Alifbe bayrami dasturi
Maxliyo : Quyoshdek shula sochgan,
Bilimga keng yo`l ochgan,
Sizgadir ushbu kalom,
Muallimlar assalom.
Nazarbek : Kundek yorug` darsxona,
Biz farzandmiz siz ona.
Dilda ardoqli kalom,
Ona maktab assalom.
Marjona : Tanitib yurt jahonga,
Erk bergan har insonga.
Qaytib din-u iymonga,
Dilda ardoqli kalom,
Mustaqil yurt assalom.
1- o’quvchi 2- o’quvchi
Assalom, ey olam, musaffo osmon, Assalom azizlar, do‘st-u yoronlar
Aziz ustozlar-u, aziz mehmonlar. Ma`rifat ziyosin nurga taratgan,
Kamtarin davrada bugun mehmonsiz Oltin boshingizda Humo qush ko‘rdik
Sizga ehtirom-la egikdir boshlar. Savodxonlik bayramida , sizni xush ko‘rdik.
3 o’quvchi Salom sizga yurak to’ridan
Davramizga yig’ilgan do’stlar.
Ko’ksimizga qo’limiz qo’yib,
Deymiz sizga xush kelibsizlar.
4-o’quvchi Salom sizga ahli Turondan
Dardga malham bo’lgan har aziz jondan.
5- o’quvchi Assalomu alaykum elim , xalqimga
Ta’zim qilay qo’llarimni qo’yib ko’ksimga.
6- o’quvchi Assalomu alaykum aziz mehmonlar
Qadamiga gul ungan qalbi ummonlar.
1- Boshlovchi : Assalomu alaykum qadrli ustozlar , tadbirimizga tashrif buyurgan hurmatli ota – onalar, aziz mehmonlar.
Boshlovchi: Assalomu aleykum. Bugungi 1- “ G ”sinf o’quvchilarining “ Savodxonlik ” bayram tadbiriga xush kelibsiz.
7-o’quvchi 8 -o’quvchi
Salom jonajon maktab, Qancha buyuk insonlar,
Tabarruk makon maktab! Alloma-yu jahonlar
Qalbga ilm nurin sochgan Senda olishgan ta’lim
Bamisli oftob maktab! Sen nurli bo’ston maktab!.
Boshlovchi
Bugun katta tantana
Savodxonlik bayrami.
Doim bo’lsin an’ana,
Bilimdonlik bayrami.
Boshlovchi. Aziz ustozlar.Hurmatli mehmonlar bugungi tadbirimizni ochib berish uchun so’zni maktabimiz derektori Iskandarova Asolat Safarovnaga beramiz.
1- Boshlovchi:
Barcha ilmlarning kaliti sizda,
Saxovat nuri bor bu qalbingizda.
Otasiz, onasiz ,biz o’g’il qizga,
Ustozim, ustozim sizga ming ta’zim.
Do'stlaringiz bilan baham: |