Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti “tabiiy fanlar” fakulteti “kimyo o`qitish metodikasi” yo`nalishi
Sifatlarni rivojlantirishda tabiatning sog’lomlashtiruvchi kuchlari
Download 330.4 Kb. Pdf ko'rish
|
chidamlilik sifatlarini
2. Sifatlarni rivojlantirishda tabiatning sog’lomlashtiruvchi kuchlari.
Havo, quyosh nuri, suv jismoniy tarbiya jarayonida tabiatning sog`lom- lashtiruvchi kuchlari tarzida tarbiyaning vositasi sifatida foydalaniladi. Hayotiy sharoit, muhit insonni turli sharoitda moddiy ne`mat yaratish, yashashga majbur qiladi. Bunga ko`nikish, tayyor bo`lish muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun tabiatning in`omi-havo, suv, quyosh nuri inson ish qobiliyatini oshirish, salomatligini mustahkamlashning asosiy vositasidir. Jismoniy tarbiya jarayonida tabiatning sog`lomlashtiruvchi kuchlaridan foydalanib (ochiq havoda, queyosh nuri ostida) jismoniy mashqlar bilan shug`ullanish mashqulotlari olib boriladi. Cho`milish oftobda toblanish, havoning issiq-sovug`i jismoniy mashqlar bilan inson organizmiga turlicha ta`sir ko`rsatadi. Mashg`ulotlar davomida bu vositalardan tizimli foydalanishning muhim ahamiyati bor. Jonajon respulikamizning geografik, iqlimiy va ekologik holati barcha viloyat va hududlarda tabiatning sog`lomlashtiruvchi kuchlari va ulardan foydalanishning ilmiy asosini ishlab chiqishni taqoza etadi. Odatda quyosh nurida toblanish-undan foydalanishi soat 10. 00 dan 12. 00 gacha bo`lib uning ya`ni quyosh nuri tarkibidagi ultrabinafsha nurlarni turli yoshdagilar alohida ajratilgan uslubiyati ilmiy ishlamagan. Ayrim holda chiniqishning bu usulidan 16.00 - 17.20 gacha foydalaniladi. Bu vaqtning ham turli hil yosh va jinsdagilar uchun individual hususiyatlarini hisobga olgan tarzdagi uslubiyati mavjud emas. Jismoniy mashqlarning me`yori, yuklamaning umumiy miqdori, mashqning intensivligini e`tibordan chetda qoldirish tabiatni sog`lomlashtiruvchi kuchlaridan foydalanishda salbiy natijalarga olib kelishni unutmasligimiz lozim. Shug`ullanuvchilarga quyosh vannasi, suvda chiniqishning nazariy bilimlarini berish va ulardan sistemali foydalanish. havoning uzgarishi organizmning issiq-suvuqqa, keskin uzgarishi orqali organizmni keskin uzgarishlarga moslashuvini oshirish, tabiatni sog`lomlashtiruvchi kuchlaridan foydalanish jaraenini samaradorligini oshiradi. Chiniqtirish individning yoshligidan amalga oshirilishi lozim. Har tomonlama chiniqtirish uchun tabiat omillarini turli jismoniy mashqlarni bajarish bilan qushib olib borilishi tashqi muhitning salbiy ta`sirlariga organizmning qarshilik kursata olish qobiliyatini oshirishi hozirgi kunda ilmiy-amaliy isbotlangan. Jismoniy tarbiya jarayonida erishilgan chiniqishning samarasi «kuchuvchan» buladi, ya`ni u insonning boshqa faoliyati (asosan, mehnat harbiy xizmat) da namoen buladi va jismoniy tarbiyaning haetiy amaliyligini oshiradi. Qolaversa, ruhiy-irodaviy hislatlarini ham kuchaytiradi. Ayniqsa, chayqalish, tebranish, me`ersiz nagruzkaga chidash, vaznsizlik holatidagi turli xil o`zgarishlarga oson moslashtiradi. Gigienik omillar shaxsiy va jamoat gigienasi tadbirlarini uz ichiga olib, mehnat gigenasi, ovqatlanish, dam olish va tashqi muhitning faktorlari va mashq boshqalardan jismoniy mashqlarni bajarish (dars, mashq qilish, trenirovka) mashqulotlari gigienik talab va normalarga rioya qilishni taqoza etadi. Ular jismoniy mashqlar ta`sirchanligini, samaradorligini oshirishini ilmiy, amaliy jihatdan isbotlangan. Gigienik sharoitni etarli darajada ta`minlash, jismoniy tarbiya uchun foydalaniladigan moddiy-texnik baza, sport anjomlari, jihozlar va mavjud kiyi-boshning holatiga bog`liq. Jismoniy mashqlar, tabiatning sog`lomlashtiruvchi kuchlari va gigienik omillarni ratsional qo`llash inson salomatligini mustahkamlaydi va jismoniy qobiliyatlarni rivojlantiradi. Jismoniy mashqlar bilan shug`ullanish mashg`ulortlari inson haetiy faoliyatining organik qismiga aylansigina jismoniy tarbiya tizimining sog`lomlashtirilishiga yo`naltirilgan printsipni amalga oshirishning imkoni buladi. Boshqa tomondan, kerak bo`lgan gigienik normalarga rioya qilinsagina jismoniy mashqlar kerak bulgan samarasini beradi. Gigienik omillar jismoniy tarbiyaning vazifasini tula qonli hal qilish uchun ahamiyati katta. Download 330.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling