Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika intituti tayanch doktori (PhD) Nosirova Tillojon Xayitboevnaning


Download 14.49 Kb.
Sana30.04.2023
Hajmi14.49 Kb.
#1414798
Bog'liq
dalolatnoma


Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika intituti tayanch doktori (PhD) Nosirova Tillojon Xayitboevnaning 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi, pedagogik ta‘limotlar tarixi ixtisosligi bo‘yicha “Talaba qizlarning ijtimoyilashuvi orqali
ma’naviy – axloqiy tarbiya berishda o’lan va allalardan foydalanish texnologiyalari (o’zbek va tojik xalqlari ma’naviy qadriyatlari misolida)” mavzusidagi ilmiy-tadqiqot ishi natijalari va ularning amaliyotga tadbiqi yuzasidan
DАLOLАTNOMА

Tadqiqotchi Nosirova Tillojon Xayitboevna tamonidan Samarqand viloyati Samarqand shahar 22,64,77 umumiy o'rta ta'lim maktablarida tajriba-sinov ishlari o'tkazilib, tadqiqot asosida olingan quyidagi natijalar ta'lim-tarbiya amaliyotiga joriy etildi:


1. Umumiy o'rta ta'lim maktablarida ma'naviy-axloqiy tarbiya ishlarini talaba qizlar, oila-mahalla-maktab hamkorligi asosida mustahkamlanishi, pedagogic hamkorlik munosabatlari amalga oshirish mehanizmlari tadqiqot rejasi asosida o‘rganilib, asosiy tarbiyaviy tayanch vosita sifatida tahlil qilindi;
2. Umumbashariy qadriyatlar orqali ma’naviy va axloqiy tarbiya sifatini oshirishga xizmat qiluvchi o'lchov indikatorlarini kvalimetriyalash bo'yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi;
3. Talaba qizlarning ona allasi orqali tarbiyalashda, tarbiya samaradorligini baholashga kvalimetrik yondashuvning zaruriyati muammo sifatida tadqiq etildi;
4. “Talaba qizlarning o’lan va allalar orqali ma'naviy-axloqiy qiyofasi”ni kvalimetriyalashda sotsiometriya usuli qo'llanilib, o‘quvchi-yoshlar qobiliyatlarini qizlar alla orqali dunyoqarashini ro'yobga chiqarishda ota – onalar ishtirokini baholash uchun ham eksperementlar o‘tkazildi;
5. Muayyan tahlil asosida ma‘naviy tarbiya ishlarini sifat jihatdan baholash hamda oila-mahalla-maktab hamkorligini dasturiy maqsad asosida mustahkamlash bo'yicha taklif, tavsiyalarni ishlab chiqildi va samarali natijaga erishildi.
6. O'zbekiston Ryespublikasi Vazirlar Mahkamasining «Uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Qarorida belgilangan, umumbashariy va milliy qadriyatlarimiz ma‘naviy tarbiyani baholashning ilmiy asoslangan indekatorlarini ishlab chiqish masalasi hamda uzluksiz ma'naviy tarbiyani amalga oshirishda ota-ona, tarbiyachi, o'qituvchi, uzluksiz ta'lim muassasalari va mahalla, bog’cha jamoatchiligining o'zaro samarali hamkorligi mexanizmlarini ishlab chiqish uchun muhim ahamiyat kasb etdi.


Samarqand viloyati maktabgacha
va maktab ta`limi boshqarmasi
boshlig`i v.v.b: Sh.Sultonov
Download 14.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling