Shahrisabz davlat pedagogika instituti o`qituvchisi Raxmatov A`zam Ashur o`g`lining “O‘quvchilarning konstruktorlik qobiliyatlarini ijodiy masalalarni yechish orqali takomillashtirish” mavzusidagi ilmiy maqolasiga taqriz


Download 9.5 Kb.
Sana03.10.2023
Hajmi9.5 Kb.
#1691102
Bog'liq
Azam


Shahrisabz davlat pedagogika instituti o`qituvchisi Raxmatov A`zam Ashur o`g`lining “O‘quvchilarning konstruktorlik qobiliyatlarini ijodiy masalalarni yechish orqali takomillashtirish” mavzusidagi ilmiy maqolasiga

TAQRIZ

A`zam Raxmatovning “O‘quvchilarning konstruktorlik qobiliyatlarini ijodiy masalalarni yechish orqali takomillashtirish” mavzusidagi ilmiy maqolasida texnologiya darslarida ijodiy masalalarni yechish orqali o`quvchilarda konstruksiyalash qobiliyatini rivojlantirish haqida to`xtalib o`tilgan. Buning uchun 5-7 sinflarda “Buyumlarni konstruksiyalashning asosiy talablari” mavzusi bo`yicha tavsiyalar berilgan. Shuningdek, Umumiy o`rta ta`lim maktablari texnologiya darslarida o`quvchilarni mehnat jarayonlariga o`rgatish, zamonaviy texnika va texnologiya bilan tanishtirish imkoniyati mavjudligi, axborot oqimlarining ko`pligi va texnikaning shiddat bilan rivojlanishi bugungi yoshlarni zamonaviy kompetensiyalar bilan qurollantirishni talab etilishi xususida so`z yuritiladi. Maqolada shuningdek, Texnologiyadan 5-7 sinflarni o‘qitish jarayoniga “Texnologiya darslarida konstruksiyalash elementlari” mavzusini kiritish orqali o‘quvchilarning texnik va texnologik tafakkurini, ijodiy qobiliyatini shakllantirish, aqliy o‘sish jarayoniga ijobiy ta`sir ko‘rsatishi asosli tahlillar bilan o`rganib chiqildi.


Raxmatov A`zam Ashur o`g`lining “O‘quvchilarning konstruktorlik qobiliyatlarini ijodiy masalalarni yechish orqali takomillashtirish” mavzusidagi ilmiy maqolasi O`zMU xabarlari jurnalining talablariga mos keladi.


Taqrizchi: Gulbaxor Ishmurodova Izmuradovna
Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent
Download 9.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling