Toshkent viloyati Angren shahridagi mmtbga qarashli


Download 15.99 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi15.99 Kb.
#1572800
Bog'liq
ma\'ruza tabrik


Toshkent viloyati Angren shahridagi MMTBga qarashli
35-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori
Baltabayeva Xalchabuvi Barkinovnaning
So‘nggi qo‘ng‘iroq bayrami munosabati bilan tayyorlagan ma’ruzasi


Assalomu alaykum!
Hurmatli bugungi shodiyonaga tashrif buyurgan muhtaram mehmonlar , qadrli ota onalar, maktabimizning o‘quvchi yoshlari!
Xabaringiz bor yurtimizning kelajagi uchun bir qancha islohotlar amalga oshirilib kelinoqda. Bular qatoriga yaqindagina yangilangan Bosh qomusimiz bo‘lgan Konstitutsiyani olishimiz mumkin. O‘zgartirilgan konstitutsiyadaning bir qancha bo‘limlari aynan ta’lim sohasiga (50 -51 moddalar) tegishlidir.
Bu borada qilinayotgan ishlarning natijasi o‘laroq, makabimizda faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarimiz salohiyati yanada oshib bormoqda. Xususan, 2 ta oliy toifa, 2 ta birinchi toifa va 5 ta ikkinchi toifali o‘qituvchilarimiz yosh avlodga o‘z bilimlarini berib kelmoqda.
Bugungi Kun talabi bu- o‘quvchilarga sifatli ta`lim berish Oliy maqsadlarimizdan biridir. Mamlakatimiz rahbari yangi yilni yurtimizda "Insonga e'tibor va sifatli ta'lim" yili deb e'lon qildi. Xo'sh, sifatli ta'limga qanday erishiladi? Albatta malakali, yangilikarga intiluvchan, bir so'z bilan aytganda o'z kasbining ustasi bo'lgan pedagoglar jamoasi yordamida.
Mana bugun 2022-2023 o‘quv yili yakunlanib bormoqda. Joriy yilda maktabimiz bir qancha marralarni zabt etdi.
Jumladan, ingliz tili fani o‘qituvchisi Pusurmanov Abbos Narmatovich Bahor va kuz oylarida o'tkazilgan attestatsiyalardan o'tib, avval Birinchi, so'ngra Oliy toifaga erishgan bo'lsa, ushbu yilning o'zida APTIS C1 va DTM ma'lumotnomasiga ham ega bo'ldi. Yil yakunida esa Xalq ta'lim tizimidagi pedagog kadrlarga vazir jamg'armasi uchun o'tgan test sinovidan yuqori natija qayd etib, so'ngi bosqichga yo'llanma oldi. Ikkinchi bosqichda ham yuqori o‘rinni egallab Vazir jamg‘armasinidan beriladigan ustamani qo‘lga kiritdi.
Tarix fani o‘qituvchisi Kodirova Nigora Shaydullaуеvnaning qator ilmiy maqolalari nufuzli Xalqaro jurnallardan chop etildi.
Rus tili fani o‘qituvchisi Nuridinova Zamira Mahmudjanovnaning darslari Respublika miqyosida ommalashtirildi. O‘z fanidan С1 xalqaro sertifikatini qo'lga kiritdi.
Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Kurbanova Gulruh Sobirovna Mudofaa vazirligi tomonidan Respublika miqyosida tashkil etilgan “Yosh kitobxon” oilaviy ko‘rik tanlovida faxrli 1 o‘rinni egallagan.
Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi Umirzoqov Alimardon Zahariddinovich Oliy toifani qo‘lga kiritdi. Hamda namunali dars ishlanmasi Respublika miqyosida ommalashtirildi.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari Bazarbayeva Dilfuza hamda Jumayeva Komilaning ish faoliyatida tayyorlagan va samarali natija bergan dars ishlanmasi ham Respublika miqyosida ommalashtirildi.
Maktabimizning o‘quvchilari ham joriy o‘quv yilda bir qancha yutuqlarni qo‘lga kiritishdi.
O‘tgan o‘quv yilida 12 nafar bitiruvchi bo‘lib, shulardan 7 nafari nufuzli OTMlar talabasiga aylandi.
Maktabda ingliz tili fanidan 11-sinf o‘quvchilari Qo‘chqaraliev Zafarbek, Turmatova Raxshona va Saidkarimova Hafizaxon Davlat test markazi tomonidan С1 imtiyozli sertifikati bilan taqdirlangan.
Bundan tashqari 11-sinf o‘quvchisi Qo‘chqaraliev Zafarbek onlayn o‘quv kurslarga qatnashib "Duolingo" sertifikatini qo‘lga kiritdi. Chet el universitetlarning O‘zbekistondagi filiallaridan "Amerikaning Vebster Universiteti" , "Koreyaning Inha Universiteti " va "Akfa" Universitetiga kirish uchun imtiyozli takliflar keldi . Ayni daqiqalarda esa quvonchli xabarlar safi yana bittaga ko‘paydi. Sababi Jahonning eng nufuzli unversitetlaridan biri bo‘lgan AQSH ning "UNVERSITY OF ARIZONA" unversitetiga GRAND yutib muddatdan oldin talabalikka qabul qilindi.
10-SINF O‘quvchisi Mambetqulova Sevinch Shahar miqyosida tashkil etilgan fan olimpiadasida rus tili fanidan faxrli 1-o‘rinni egallab viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
5 tashabbus yo‘nalishi bo‘yicha ham o‘qituvchilar hamda o‘quvchilar bir qancha tanlovlarga qatnashib faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi.
2022-yilda maktabimiz O‘zbekiston Ekologik partiyasi tomonidan “Eng toza ta’lim muassasasi” nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Maktabda obodonlashtirish ishlari talab darajasida olib borilmoqda maktab bog‘iga ___________-mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi. Maktab hovlisiga _______dona gul ko‘chatlari ekilib, bugungi kunda maktabimiz ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib turibdi.
Aytadigan bo‘lsak yutuqlarimiz bisyor ammo vaqtimiz chegaralangan. So‘zimning so‘nggida bugungi shodiyona bilan barcha 11-sinf bitiruvchilarini chin qalbimdan qutlayman. Sizlarning doimo marrani baland olib, yagona kuch bo‘lib harakat qilishingizga ishonamiz. Ana shunday sharafli va mas’uliyatli yo‘lda barchangizga ulkan yutuq va muvaffaqiyatlar shaxsiy hayotingizda baxt va omad tilaymiz.
Mustaqil hayotdagi qadamlaringiz qutlug‘ va barakali bo‘lsin.
Download 15.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling