Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika universiteti “San’atshunoslik” fakulteti “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi


Download 9.48 Kb.
Sana21.11.2023
Hajmi9.48 Kb.
#1792819
Bog'liq
nhjkk


Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika universiteti “San’atshunoslik” fakulteti “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bitiruvchisi Ko’kiyev Jamshid Shodiyor o‘g‘lining “Zamonaviy turarjoy majmuasini loyihalashtirishda milliylikning ahamiyati” (maketini ishlash) mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga
TAQRIZ
Oliy ta’limning asosiy maqsadi zamon talablariga javob bera oladigan malakali, raqobatbardosh, yuksak bilimli, oliy ta’lim mutaxassisi talabalari o‘zi tanlagan yo‘nalishi yuzasidan talabga javob bera oladigan Respublikaning ilm-fan, madaniyat, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni rivojlantirishda o‘z hissalarini qo‘shadigan, mustaqil fikrlaydigan yuksak ma’naviyatga ega bo‘lgan yuqori salohiyatli mutaxassislarni tayyorlashdir.
Bitiruv malakaviy ishining “Zamonaviy turarjoy majmuasini loyihalashtirishda milliylikning ahamiyati (maketini ishlash)” mavzusi talabalarning fazoviy tasavvurini o’stirishga, rivojlantirishga, ko’nikma va malakalarning yanada oshishiga xizmat qilishini hisobga olib, masalalar yechishda talabalarning bilim olish qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qiluvchi metodik tavsiyalar shuningdek, talabalarning bilim olish qobiliyatini hisobga olgan holda takliflar va yechimlar berilgan.
Bitiruv malakaviy ishda “Zamonaviy turarjoy majmuasini loyihalashtirishda milliylikning ahamiyati (maketini ishlash)” oid masalarda talabalarning bilim olish qobiliyatini faollashtirishga xizmat qiluvchi individual topshiriqlarning sifatini yanada yaxshilash va shu asosda talabalarning bilim olish qobiliyatini shakllantirish lozimligi ko’zda tutilgan. Bu esa o’qitish jarayonida talabalarning bilish qobiliyatlarini faollashtirishga katta yordam beradi.
Ko’kiyev Jamshid Shodiyor o‘g‘lining “Zamonaviy turarjoy majmuasini loyihalashtirishda milliylikning ahamiyati” (maketini ishlash) mavzusidagi bitiruv malakaviy ishini himoyaga tavsiya qilish mumkin.

Jizzax viloyati Zomin tumani 22-maktab derektori:



_______F.A.UMIRZOQOV

Download 9.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling