Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti " Fizika va kimyo fakulteti " fizika kafedrasi fizika va astranomiya yo‘nalishi
Kvant tushunchalarning yuzaga kelishi va kengayish tarixi
Download 497.57 Kb.
|
Akbarova Hilolaxon
1. Kvant tushunchalarning yuzaga kelishi va kengayish tarixi.
1. Kvant tushunchalarning yuzaga kelishi va kengayish tarixi.Kvant (lotincha: quantum — „qancha“) fizik tushuncha boʻlib, biror kattalikning boʻlinmas miqdorini bildiradi. Tushuncha zamirida ayrim fizik kattaliklarning diskretligi haqidagi kvant mexanikasi qarashi yotadi (fizik kattalik kvantlanadi).Kvant — biror fizik kattalikning diskret (uzlukli) tabiatga ega ekanligini tavsiflovchi va uning eng kichik (boʻlinmas) qiymatini koʻrsatuvchi zamonaviy fizikaning asosiy tushunchasi. Mikrosistemaning oʻzaro taʼsirlashishida atom, molekula, yadrolarning yutishi yoki chiqarishi mumkin boʻlgan energiyaning eng kichkina miqdorini ifodalovchi kvant tushunchasini fanga 1900-yilda M. Plank kiritgan.
Maks Plank nemis nazariyotchi fizigi, kvant nazariya asoschilaridan biri. Berlin Fanlar akademiyasi aʼzosi (1894-yildan). Myunxen (1874—77) va Berlin (1877—78) universitetlarida oʻqigan. Myunxen universitetida oʻqituvchi (1880— 85), Kil (1885-yildan) va Berlin (1889-yildan) universitetlari professor, London Qirollik jamiyati aʼzosi (1926). Ilmiy ishlari termodinamika va issiqlik nurlanishiga oid. Termodinamikaning ikkinchi qonunini asosladi (1879) va koʻpgina fizikkimyoviy jarayonlarni yechishda, xususan, gazlar va kuchsiz eritmalar dissotsiatsiyasiga termodinamika qonunlarini tatbiq qildi (1883—88). 1900-yilda nur chiqarayotgan tizim — ossillyatorning nurlanishi uzlukli kattalik (hv) ekanligini faraz qildi (bunda v — nurlanish chastotasi, h — taʼsir kvanti yoki Plank doimiysi). Plank shu farazga asoslanib, klassik fizikaga tatbiq etib boʻlmaydigan mutlaq qora jismning elektromagnit nurlanishi spektrida energiya taqsimoti (Plank nurlanish qonuni)ni ifodalovchi formulani topdi. Plank doimiysining kiritilishi kvant fizika rivojlanishining boshlangʻich davri boʻldi. Plankning nazariy tadqiqotlarida nisbiylik nazariyasiga oid ishlar muhim oʻrinni egallaydi. Xususan, u relyativistik dinamikaning tenglamasini keltirib chikardi (1906), termodinamikani maxsus nisbiylik nazariyasi miqyosida tekshirib, u toʻgʻrisida umumiy xulosalar chiqardi. Plank fizika metodologiyasiga doyir juda koʻp ishlar qilgan. U koʻp jildli nazariya fizika kursi muallifi. Nobel mukofoti lauryati azosi (1918).Download 497.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling