Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Nursulton Shayxislomovning,,Ona tili darslarini oʻqitishda zamonaviy metod kakografiya usulidan foydalanish mavzusidagi maqolasiga taqriz


Download 9.36 Kb.
Sana17.11.2023
Hajmi9.36 Kb.
#1782939
Bog'liq
taqriz


Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Nursulton Shayxislomovning ,,Ona tili darslarini oʻqitishda zamonaviy metod - kakografiya usulidan foydalanish" mavzusidagi maqolasiga
TAQRIZ
Hozirgi kunda zamon bizdan chuqur bilimlarni egallab oʻz sohamizning yetuk mutaxassisi boʻlishimizni talab qilmoqda. Ona tili darslari oʻquvchilarni mustaqil fikrlashga, mulohazalarini ogʻzaki va yozma usullarda erkin bayon qilishga oʻrgatishi zarur. Bu vazifani bajarishda bizga turli zamonaviy usul va metodlar yordam beradi Ushbu maqola ham shu nuqtai nazardan ahamiyatlidir.
Ushbu maqola kirish, muhokama, natijalar, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar kabi ichki tuzilishga ega. Maqolaning kirish qismida maqolaning dolzarbligi,mavzuning ahamiyati, maqsad va vazifalari misollar yordamida tushuntirib berilgan.
Maqolaning muhokama qismida kakografiya usuli o‘quvchilarning xotirasini mustahkamlashi, ulardagi mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantrishi tilshunoslikning turli boʻlimlarida qoʻllashimiz mumkin boʻlgan misollar orqali yoritib berilgan. Natija qismida esa matnlar ustida ishlashda kakografiya usulini qoʻllashning samarali yoʻllari ochib berilgan.Maqolaning xulosa qismida o‘zbek tilini mukammal o‘rganishimiz, og‘zaki va yozma savodxonligimiz yuksak bo‘lishida kakografiya usulini qoʻllash samarali ekanligi aytilgan.
Maqolaning bir qancha yutuqlari bo‘lib, avvalo, kakografiya usuli keng va asosli tarzda yoritib berilgan va shu bilan birgalikda bu usulni qoʻllash boʻyicha bir necha xil yoʻllar koʻrsatib oʻtilgan. Ushbu usul qoʻllanganda oʻquvchilarda qanday koʻnikmalar rivojlanishi mumkin ekanligi ham yoritib berilgan.
Maqolada yutuqlar bilan bir qatorda birmuncha kamchiliklar ham kuzatiladi. Masalan, maqolada aytib oʻtilgan usul tajribadan oʻtkazilgani haqidagi xulosa va tahlillar yoʻq. Kakografiya usuli qay darajada samara berish yoki bermasligi tajriba yordamida isbotlab berilmagan. Maqolada bir qancha imloviy xatoliklar ham kuzatiladi (adyekvat-adekvat). Foydalanilgan adabiyotlar toʻgʻri tartibda joylashtirilmagan. Maqoladagi kakografiya usulini qoʻllash natijasida o‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasidagi aloqa mustahkamlanadi degan fikr yetarli asoslanmagan.
Umuman, maqola axborot berishga mo‘ljallanganlgini hisobga olsak maqolani ijobiy deb baholayman.
Taqrizchi: ToshDO‘TAU talabasi Axmadaliyeva O.
Download 9.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling