Toshkent viloyat Zangiota tumani xtb tassarufidagi 20-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabining biologiya fani o’qituvchisi Aytekova Mohiraning “Tabiiy fanlar oyligi”
Download 23.77 Kb.
|
Mantiq bilimdonlari intelektual o\'yini
Toshkent viloyat Zangiota tumani XTB tassarufidagi 20-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabining biologiya fani o’qituvchisi Aytekova Mohiraning “Tabiiy fanlar oyligi” doirasida 9-10-11-sinflar o’rtasida o’tkaziladigan “Mantiq bilimdonlari” intelektual o’yinining ssenariysi “Mantiq bilimdonlari” intelektual o’yini “Tabiiy fanlar oyligi”ning oxirgi kuni ya’ni 30-yanvar sanasida o’tkaziladi. O’quvchilarda Vatanga muhabbat ruhini yanada yuksaltirish maqsadida davlatimiz madhiyasi yangraydi. Boshlovchi sahnaga chiqadi: Salomdan boshlanur hurmat, ehtirom Salomdir dunyoda eng shirin kalom! Ey, aziz mehmonlar, dono ustozlar Avvalo sizlarga salom, assalom! Tongda yaxshi niyatlar qilsak davrada, Porlar mudom tabassum har bir chehrada. Sog’lom avlod ulg’aysin turon bag’rida Har uyda tinchlik bo’lsin har dilda iymon. Assalomu alaykum aziz ustozlar, hurmatli mehmonlar! Sizlarni bugungi “Mantiq bilimdonlari” intelektual o’yinida ko’rib turganimizdan xursandmiz! Hammaga xush kayfiyat va omad tilagan holda bugungi kechamizni ochib berish uchun davramizga maktabimizning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari Nishonov Abdulatif akani taklif qilamiz. Zangiota tumani XTB tassarufidagi 20-sonli maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari Nishonov Abdulatif so’zga chiqadi. Boshlovchi: Endi esa davramizga 5-“B” sinf o’quvchilarini taklif qilamiz va ular ijrosidagi she’rlarni tinglaymiz. O’quvchilar davraga chiqishadi va quyidagi she’rni aytishadi: Б-орлиқ аталади асли табиат, И-нсон ҳам шу борлиқ битта зарраси, О-ламдир аслида энг улуғ-ҳилқат, Л-иммо-лим сирларга бу Ер курраси, О-ламнинг сирлари қизиқдан қизиқ, Г-улни асрагувчи тикон аслида, И-лмнинг сарҳади чексизлик эрур, Я-нтоқ ҳам гуллайди умр фаслида. 1-o’quvchi: Sargardonlik yomon bir odat, Hatto boshga keltirar kulfat. Olloh inʼom etgan, shundayin neʼmat, Yaxshi-yu yomonga tengdir tabiat. Bu olamning dargohi kengdir, Hech narsang qolmay boʻlsang-da, muhtoj. Oʻz bagʻridan neʼmat ulashar faqat, Hammaga barobar tengdir tabiat. 2-o’quvchi: Yurardim bo’riman deb, O’rmonning zo’riman deb. Bugun esa ochman hoy, Madorim yo’q butunlay. Do’st-u yor boqar zimdan, Madad so’rayman kimdan? Xiralashgan ko’zlarim, Og’riydi oyoqlarim, Holim yo’q, rangim somon, Shu qishdan chiqsam omon, Bosh olib ketar edim, Qishi yo’q yurtlar tomon. 3-o’quvchi: Salom men bu tulkiman, Sizga ayon kimligim. Tan olaman, bor biroz Ayyorligim, shumligim, Yurmagayman lallayib, Iz qilmayman qishloqni. Hatto qarg’a og’zidan Olib qochaman pishloqni. Yo’ldagi bo’g’irsoqni, Tushirgayman paqqos man. Tutqich bermay qochishda, Uddaburon raqqosman. Boshlovchi sahnaga chiqadi: Bugungi “Mantiq bilimdonlari” intelektual o’yinining ishtirokchilari bilan tanishib olamiz. 11-sinf jamoasi ishtirokchilari: Sodiqova Gulmira Anvarova Ziyoda Murtazayeva Sevara Ochilboyeva Madina Komilova Inobat Sobirjonova Ozoda 10-sinf jamoasi ishtirokchilari: Muraddinova Shahzoda Jumaboyeva Iqbola Sunnatillayev Maqsad Xasanova Iroda Baxtiyorova Dilnura Mamajonova Baxriniso 9-sinf jamoasi ishtirokchilari: Xodiyev Nazir Sulaymonov Nurg’ali Raximov Ismatilla Tohirov Sardor Qudakeldiyev Ahilbek Mirzokirova Shohida “Mantiq bilimdonlari intelektual o’yinini boshlash uchun davraga biologiya fani o’qituvchisi Aytekova Mohira opani taklif qilamiz. O’qituvchi: Assalomu alaykum hurmatli ustozlar va o’quvchilar! Barcha ishtirokchilarga omad tilagan holda birinchi savolni o’qib eshittiraman. 1-savol: Ingliz fermerlari sigirlarga ko’proq tuz berish samarali ekanligini aniqlashgan. Tuzning qanday foydasi bo’lishi mumkin deb o’ylaysiz? O’ylash uchun bir daqiqa vaqt beriladi. Biq daqiqadan keyin javoblar qabul qilinadi. Javob: Tuz yegan sigirlar ko’p suv ichadi, ko’p sut ichsa ko’p sut beradi. Bu savol plazmoliz va deplazmoliz hodisasiga asoslangan. 2-savol: Uni Italiyada “Shayton olmasi” deb atashgan. Boshqa ko’plab xalqlar ham o’sha italyancha nomini o’zlarining tiliga moslab o’zlashtirib olganlar. XVIII asr boshlarida rus podshohi Pyotr I Gollandiyadan yuqori narxlarda keltirib, Rossiyaning barcha hududlarida qattiq nazorat ostida ko’paytirish uchun taqsimlagan. U “Ikkinchi non” nomini olgan. ‘Ikkinchi non”ni aniqlang. O’ylash uchun bir daqiqa vaqt beriladi. Bir daqiqadan keyin javoblar qabul qilinadi. Javob: Kartoshka. 3-savol: Shunday bir daraxt borki, uni Qadimgi Mesopotamiyaliklar “Hayot daraxti” deb atashgan. Mevasini iste’mol qilishgan, danagi metallarni eritishda yoqilg’i sifatida, po’stlog’ining tolalaridan esa arqon hamda savat to’qilgan. Bu mevani biz ham ko’pincha yilning ma’lum vaqtlaridagina iste’mol qilamiz. Bu vaqt esa har yili o’zgarib turadi. Gap qaysi o’simlik to’g’risida ketayotganligini bir daqiqadan keyin aytishingiz kerak. Javob: Xurmo daraxti 4-savol: Zoologlar fikricha, u hasharotning erkagi gulning nektari bilan kun kechirib ketaveradi. Ammo urg’ochilariga tuxum qo’yishi uchun ko’p miqdorda protein kerak bo’ladi. Ular bu proteinni bizdan olishadi. Bu qaysi hasharot? O’ylash uchun vaqt ketdi. Bir daqiqadan keyin javob qabul qilinadi. 5-savol: Qaysi hayvonning terisi qoramtir yoki malla rangda, lekin bolasiniki yo’l-yo’l bo’ladi. Hatto hayvonning o’zi ham “nahotki shu mening bolam bo’lsa?” deydi. Ozuqa tanlamaydigan yovvoyi hayvon. Hurmatli ishtirokchilar bir daqiqa davomida bu qaysi hayvon ekanligini aniqlashingiz lozim. Javob: To’ng’iz. 6-savol: Qaysi hasharotlar bir necha asrlardan beri saqlanib kelayotgan tarixiy obidalarni qulatish xavfini keltirib chiqarmoqda? Javob: Termitlar 7-savol: Akbar mushugini ermak qilib taroziga tortib ko‘rgandi uning og‘irligi 1 kg chiqdi. Shu kechasi dadasi bozordan olib kelgan bir kg go‘sht yo‘qoldi. Asosiy gumondor esa mushuk edi. Undan shubhalangan Akbar mushugini yana tarozida tortib ko‘rdi. Mushukni og‘irligi 1kg 100 gramm chiqdi. Agar bu mushukni og‘irligi bo‘lsa, go‘sht qani, agar bu go‘shtni og‘irligi bo‘lsa mushuk qani? Javob: Oziq zanjirining 10% qoidasiga binoan, mushuk go’shti yegan va 10%igina mushuk vazniga qo’shilgan va 90% i mushuk hayot-faoliyati uchun sarflanadi. 8-savol: Ko’chada ikkita it yugurib ketyapti. Kun issiq, yoz kuni. Birinchi itning rangi qora, ikkinchisiniki esa oq. Aytingchi, qaysi it birinchi terlaydi? Javob: Itlarda terisida ter bezlari bo’lmaydi. Shuning uchun itlar tilini chiqarish orqali tanasini sovutadi. 9-savol: Qisqacha topishmoqlardan uchtasi beriladi va har bir topishmoqqa 20 soniyadan vaqt beriladi. 1-topishmoq: Kichkina, kulranggina, filga o’xshaydi. Javob: Filning bolasi. 2-topishmoq: Yo’l-yo’l to’ni bor, Odam qo’rqar turqi bor. Javob: Yo’lbars 3-topishmoq: Ko’k ko’ylakli xotin sariq bola ko’targan. Javob: Makkajo’xori 10-savol: Insonlarga uch marta, to’rt marta va undan ham ko’p berilishi mumkin. Birinchi va ikkinchi marta berilganda bepul beriladi, ammo uchinchi marta yoki undan keyin berilganda pul to’lash kerak bo’ladi. U nima? Javob: Tishlar 11-savol: Qaysi yegulikni pishirishda qancha tuz solsa ham sho’r bo’lib ketmaydi? Javob: Qaynatilgan tuxum. 12-savol: O’rdaklar suv ichishga qator bo’lib ketayotgan edi. O’rdaklardan biri oldinga qarab, 17 ta boshni ko’rdi. Orqasida esa 42 ta panja kelayotgan ekan. Aytingchi, jami nechta o’rdak suv ichishga ketyapti? Javob: 39 ta. Oldinda 17 ta o’rdak, orqasida 21 ta. Shuningdek boshini oldinga va orqaga burgan o’rdakning o’zi ham. Natijalar hisolanganga qadar 5-“B” sinf o’quvchilari tomonidan Yulduz Usmonovaning “Qizg’aldog’im” qo’shig’i ijro qilinadi. Natijalar hisoblanadi, har bir to’g’ri javob uchun bir balldan beriladi. G’olib jamoa va “Tabiiy fanlar oyligi”da faol qatnashgan o’quvchilar faxriy yorliq va sovg’alar bilan taqdirlanadi. Download 23.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling