol. Taxlam hajmi 10 b.t. va o‘lchami 60x90/16 bo‘lgan nashrni
ikkita sim bilan ustma-ust
tikish uchun sarflanadigan simni (M) toping. Nashr adadi 50 ming nusxa va bosilgan qog’oz qalinligi
100 mkm.
Yechimi: Taxlam qalinligini hisobga olgan holda bitta sim halqasining o‘lchamini topamiz.
1. Taxlam hajmi bosma varaqlarda:
10 b.t.: 2 = 5 b.
2. Taxlam kelinligi:
5 b.v. •16 •100 mkm = 9000 mkm = 9 mm.
3. Bir halqadagi sim uzunligi:
14 mm + (6mm •2)+9 mm •2 = 44 mm.
4. Bitta taxlamga sarflanadigan sim miqdori:
44 mm • 2 xalqa = 88 mm.
5. Simning butun nashrga sarfi:
88 mm • 50000 = 4400000 mm = 4000 m.
2-misol. Taxlam hajmi 60 bеt va o‘lchami 60x90/16 bo‘lgan jaridani BPSH - 30
mashinasida ilib
tikishga kеtadigan sim sarfini toping. Nashr adadi 100 ming nusxa va bosilgan qog’oz qalinligi 100
mkm.
Yechimi: Bir halqadagi sim uzunligini topish uchun taxlam qalinligini (mm) topish lozim.
1. Tikiladigan korеshok buklamining qalinligini aniqlaymiz. Hajmi 60 bеtli taxlam 30 ta bittali
yoki15 ta ikkitali ulushga ega:
100 mkm • 15 ulush = 1,5 mm.
2. Bitta sim halqasining uzunligi:
14mm(sim yеlkasi)+(1,5mm•2)+(6mm • 2) yеchilgan sim oyoqchalari=29 mm.
3. Bitta to‘plamga sarflanadigan sim miqdori:
75
29 mm •2
= 58 mm.
4. Butun nushaga sarflanadigan sim miqdori:
58 mm • 100000=5800000 mm=5800 m.
Do'stlaringiz bilan baham: