Menkim sohibqiron jahongir temur
Download 23.41 Kb.
|
MAQOLA 9-APREL
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlari
- Kuch — adolatdadir”. Amir Temur.
- ADABIYOTLAR RO‘YXATI
“ MENKIM SOHIBQIRON JAHONGIR TEMUR” Imomnazarov Otabek Zoirjon o‘g‘li Harbiy ta‘lim fakulteti 2-bosqich talabasi Annotatsiya : Ushbu maqolada buyuk sarkarda Amir Temur shaxsi, uning hayoti, tarjimai holi, erishgan yutuqlari bayon etilgan. Shuningdek, maqolada bobomizning O‘zbekiston tarixidagi ahamiyati ko‘rsatilgan Kalit so‘zlari : sohibqiron, bobomiz, Amir Temur, Temuriylar, ajdodlari, Mog’ullar , saltanat, qahramon “Ulamo bilan suhbatda bo‘l va pok niyatli, toza qalbli kishilarga talpin. Bularning himmatlaridan ulush tilanib, muborak nafaslari bilan duo-fotiha berishla iltimos qil.” “Kuch — adolatdadir”. Amir Temur. 9-aprel dunyoga mashhur jahongir, Xilda Xukxem ta‘biri bilan aytganda “Yetti iqlim hukmdori”, sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun. Amir Temur O‘rta, Janubiy va G‘arbiy Osiyo, shuningdek, Kavkaz, Povoljya va Rus tarixida muhim o‘rin tutgan O‘rta Osiyolik turkiy hukmdor, sarkarda va zobit, sarkarda, poytaxti Samarqand bo‘lgan Temuriylar saltanati (1370 yil) asoschisi. Amir Temur hayoti haqida ko‘plab mualliflar uning hayotlik davridan boshlab kitoblar yozib kelgan[1]. U haqidagi manbalarni birlamchi va ikkilamchi manbalar sifatida o‘rganish maqsadimizga muvofiq bo‘ladi. Birlamchi manbalar sifatida uning hayotlik davrida va u bilan zamondosh mualliflar tomonidan yozilgan kitoblarni keltirish mumkin. Ikkilamchi manbalar esa vafotidan keyin yozilgan kitoblar hisoblanadi. Amir Temur saroyida uning juda ko‘plab shaxsiy kotiblari bo‘lgan. Ular muttasil ravishda uning hayot va faoliyati bilan bog‘liq voqea-hodisalarni yozib borgan. Lekin ular kitob shaklida bo‘lmagan, balki xronika tarzida, davlat hujjatlari sifatida eski turkiy tilidagi uyg‘ur yozuvida yozilgan. Ammo ularning asl nusxalari haligacha topilmagan deb hisoblanadi. Biz hozir buyuk bobomiz hayoti bilan tanishamiz. Sohibqiron 1336 yil 9 aprel kuni Kesh (Shahrisabz) yaqinidagi Xo‘ja Ilg‘оr (Yakkabog‘) qishlоg‘ida tug‘ilgan[2]. Rivоyatlarga ko‘ra, u qo‘lida qip-qizil qon bo‘lagi bilan, sochlari esa mo‘ysafid kabi oppoq holatda tug‘ilgan, bunday holat Chingizxon haqida ham gapirilgan. Uning otasi amir Muhammad Tarag‘ay turk avlodining barloslaridan bo‘lib, Movarounnahrda o‘ziga yarasha obro‘-e’tiborga ega, nufuzli ziyolilardan bo‘lgan. Uning оta-bobоsi afsonaviy turkiy Alan quva shajarasidan kelib chiqqan bo‘lib, Chig‘atоy ulusining saroydagi obro‘-e’tiborli kishilari qatoridan joy olgan. Kesh va Nefes atrofidagi yerlar ularga qarashli mulk hisoblangan. Amir Temurning onasi Takina xotun buxorolik. Otasi Amir Taragʻoy esa barlos urugʻining oqsoqollaridan hamda Chigʻatoy ulusining eʼtiborli beklaridan hisoblangan. Uning ajdodlari Kesh viloyatida hokimlik qilishgan. Shu bois Amir Temurning otasi amir Taragʻoy ham yilda bir marotaba Ili daryosi boʻyida xon tomonidan chaqiriladigan el-yurt beklarining qurultoyiga taklif etilar va u bunday yigʻinlarda muttasil qatnashar edi. Amir Temurning yoshligi Keshda kechdi. Yetti yoshga toʻlgach, otasi uni oʻqishga berdi. Amir Temur yoshlik chogʻlaridanoq maxsus murabbiylar nazorati ostida chavandozlik, ovchilik, kamondan nishonga oʻq uzish, boshqa turli mashq va harbiy oʻyinlar bilan mashgʻul boʻlgan. Shu asnoda Amir Temur tulporlarni saralab ajrata oladigan mohir chavandoz va dovyurak bahodir boʻlib voyaga yetgan. Amir Temur tabiatan ogʻir, bosiq, teran fikrli va idrokli hamda nihoyatda ziyrak, kishilardagi qobiliyat, fazilat, ayniqsa, samimiyatni tezda fahmlab oladigan inson boʻlgan. Shu tufayli oʻspirinlik chogʻlaridayoq atrofiga tengqurlari orasidan sadoqatli doʻstlarni jalb qila olgan. Uning atrofiga bolalikdagi doʻstlari va maktabdoshlari (Abbos bahodur, Jahonshohbek, Qimori inoq, Sulaymonshohbek, Idiku Temur, Sayfuddinbek, Hindushoh, Qarqara va boshqalar) toʻplanishib, birgalikda mashq qilar, musobaqalarda ishtirok etishar, astasekin navkar boʻlishib va harbiy guruhga birlashib, harbiy boʻlinma sifatida shakllana borgan. Keyinchalik ular Amir Temur qoʻshinida lashkarboshilik darajasigacha koʻtarilganlar. Amir Temur ilk harbiy faoliyatini qoʻl ostidagi navkarlari bilan ayrim viloyat amirlariga xizmat qilishdan boshlagan; ularning oʻzaro kurashlarida qatnashib, jasorat koʻrsatgan, janglarda chiniqqan, harbiy mahoratini oshirgan. Dongʻi butun Qashqadaryo vohasiga yoyilgan. Amir Temurning aqlu zakovati, shijoati va shuhrati uni Movarounnahrning nufuzli amirlaridan amir Xizr Yasovuriy va amir Qazagʻon bilan yaqinlashtirdi. Xondamirning yozishicha, otasi amir Taragʻoy Amir Temurni avval (1355) amir Joku barlosning qizi Nurmushk ogʻoga, soʻngra oʻsha yili (1355) Qazagʻonning nabirasi va amir Husaynning singlisi Oʻljoy Turkon og'oga uylantiradi. Keyingi nikoh tufayli Amir Temur bilan Balx hokimi amir Husayn oʻrtasida ittifoq yuzaga kelib, ular birgalikda moʻgʻullarga qarshi kurashadilar. Amir Temurning Movarounnahrni birlashtirish yoʻlidagi harakati 14-asrning 60-yillari boshlaridan boshlandi. 14-asr ning 50-yillari oxirida Movarounnahrda amirlarning oʻzaro kurashi kuchayib, amir Qazagʻon oʻldirildi. Xondamirning "Habib ussiyar" kitobida keltirilgan maʼlumotlarga qaraganda, ulus oʻnga yaqin mustaqil bekliklarga boʻlinib ketgan. Samarqand viloyatida amir Bayon sulduz, Keshda amir Hoji barlos, Xoʻjandda amir Boyazid jaloir, Balxda Uljoy Bugʻa sulduz, Shibirgʻonda Muhammad I Xoja Aperdi nayman, Koʻhistonda Badaxshon shohi amir Sotilmish, Xuttalonda Kayxusrav, Hisori Shodmon hududida amir Husayn va amir Xizr Yasovuriylar oʻzlarini hokimi mutlaq deb eʼlon qiladilar[3]. Mog’ullar bilan davom etayotgan kurashda Kesh viloyatining hukmdori amir Hoji barlos Xurosonga qochadi. Mana shunday ogʻir pallada siyosat maydoniga Amir Temur kiradi. Moʻgʻullarga qarshi turish uchun kuchlar nisbati teng emasligini hisobga olgan 24 yoshli Amir Temur 1360 yilning boshida Tugʻluq Temur tomonidan Keshga yuborilgan beklar bilan kelishadi. Nihoyat, 1364 y. oxirida u moʻgʻul qoʻshinlarini Movarounnahr hududidan quvib chiqarishga muvaffaq boʻladi. 4-asrning 60-yillarida Movarounnahrda hukm surgan nihoyatda ogʻir siyosiy va iqtisodiy vaziyat mamlakatni birlashtirib, kuchli bir davlat tashkil etishni taqozo qilmoqda edi. Amir Husayndan koʻra Amir Temur zamonining bunday talabini yaxshiroq tushunardi. Shuning uchun ham oʻz faoliyatining dastlabki bosqichida barcha harakatni Movarounnaxrda markazlashgan davlat tuzishga qaratadi. Bunday maqsadni amalga oshirishda u ruhoniylar, harbiylar, savdogarlar va shahar hunarmandlari tabaqalariga suyanadi. Amir Temur tarqoq mamlakatni birlashtirishga kirishar ekan, kurashni avvalo ichki gʻanimlaridan boshlaydi. 1370 y. bahorida Amir Temur amir Husaynga qarshi yoʻlga chiqadi. Qoʻshin Termiz yaqinidagi Biyo qishlogʻiga yetganda makkalik shariflardan Sayyid Baraka Amir Temur faoliyatini qoʻllab-quvvatlab, unga oliy hokimiyat ramzi katta nogʻora — tabl bilan yalov — bayroq tortiq qiladi. Shubhasiz bu voqea katta siyosiy ahamiyatga ega edi[4]. Chunki u saltanatlik ramzi edi. Amir Temur buni yaxshi tushunardi. 1370 yilning 10 apr.da Balx sh. Amir Temurga taslim boʻldi. Amir Husayn asir olinib, qatl etildi. Bu gʻalabadan soʻng Amir Temur Movarounnahrning chingiziylardan boʻlgan hukmdori Qozonxonning qizi Saroymulk xonimni oʻz nikohiga oladi. Xon qiziga uylanganligi munosabati bilan Amir Temur "koʻragon", yaʼni "xonning kuyovi" unvonini oldi. Shu tarzda jahongirga muvaffaqiyat doim yuz tutar edi.Va nihoyat Sohibqiron 1370-yil kuchli Temuriylar davlatiga asos soldi. Sohibqiron hukmronlik qilgan 36 yil yurtimiz tarixidagi eng yorqin sahifa sifatida abadiy muhrlanib qoldi... Amir Temur o‘ttiz olti yillik imkonida nafaqat Movarounnahr xalqining yuragidan qullik asoratlarini yulib tashladi, balki uning qaddi-g‘ururini ko‘tarib, dunyoning eng qudratli, madaniyatli xalqiga aylantirdi. Insoniyat tarixida shunday davrlar borki, unda buyuk ishlarga tayyor millatlar, o`zining yo`lboshchilari yetakchiligida, tarixning muayyan qisqa bosqichlarida ming yillarda qo`lga kiritish mumkin bo`lgan natijalarga erishganlar. Aynan ana shunday davrlar insoniyat tarixiga shu millatga mansub buyuk kishilarning o`chmas nomini bitadi, jahon madaniyatini boyitadi, umumbashariy taraqqiyotga katta hissa bo`lib qo`shiladi.Yurtimiz tarixida shunday davrlar aynan Amir Temur davriga to’g’ri keladi. Temur va temuriylar kabi ilm-fan, madaniyat va san`atni, falsafa va adabiyotni nozikta’b tushungan, o`zlari xam bu sohalarda ajoyib yutuqlarga erishgan siyosiy sulolalarni jahon tarixidan topish qiyin. Bu sulola vakillari orasida she`r yozmagan, adabiy mashqlar qilmagan, fan va ma’daniyatga qiziqmagan biror temuriyzoda bo`lmasa kerak. Bobomizning eng katta xizmati shuki, u madaniyat va ilm-fan homiysi sifatida mashhur bo`ldi, o`z saroyiga olim-u fuzalo va din arboblarini to`pladi. Xoja Afzal, Jalol Xokiy, Mavlono Xorazmiy, Mavlono Munshiy va boshqalar uning saroyida ilm-fan va badiiy ijod bilan mashg`ul bo`ldilar. Bobur Mirzoning xabar berishicha, o`sha davrda Samarqand eng go`zal shahar edi. Ispan sayyoнi R. G. Klavixo Samarqdning go`zalligiga qoyil qolgan edi. Temur hukmronligi davrida ichki va tashqi savdo kuchaydi. Ayniqsa, Нindiston, Xitoy, Rusiya, arab mamlakatlari bilan aloqalarning kuchayishi Temur saltanati qudratini oshirdi. Ko`ksaroy masjidi, Shoнizinda, Bibixonim madrasasini qurdirdi. Keshda (SHaxrisabz) Oqsaroy bu davrda me’morchili jadal rivojlanganini yaqqol belgisi. “Qudratimizga shubha qilsangiz, biz qurdirgan imoratlarga boqing”. Bobomizga tegishli ushbu jumlalar ham so’zimizning yaqqol tansifidir. Amir Temur dunyodan ko’z yumganidan so’ng uning davomchilari yurtning obod va ozod bo’lishiga,fan-ma’daniyat sohalariga yutuk hissa qo’shganlar desak mubolag’a bo’lmaydi. Amir Temur – xalqimiz tarixi solnomasidagi najotkor qahramonlardan biri. Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ma’naviy tiklanish va yangilanish islohotlarini ulug‘ ajdodlarimizning muborak nomi, boy merosi, xotirasi va tarixiy siymosini tiklash asosiga qurdi. Buning samarasida xalqimiz har yili Sohibqiron tavallud topgan kunni ulug‘ ajdodimiz xotirasiga ehtirom sifatida keng bayram qilmoqda.An’anaga ko‘ra 9 aprel kuni poytaxtimizdagi Amir Temur xiyobonida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda parlament a’zolari, vazirlik va idoralar vakillari, yozuvchi va shoirlar, olimlar, talaba-yoshlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Amir Temur fenomenini anglash, xolis va haqqoniy yoritishga faqat mustaqillik tufayli keng yo‘l ochildi: 1996 yil mamlakatimizda Amir Temur yili bo‘ldi, Sohibqiron tavalludining 660 yilligi xalqaro miqyosda keng nishonlandi, Toshkent, Samarqand va Shahrisabz shaharlarida muhtasham haykallari qad rostladi. Ulug‘ bobomiz sharafiga orden ta’sis etildi. 2011-yili Islom Karimov taklifi va so‘zboshisi bilan “Temur tuzuklari” asari mukammal holda, yuksak sifat bilan yangidan chop etildi. 1996 yil 24 aprelda Parij shahrida «Temuriylar davrida ilm-fan, madaniyat va maorifning gullab-yashnashi» haftaligi boshlandi. O‘sha kuni Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov YuNeSKO Ijroiya kengashi sessiyasida, YuNeSKO qarorgohida temuriylar davriga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochilishida nutq so‘zladi.Bu ishlar ajdodimiz xotirasini yuksaltirishga qaratilgan ishlarning dengizidan bir tomchisidir.Bunday keyin ham ularning xotirasini abadiylashtirishga qaratilgan ishlar rivojlanadi deb baralla ayta olamiz chunki ajdodlarimiz yodi doimo qalbimizda,zero ularni unutadigan bo’lsak o’zligimizni yo’qotamiz. ADABIYOTLAR RO‘YXATI https://uz.wikipedia.org/wiki/Amir_Temur https://kun.uz/ru/95865511 https://arboblar.uz/ru/people/amir-temur https://ziyouz.uz/ilm-va-fan/tarix/sarkarda/temur/ Download 23.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling