Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti San’atshunoslik fakulteti Musiqa ta’limi yo’nalishi 18\
Download 20.33 Kb.
|
Haydarali taqriz
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti San’atshunoslik fakulteti Musiqa ta’limi yo’nalishi 18\1 guruh talabasi Boborahimov Baxtiyorining “O’quvchilarni barkamol inson qilib tarbiyalashda o’zbek xalq musiqa ijodining roli” mavzusidagi BMI ga TAQRIZ Musiqa madaniy hayotimizda keng o’rin tutgan, inson shaxsiyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadigan san’at turidir. Har bir insonnima’naviy shakllanishida oilani, maktabni, jamiyatni ahamiyati katta. Milliy ong, milliy g’urur va tafakkur eng avvalo, milliy qadriyatlarimiz, tariximiz, xalqimizning o’ziga xos madaniy va moddiy boyliklarini o’rganish, unga mehr qo’yish, asrab-avaylash, va rivojlantirish negizida shakllanadi. Shu bois ham xalqimizning milliy qadriyatlari tizimida muhim o’rin tutuvchi xalq musiqa merosining yoshlar ta’lim- tarbiyasida tutadigan o’rni va ahamiyati beqiyosdir. Xalq donishmandligining ko’zgusi bo’lgan o’zbek xalq musiqa merosi o’zining tarbiyaviy ta’sirchanlik imkoniyatlari bilan alohida ajralib turadi. Tanlangan mavzuning dolzarbligi o’zbek xalqining ulkan musiqa merosining eng yuqori pog’onasida turadigan milliy musiqamizning oliy peshtoqi hisoblangan“Shashmaqom” haqida va uning birinchi maqom bo’limi Buzruk ashula bo’limi tuzilishini yoritib berish. Talaba kurs ishi mazmunini kurs ishi maqsad va vazifalarini ochib berishga qaratgan va buni uddasidan chiqqan. Kurs ishi kirish qismida mavzuni dolzarbligi, kurs ishi maqsadi, predmeti va obektui belgilanib olingan. Asosiy qism ikki bobdan iborat bolib, I- bob mavzuni nazariy jihatlari, mavzuni yoritib beruvchi adabiyotlar tahlili amalga oshirilgan. II- bob musiqa asarini bevosita tahlilini ochib beradi. Kurs ishi mazmuni xulosa va takliflar bolimi bilan yakunlanadi. Unda talaba mavzu yuzasidan aniq xulosa keltirgan va oz nuqtai nazari bilan mavzuga munosabat bildirgan, hamda bir-nechta takliflar berib ketgan. Kurs ishda mumtoz musiqamiz asosi bo’lgan Shashmaqomning Buzruk maqomidagi ashulalar yoritilib berilgan. Kurs ishi mazmunan talabga javob beradi deb hisoblayman va himoyaga tavsiya etaman. Taqrizchi: Sh. Abduvahobova Toshkent viloyati Piskent tumani 40-maktab direktori Download 20.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling