Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika


l.2. AMIR TEMUR SHAXSI, TEMURIYLAR DAVRI IBRAT MAKTABI


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana23.12.2022
Hajmi0.73 Mb.
#1046112
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Pedagogika� fakulteti �Boshlang�ich ta�lim� yo�nalishi 2 kurs g

 
l.2. AMIR TEMUR SHAXSI, TEMURIYLAR DAVRI IBRAT MAKTABI 
SIFATIDA. 
Davrga ta'sir etgan omillar yurtimiz tarixidagi zarhal harflar bilan bitilgan 
ulkan xazinadir. Mamlakatimizning dunyoga mashhur bo'lishida, insonlar 
tarbiyasida bu davr o'z rolini bajarmoqda va mustaqilligimizni mustahkamlashda, 
xalqimizning 
milliy 
g'ururini 
shakllantirishda 
xizmat 
qilmoqda. 
Har bir davrning moddiy va ma'naviy taraqqiyotga ta'sir etuvchi o'z omillari 
bo'ladi. Temuriylar davri ma'naviyatining yuksalishiga ta'sir etgan omillar- IX-XII 
asrlarda Markaziy Osiyoda ro'y bergan o'zgarishlar, buyuk Uyg'onish davri (Sharq 
Renessansi) kashfiyotlari, ilm-fan sohasidagi katta o'zgarishlar, buyuk allomalar 
Ibn Sino, Forobiy, Farg'oniy, Beruniy, Buxoriy, Bahouddin Naqshband va 
boshqalarning 
asarlari, 
keyingi 
asrlardagi 
voqealardir 

Mutaxassis olimlarning fikrlariga qaraganda, mashhur shayx Bahouddin 
Naqshband tariqati Amir Temur davri mafkurasi asosini tashkil etgan va u yuksak 
e'tibor topganligi tasodifiy emas eqi. «Diling Allohda, qo'ling - mehnatda bo'lsin»,- 
degan 
buyuk 
hikmat 
Amir 
Temur 
dunyoqarashiga 
mos 
edi. 
Uzoq cho'zilgan vayronagarchilik, mislsiz urushlar bu o'lkada yagona va 
qudratli davlat barpo etilishini hamda mamlakatda tinchlik va osoyishtalik 
o'rnatilishini 
tarixiy 
zaruratga 
aylantirgan 
edi. 
Avvalo, shuni aytish joizki, Chig'atoy avlodidan bo'lgan Tarmashirinxon 
(l326-l334) o'ldirilgandan keyin Movarounnahrda beqarorlik kuchaydi. Lekin
chig'atoiylarning birontasining ham kuchayib borayotgan feodal tarqoqlikka 
barham berishga kuchi yetmadi. Chig'atoy ulusi l0 ga yaqin mustaqil bekliklarga 
bo'linib ketdi. Masalan, Kesh viloyatida Hoji Barlos o'zini hokim deb e'lon qildi. 
Xo'jand va unga qarashli yerlarda amir Boyazid Jaloir mustaqillik e'lon qildi. 
Birbirlari 
bilan 
talonchilik 
urushlari 
boshlanib 
ketdi. 
Mo'g'uliston xoni Tug'luq Temurxon (l336—l405) bu parokandalikdan 
foydalanib, l360-yil fevralida sanoqsiz lashkar bilan Movarounnahrga bostirib 
kirdi. Sayram mo'g'ulga qarshilik ko'rsatmay taslim bo'ldi. Sirdaryoning o'ng va 
so'l 
tomonlari 
ham 
shu 
zaylda 
egallandi. 
O'zini hokim, xon deb atagan boshliqlar ham qochib keta boshladi yoki 
mo'g'ul qo'shinlariga qo'shildi. Lekin xalqqa qiyin bo'ldi. Mo'g'ullar l369-yilgacha 
Movarounnahrda xo'jayinlik qilishdi. Urushlar, to'qnashuvlar hammaning tinkasini 
quritdi. Vatan ozodligi va mustaqilligi yo'lida jonini tikkan yolg'iz Amir Temur 
bo'ldi. U markazlashgan mustaqil davlatga asos soldi. Har qanday daylat o'z 
faoliyatida ma'lum ijtimoiy guruhning maqsad ya manfaatlarini himoya qiladi. 
Masalan, quldorlik daylati qul egalarining, feodal davlati yirik yer-suv hamda mulk 


- 10 - 
egalarining manfaatini himoya qiladi va hokazo. Temuriylar davlati ham 
mulkdorlar hukmron bo'lgan daylat edi. 
Amir Temur ko'p yillar dayom etgan feodal tarqoqlik va urushlar oqibatida 
vayron bo'lgan xalq xo'jaligini tiklash, shaharlarni qayta qurish ya mamlakatni 
obod qilishda zo'r tashabbus va jonbozlik ko'rsatdi. Masalan, Samarqand va 
Banokat shaharlari l2l8-l2l9-yillarda mo'g'ullar tarafidan tamoman vayron 
etilgan edi. Buxoro, Nasaf (Qarshi) va boshqa shaharlar ham nochor ahvolga tushib 
qolgan edi. Shaharlarni tiklamasdan, obod qilmasdan turib mamlakatda 
hunarmandchilik 
va 
savdo-sotiqni 
rivojlantirib 
bo'lmas 
edi. 
Amir Temur hokimiyat tepasiga kelishi bilanoq shaharlarni tiklash va 
obodonlashtirish ishiga astoydil kirishdi. Masalan, l37l -l372-yillarda poytaxt 
Samarqandning buzilib ketgan hisori (qal'a) va uzunligi 70 chaqirim atrofida 
bo'lgan devorini tiklatdi. O'shanda Shahriston (tashqi shahar) ya uning 6 darvozasi 
(Shayxzoda, Ohanin, Feruza, So'zangaron, Korizgoh, Chorsu), 4 qavatli ikki ulkan
saroy - Ko'ksaroy va Bo'stonsaroy bunyod etildi, shahar ko'chalari ya bozorlari 
obod qilindi. 
Shohi Zindada O'ljoy Turkon og'o, Tug'luq Tegin, Qutlug' Turkon og'o, 
Shirinbeka maqbaralari, xonaqoh va Chortoq qurildi. Temurning rag'bati bilan 
Samarqand Chorsusida Tim va shaharning u boshidan bu boshigacha kesib o'tgan 
shoh 
ko'cha, 
Ruhobod 
maqbaralari 
ham 
qurildi. 
Sohibqiron Amir Temur o'z hayoti dayomida ko'plab shaharlar, masjid-u 
madrasalar, maqbaralar, xonaqohlar, qal'a-qasrlar, bog'-rog'lar, sug'orish 
inshootlari, rayon yo'llar, ko'priklar barpo ettirdi. Ularning, ba'zilarini o'g'illari, 
nabiralari, saroy malikalari, islom rahnamolari nomi bilan atashga da'vat etdi. 
Biroq barpo etilgan inshootlarning birontasiga ham Amir Temur nomi berilmadi. 
Bunga uning o'zi xohish bildirmadi. 
Amir Temur davrida Samarqand yangicha usulda qayta qurildi. Mo'g'ullar 
hukmronligi davrida, ya'ni keyingi l40 yil davomida biron-bir katta bino 
qurilmagan edi. 
Amir Temur dunyo madaniyatiga, ma'naviyatiga beqiyos hissa qo'shgan 
buyuk shaxsdir. Amir Temur qurdirgan Bibixonim masjidi (l404), Oqsaroy qasri 
(l380-l404), 
Dorus-saodat 
maqbarasi 
(l380) 
oliy 
imoratlardir. 
Amir Temur davrida bog' yaratish ishlari beqiyos rivojlandi. Bog'lar 
xalqning urf-odatlari va mavjud sharoitdan kelib chiqib yaratilgan. Tadqiqotchi 
O'.Alimov ta'kidlashicha, Sohibqiron Samarqand atrofida l2 ta bog'-saroy barpo 
ettirgan. Bular Bog'i Naqshijahon, Bog'i Behisht, Bog'i Shohrux, Bog'i Dilkusho, 
Bog'i Shamol, Bog'i Davlatobod, Bog'i Bo'ldi, Bog'i Maydon, Bog'i Baland, Bog'i 


- 11 - 
Chinor, Bog'i Jahonnamo, Bog'i Navbog'laridir. Bulardan tashqari mamlakatning 
boshqa joylarida ham ko'plab bog'lar yaratilgan. 
Amir Temur jismonan baquvvatligi va yuksak ma'naviyati bilan 
odamlardan ajralib turadigan, har qanday odamning ruhiga ta'sir o'tkazadigan 
hamda o'ziga bo'ysundiradigan buyuk shaxs edi. Angliyalik tadqiqotchi Xilda 
Xukxemning fikricha, Amir Temur O'rta Osiyo o'tmish taraqqiyotida to'plangan
siyosiy, iqtisodiy va madaniy merosni o'zida mujassamlantirgan va bu madaniy 
merosning davomchisi bo'lgan shaxsdir. 
Amir Temurning avlodlaridan ko'pchiligi shunday obodonchilik ishlarini 
davom ettirdilar. Mirzo Ulug'bek qurdirgan madrasalar, Husayn Boyqaro davrida 
Alisher Navoiy boshchiligidagi obodonchilik ishlari, Boburiylar davridagi noyob 
qurilishlar 
bunga 
misol 
bo'la 
oladi. 
Amir Temur o'z ulkan saltanatini Boshqaruvini ulus-ulus qilib idora qilgan. 
Movarounnahrdan boshqa barcha o'lka va mamlakatlarni u 4 ulusga bo'lib, o'g'il, 
nabiralariga taqsimlab bergan. Ulus hokimlari mustaqil hukmdorga o 'xshardi. 
Ularning o'z devonlari, xazinasi va qo'shini bo'lgan. Lekin ular ulusning 
muhim ishlarini otasi va markaziy hukumat bilan kengashib qilishardi. Ayni 
mahalda Amir Temur ularning yonida o'zining ishonchli odamlarini tutardi. 
Ulus hokimlari xirojning bir qismini markaziy davlat xazinasiga jo'natib 
turishlari shart edi va zarur bo'lib qolsa, otasi yoniga qo'shin bilan borib, xizmat 
qilishga majbur edi. 
Amir Temur markaziy davlat tizimini ixcham va ishchan qilib tuzdi, bunda 
songa emas, sifatga e'tibor berdi. 
Davlat siyosatini belgilashda va uni amalda hayotga tatbiq etishda 
naqshbandiya tariqati g'oyalarini ifodalovchi «rosti-rusti» qoidasi asos qilib olindi. 
Sohibqiron bu g'oyani takomillashtirib, «Kuch- adolatdadir» degan mashhur 
hamda shu davrgacha davlatlar tajribasida ommaviy qo'llanilmagan qoidani kashf 
etdi. Davlat ishiga iymonli, diyonatli kishilami o'tqazdi. Davlatni boshqarishni 4 
omilga bog'liq deb bildi: l. Saltanat. 2. Xazina. 3. Qo'shin (sipoh masalasida). 4. 
Raiyat (qora xalq). Saltanatni yuritishda vazirlar masalasiga e'tibor qaratildi. Vazir 
4 sifatga ega bo'lishi shart bo’gan. Bular: l) asllik va toza nasllik; 2) aql- u 
farosatlilik; 3) raiyat va sipoh ahvolidan boxabarlik; 4) sabr-toqatlilik va 
tinchliksevarlik. Amir Temur tuzgan markaziy davlat tizimini bor-yo'g'i 7 vazir 
boshqargan: l) mamlakat va raiyat vaziri (vaziri a'zam -Bosh vazir); 2) sipoh vaziri 
(sipohning ta'minoti va uning umumiy ahvoli); 3) moliya ishlari vaziri (egasiz 
davlatga qarashli yer-suv va mulk; 4) saltanat ishlarini yurituvchi vazir (kirim l6 
chiqim masalasida); 5) adliya ishlari vaziri bo'lib qozilar devonga rahbarlik qilgan; 


- 12 - 
6) devoni mushrifga rahbarlik (voqea-hodisalardan xabardorlik); 7) xorijiy 
mamlakatlar bilan bo'ladigan munosabatlarga mutasaddilik. Amir Temur saltanatni 
boshqarishda kengash, mashvarat va maslahatga alohida e'tibor bergan. Kengash 
bu yaqin, ishonchli odamlar bilan muhim davlat ishlari yuzasidan qilinadigan 
maslahat, yig'ilish. Mashvarat esa mashoyix, ulamo, fuzalo, vuzaro va boshqa 
arkoni davlatni to'plab qilinadigan yig'ilish. «Garchi ishning qanday yakunlanishi 
taqdir pardasi ortida yashirin bo'lsa-da, - deydi u, -aqli raso va hushyor kishilardan 
kengash-u tadbir istab, fikrlarini bilmoq lozim». «Davlat ishlarining 9 ulushini, - 
deydi u, - kengash, tadbir va mashvarat bilan, qolgan bir ulushini qilich bilan hal 
qildim». 
Amir Temur el-yurtni o'z tasarrufiga olish va itoatda tutish uchun l2 tuzuk 
tuzdi: 
l) Podshohlar bir so'zlik bo'lishi va aytgan so'ziga amal qilishi, belgilangan har bir 
ishini bilib qilishi lozim. 
2) Har bir ishda adolatpesha bo'lishi, atrofida ham shunday kishilarni tutishi zarur . 
3) Ne ishniki qilar bo'lsa, o'zi hukm chiqarsin. 
4) 
Biror 
ishga 
azmu 
qaror 
qilar 
ekan, 
qarorida 
qattiq 
tursin. 
5) Oning amr-u farmoni hamma uchun vojib bo'lsin. 
6) Podshohlik ishlarini biron boshqa kimsaga ishonib berib qo'ymasin. 
7) Ne ish qilmoqchi bo'lsa, boshqalar bilan kengashsin, lekin maslahatning 
foydalisini olsin. 
8) Saltanat, raiyat va Sipoh ishlarida yaxshi-yomon gaplar eshitsa, haqiqat qilib, 
shoshmasdan, mulohaza bilan hukm chiqarsin. 
9) Sipoh va raiyat oldida o'zini haybatli va jiddiy tutsinki, hech kim bo 'yin tovlash 
va gap qaytarishga jur'at etolmasin. 
l0) Raiyat, xazina, lashkar va saltanat podshohning hukmi ostidadir, u buni doimo 
esda tutmog'i lozim. 
ll) Saltanatni idora qilishda boshqani o'ziga sherik qilmaslik kerak.
l2) Ahli kengashdan ogoh va hushyor bo'lmog'i olzim, chunki ko 'pincha ayb 
axtaradilar va uni tashqariga tashiydilar . 
Amir Temur tuzgan bu davlat barcha ijtimoiy tabaqalarga suyangan va 
qonun asosida boshqariladigan yangi bir davlat edi. «Saltanatim binosini, -deb 
yozadi Amir Temur, - dini islom, to'ra va tuzuk (qonun-qoida) asosida 


- 13 - 
mustahkamladim. Saltanatimni boshqarishda uchragan har qanday ishni tuzukka 
binoan qildim». 
Temurdan keyingi uning izdoshlari ham boshqaruv san'atiga amal qilib, 
uni takomillashtirishdi. Ayniqsa, Mirzo Ulug'bek davrida bu narsa yaqqol 
ko'rindi. 
Movarounnahrning qadimiy iqtisodiy, madaniy shuhratini tiklash yillarida 
uning ma'naviy salohiyati yanada kamol topdi va ijtimoiy hayotda to'laligicha 
namoyon bo'ldi. Shuning uchun ham mamlakat ijtimoiy hayotining barcha 
tomonlari, 
davlat 
idora 
tizimi, 
iqtisodiy, 
moliyaviy, 
dehqonchilik, 
hunarmandchilik, savdo, madaniyat, fan, me'morchilik, harbiy masalalar, xalqaro 
aloqalar, islom dini, shariat va boshqa sohalar maqsadga muvofiq rivojlandi. 
Amir Temur davlatni boshqarishda, uning ichki va tashqi siyosatini belgilashda, 
xalq ommasi, mansabdor shaxslar, olim-u fuzalolar, islom rahnamolariga 
munosabatda Allohga, iymonga, tafakkurga, kitobga va eng so'nggi chora 
sifatidagina qilichga asoslanib ish yuritdi, hukm chiqardi. Demak, Amir Temur 
buyuk davlat arbobi va yuksak ma'naviyatga ega bo'lgan dono hukmdor bo'lib, 
ham siyosiy, ham ma'naviy jihatdan juda katta tarixiy ahamiyatga egadir. Zero: 
l. Amir Temur XIV asrdayoq mamlakat va mintaqalararo munosabatlarni 
chuqurlashtirib, yagona iqtisodiy makonga birlashtirishga harakat qildi. 
Integratsiyani ishlab chiqib, Buyuk Ipak yo'li o'tgan .mamlakatlar o'rtasida 
madaniyatlar muloqotini boshlab berdi. 
2. Amir Temur davlat tizimi va boshqaruvni tashkil etishda o'ziga xos maktab 
yaratdi, adolatli jamiyat qaror toptirishda qonun ustuvorligiga rioya qildi. 
3. Amir Temur davlatchilik tamoyillarini rivojlantirdi, uni aql -idrok salohiyatiga 
tayanib, taktik va strategik asosda shakllantirdi; l8 
4. 
Amir 
Temur 
saltanati 
ma 
'naviyat 
va 
oliy 
darajadagi 
madaniyatga yo'g'rilgan saltanat edi.«Temur tuzuklari». 
Amir Temur ma'naviyat masalalari tomomdan XIV-XV asrlarda yozilgan 
bo'lib, dastlab turk tilida chop etilgan. l783-yilda ingliz tilida nashr qilingan. 
Birinchi 
marta 
o'zbek 
tiliga 
l967-yilda 
forschadan 
tarjima 
qilingan. 
«Temur tuzuklari»da Amir Temur, Movarounnahrning l342-l405-yillar 
orasidagi ijtimoiy-siyosiy ahvoli, qo'shni mamlakatlar va xalqlar bilan bo'lgan 
o'zaro munosabatlar haqida hikoya qilinadi. «Temur tuzuklari»da Amir Temurning 
asosiy doktrinasi -jamiyatga, ijtimoiy-siyosiy hayotga qarashi, birlashgan qudratli 
feodal davlatning siyosiy va axloqiy tamoyillari Jfodalangan. «Temur tuzuklari» 
podshohlarning turish-turmushi va odob-axloq me'yorlarini belgilovchi risoladir. 
Asar 2 qismdan iborat. 


- 14 - 
Birinchi qismda jahon tarixida mashhur fotih, sarkarda va iste'dodli davlat 
arbobi sifatida nom qoldirgan Amir Temurning 7 yoshidan to vafotiga qadar 
kechgan hayoti va ijtimoiy-siyosiy faoliyati, aniqrog'i, uning Movarounnahrda 
Markaziy hokimiyatni qo'lga kiritish, feodal tarqoqlikka barham berish va 
markazlashgan davlat tuzish, qo'shni yurt va mamlakatlarni, masalan, Eron hamda 
Afg'onistonni o'z tasarrufiga kiritish, oltin O'rda hukmdori To'xtamishxon (l376- 
l395), butun Yevropaga qo'rquv va dahshat solgan Turkiya sultoni Boyazid 
Yildirim (l389-l402) ga qarshi va, nihoyat, buyuk jahongirning Ozarboyjon, 
Gruziya va Hindistonga qilgan harbiy yurishlari ixcham tarzda bayon etilgan. 
Ikkinchi qism jahongirning nomidan aytilgan va uning toj-u taxt vorislariga 
atalgan o'ziga xos vasiyat va pand-nasihatlaridan iborat. Unda davlatni idora 
qilishda 
kimlargtayanish, 
boshliqlarni 
saylash, 
sipohiylarning 
maoshi, 
mamlakatlarni boshqarish tartibi, davlat arboblari va boshliqlarning burch va 
vazifalari, amirlar, vazirlar va boshqa mansabdorlarning toj-u taxt oldidagi alohida 
xizmatlarini 
taqdirlash 
tartibi 
va 
boshqalar 
xususida 
gap 
boradi. 
Amir Temur davlatni boshqarishda o'zidan avval o'tgan hukmdorlardan farq 
qilib, davlat va mamlakatni boshqarishda l yoki 2 tabaqaga emas, balki aholining l 
barcha tabaqalariga suyandi. «Temur tuzuklari»da aytilishicha, davlat asosini l2 
ijtimoiy 
toifa 
tashkil 
qiladi: 
l) sayyidlar (payg'ambar avlodlari), ulamo, mashoyix, fozil kishilar;
2)ishbilarmon, donishmand kishilar;
3) xudojo'y, darvesh, qalandarlar;
4) no'yonlaramirlar, ya'ni harbiy kishilar, mingboshilar;
5) sipoh va raiyat;
6) maxsus ishonchli kishilar; 
7) vazirlar va sarkotiblar;
8) hakimlar va tabiblar, munajjimlar vamuhandislar;
9) tafsir va hadis olimlari;
l0) ahli hunar va san'atchilar, hunarmand, kosiblar;
ll) so'fiylar;
l2) 
tojir 
(savdogar) 
va 
sayyohlar 
xorij 
bilan 
savdo-sotiq. 
Uning taqdirini 3 narsa: podshoh, xazina va askar hal qiladi. Qo'shin, asosan, o'n, 
yuz, ming va tumanga bo'lingan, o'n kishilik harbiy bo'linma tepasida turgan 


- 15 - 
bosviq- o'nboshi, shuningdek... yuzboshi, mingboshi, tuman boshlig'i, no'yon deb 
atalgan. Asarda ularning haqhuquqlari, oylik maoshi ham aniq ko'rsatilgan. 
Amir Temur shaharlarda ilm-fan, madaniyatni rivojlantirish uchun ko'plab 
ilmiy muassasalar qurishga amr qilgan. Madrasalarda diniy fanlar bilan baravar 
matematika, me'morchilik, astronomiya, adabiyot, tarix, musiqa kabi fanlarning 
o'qitilishiga alohida e'tibor berilgan. «Temur tuzuklari»da aytilishicha, 
musulmonlarga diniy madrasalarda ta'lim berish, shariat aqidalari va islom dini 
ilmlari: tafsir, hadis, fiqhdan dars berish uchun sohibqiron tomonidan har bir 
shaharga olimlar va mudarrislar tayin qilingan. Talabalarga o'z davrining yirik 
allomalari dars berganlar. Madrasa mudarrislariga ko'p maosh to'langan, ular 
farovon hayot kechirganlar. «Temur tuzuklari»da «Sayyidlar, ulamoyu mashoyix, 
oqilu donolar, tarixchilarni e'tiborli kishilar hisoblab, hurmatlarini joyiga qo'ydim. 
Ular 
bilan 
qimmatli 
fikrlashdim»,- 
deb 
yozadi. 
Garchi Turon zaminida olimlar, muhandislar, ustalar yetarli bo'lsa-da, 
Amir Temur Hindiston, Iroq va Erondan ham olim-u fuzalolarni Samarqandga olib 
kelgan. Amir Temur qaysi mamlakatni egallasa, uning noyob o'ljasi shu 
o'lkaning rassomlari, mohir ustalari hisoblangan. U o'sha yerlik olimu 
ulamolarga mehribonlik ko'rsatgan. Albatta, bu tadbirlar juda yaxshi natijalarga 
olib kelgan. Xilda Xukxemning e'tirof etishicha, «Temur dunyoga kelgan yurtda 
falsafa, tibbiyot, matematika, astronomiya, geografiya, tarix, adabiyot sohalarida 
0lamshumul asarlar yaratildi. Bu asarlar keyinchalik Yevropa Uyg'onish 2l 
davriga turtki bo'ldi va Yevropa ,fanining uzoq asrlar davomidagi taraqqiyotiga 
asos bo'lib xizmat qildi. O'n beshinchi asrni Temuriylar Renessansi davri deb 
atash mumkin». Temur davridagi ilm-fanga g'amxo'rlik Ulug'bek davriga kelib 
o'z mevasini berdi va Samarqandni dunyoga mashhur qildi. O'n yettinchi asrga 
kelib Angliya qirolligining birinchi astronomi Ulug'bekning «Zijijadidi 
Ko'ragoniy» asaridan foydalangan. 
Temuriylar davri ma'naviyatining buyuk namoyandasi, shubhasiz, Alisher 
Navoiydir. Navoiy maktabi noyob hodisa bo'lib, hozirgacha dunyoni l0l q0ldirib 
kelmoqda. Albatta, buyuk insonlar komillik cho'qqisiga osonlikcha erishganlari 
yo'q. Ular turli qiyin bosqichlardan o'tganlar. O'tmishda ma'naviy kamolotga 
intilgan shogirdlar (muridlar) o'zlarini tamomila ustoz (murshid) ixtiyoriga 
topshirganlar. Shogird faqatgina ixlos va sadoqat ila komil ustoz tarbiyasida 
yetuklikka erishishi, ilm cho'qqilarini zabt etishi, qabihlik va razolatga yetaklovchi 
shayton vasvasalaridan saqlanishi mumkinligi haqida «Turkiston mulkining 
shayxul mashoyixi» (Alisher Navoiy) bo'lgan Ahmad Yassaviy quyidagi hikmatni 
bejiz 
ijod 
qilmagan: 
Piri mug'on xizmatida yugurib yurdim, 


- 16 - 
Xizmat qilib, ko 'zim yummay hozir turdim. 
Madad qildi, Azozilni kovlab surdim, 
Andin so'ngra qanot qoqib uchdim mano. 
Talabalikning dastlabki davrida ustoz talabada mavjud g'ururni sindirishga 
harakat qilgan. Shogirddagi mag'rurlik illatini bartaraf etmoq maqsadida ustoz 
eng past, kishilar xazar qiladigan ishlarni bajarishni ham shogirdlariga buyurgan. 
Jumladan, ulug' mutafakkir Jaloliddin Rumiy ustozlari ila masjid va madrasa 
hojatxonalarini poklashgan. Abu Rayhon Beruniy kutubxonadagi kitoblardan 
foydalanmoq uchun masjid hovlisini har kuni supurib-sidirgan. So'fi Olloyor 
tavbasining ijobati uchun kishilarning tahoratiga xizmat qilgan. Bu xil allomalar 
ustozlar tomonidan buyurilgan ishni bajarmasliklari mumkin emas edi. Aynan shu 
xil riyozatlar chekilgani tufayli g'ururi singan, xudbinlik urug'i qurigan va 
oqibatda nafsiy illatlardan forig' bo'lib, komillikka intiluvchi inson qolgan. Yuzaki
qaraganda, murshid shogirdiga jabr qilgandek tuyuladi. Lekin bu «jabr» muridni 
tarbiyalash va chiniqtirish uchun juda zarur ekan. Shu sabab «Ota mehridan -ustoz 
jabri afzal» , degan purma'no maqol yaratilgan. Bunga monand Amir Temur: «Piri 
komil shayx Bahouddin Naqshbandiyning: «Kam yegin, kam uxla, kam gapir» , 
degan pand- u nasihatlariga amal qildim. Arkoni davlatga, barcha mulozimlarga 
ham aytar so'zim shu bo'ldi: «kam yenglar -ocharchilik ko'rmaysizlar, boybadavlat 
yashaysizlar, 
kam 
uxlanglar 
-mukammallikka 
erishasizlar, 
kam 
gapiringlar dono bo'lasizlar. 
Amir Temur XIV asrda buyuk Temuriylar davlatiga asos soldi. l,5 mln. kv. 
km. hududda- O'rta Osiyo, Qozog'iston, Shimoliy Kaspiy, Shimolda Ural, G'arbda 
Sibir, Kustanay soyliklari, Sharqda Markaziy Qozog'iston va Tyanshan janubiy 
etaklari, Pomir tog'liklari, Kopetdog' oldi hududlarida o'z imperiyasini tuzdi. 27 ta 
podshohlikni egalladi 
Amir Temur Xitoy chegaralaridan boshlab to Sharqiy Rum va Misr 
yerlarigacha bo'lgan hududlarni islom bayrog'i ostida yagona davlatga birlashtirdi. 
Sohibqiron tomonidan barpo etilgan markazlashgan mustahkam davlat qariyb l,5 
asr o'z kuchini ko'rsatdi. Bu esa uning adolat va shariat asosida qurilgani, 
ustozlari, pirlari Tayobodiy, Sayyid Mir Kulol, Sayyid Barakalar o'gitlariga amal 
qilgani bilan izohlanadi. 
Temuriylar mamlakatni 3 asrga yaqin boshqardilar. Amir Temurning tarixiy 
xizmati shundaki, uning harakatlari tufayli Osiyo va Yevropa davlatlari tarixda 
birinchi marta yagona jug'rofiy-siyosiy makonda ekanliklarini his etdi. Umuman, 


- 17 - 
Amir Temurning jahon madaniyati siyosiy va ma'naviy hayotida tutgan o'rni va 
tarixiy ahamiyati quyidagilardan iborat: 
Birinchidan, Amir Temur XIV asrdayoq mamlakatlararo va mintaqalararo 
munosabatlarni chuqurlashtirish asosida insoniyat taraqqiyotini jadallashtirish 
zaruriyat ekanligini ko'rsatib berdi 
Ikkinchidan, u mamlakatning kuchayib ketgan feodal tarqoqligiga barham 
berib, el-yurtni o'z tug'i ostiga birlashtirdi, markazlashgan yirik feodal davlatga
asos soldi. Bu bilan ziroatchilik, hunarmandchilik, savdo-sotiq va madaniyat 
rivojiga mustahkam zamin yaratdi 
Uchinchidan, Amir Temur davlat tizimi va boshqaruvini tashkil etishda 
o'ziga xos maktab yaratdi. Hammaning qonun oldida tengligi va qonun 
ustuvorligini 
ta'min 
etishi 
uning 
buyuk 
xizmatidir 

To'rtinchidan, Amir Temur bir qator xalqlar va yurtlarga mustamlakachilik 
zulmidan ozod bo'lishda yordam berdi. Masalan, o'sha davrning eng qudratli 
podshohlaridan hisoblangan Boyazid Yildirimni tor-mor qilib (l402), Bolqon 
yarim orolidagi xalqlar va mamlakatlarni turklarning istibdodidan qutqardi. 
Beshinchidan, Turkiston zaminini ziroatchilik, hunarmandchilik, ilm-fan va 
madaniyat rivojlangan ilg'or mamlakatga aylantirdi. O'z umrining ko'p qismini 
Amir Temur hayotini o'rganishga bag'ishlagan pokistonlik tadqiqotchi Ahmad 
Doniy: «Hozirgi zamon tarixi Amir Temurning buyuk shaxsiga yetarli e'tibor 
bermadi. U Osiyoda turk islom yuksalishiga asos soldi. Tarix uning ilmi amali 
bilan tenglashadigan boshqa bir muqobil hodisani bilmaydi»,- deb yozadi.
Amir Temur shaharlarda ilm-fan, madaniyatni rivojlantirish uchun ko'plab 
ilmiy muassasalar qurishga amr qilgan. Madrasalarda diniy fanlar bilan baravar 
matematika, me'morchilik, astronomiya, adabiyot, tarix, musiqa kabi fanlarning 
o'qitilishiga alohida e'tibor berilgan. «Temur tuzuklari»da aytilishicha, 
musulmonlarga diniy madrasalarda ta'lim berish, shariat aqidalari va islom dini 
ilmlari: tafsir, hadis, fiqhdan dars berish uchun sohibqiron tomonidan har bir 
shaharga olimlar va mudarrislar tayin qilingan. Talabalarga o'z davrining yirik 
allomalari dars berganlar. Madrasa mudarrislariga ko'p maosh to'langan, ular 
farovon hayot kechirganlar. «Temur tuzuklari»da «Sayyidlar, ulamoyu mashoyix, 
oqilu donolar, tarixchilarni e'tiborli kishilar hisoblab, hurmatlarini joyiga qo'ydim. 
Ular bilan qimmatli fikrlashdim»,- deb yozadi. 
Yangi zamonning boshqa ko‘pgina tarixchilari kabi Gibbon, SHlosser, Veber 
ham (manbalardagi ma’lumotlarga ergashib) Amir Temur zamonidagi harbiy 
yurishlar 
shiddatli 
bo‘lganini 
qayd 
etdilar. 


- 18 - 
XIX asrning birinchi yarmida Peterburgda xizmat qilgan fransuz sharqshunosi 
M.SHarmua Amir Temurning l39l yildagi To‘xtamishga qarshi yurishini batafsil 
yorituvchi katta asar tayyorlab, nashr qildi. SHarmua o‘sha paytda Nizomiddin 
SHomiyning Fransiyada hali ma’lum bo‘lmagan kitobidan tashqari, shu masalaga 
oid bir qancha manbalarga tayandi. SHarmua bu asarlarni fransuz tiliga tarjima 
qildi. SHarmuaning kitobi l39l yilgi yurish tarixini o‘rganish uchun hozir ham o‘z 
ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. 
Ko‘pgina rus tarixchi olimlari, shu jumladan T.M.Granovskiy (l8l3—l855) 
ham Amir Temur shaxsiga qiziqdilar. 
Granovskiy «jahon tarixining buyuk arboblari»dan biri bo‘lgan Amir Temur 
«Horib-charchash nimaligini bilmaydigan faoliyat sohibi» ekanini to‘g‘ri ta’kidlab 
o‘tdi, biroq ayni vaqtda Amir Temurning «muayyan va aniq idrok etilgan siyosiy 
maqsadi bo‘lmagan edi», degan noto‘g‘ri fikrga bordi, bu fikr Sohibqiron tarjimai 
holining haqiqiy voqealariga mos kelmas edi. 
Taniqli rus tarixchisi S.M.Solovev (l820 — l879) ham Amir Temur shaxsiga 
e’tibor bilan qaradi. Uning ta’kidlashicha, Amir Temurning harbiy qo‘shinlari o‘jar 
va betayin To‘xtamishga qarshi kurashda «Rossiya hududlariga kirib, Eletsni 
ishg‘ol qildi». Solovev XIV asr o‘rtalarida tarix sahnasida paydo bo‘lgan Amir 
Temur «l37l yilda Kaspiy dengizidan Manjuriyagacha bo‘lgan erlarni qo‘lga 
olganligi»dan iborat unutilmas voqeani ta’kidlab o‘tadi. Uning tan olishicha, Amir 
Temur tomonidan tor-mor etilgan Oltin O‘rda uzoq vaqtgacha Moskva knyazligiga 
xavf sola olmadi. 
M.I.Ivaninning o‘z zamonasi uchun juda mufassal, lekin endilikda eskirib 
qolgan asarini ham tilga olish joiz. U Amir Temur sarkaryalik san’ati asoslarini 
manbalar va qo‘llanmalar asosida mufassal bayon etishni maqsad qilib olgan edi. 
Akademik V.V.Bartold2 ilmiy merosida Amir Temur va o‘sha zamon haqidagi 
ma’lumotlar juda ko‘p. Bu ma’lumotlar uyg‘unlikda kattagina bilim xazinasini 
tashkil etadi. 
Amir Temur haqidagi adabiyotda uning shaxsiga xos qiziquvchanlik, olimlarga, 
adabiyot va san’at arboblariga homiylik, shatranj o‘yiniga qiziqish, tashqi va ichki 
siyosat masalalaridan xabardorlik kabi fazilatlar tez-tez ta’kidlab o‘tiladi. 
Sohibqironning bu muhim jihatlari V.V.Bartold tomonidan lo‘nda, aniq va ifodali 
tarzda aks ettirilgan. 
«Temur, — deb yozgan edi V. V. Bartold, —- o‘z ona (turkiy) tilidan tashqari 
fors tilida ham so‘zlashar, olimlar bilan suhbatlashishni, ayniqsa tarixiy asarlarni 


- 19 - 
o‘qitib tinglashni yaxshi ko‘rar edi; o‘zining tarix sohasidagi bilimlari bilan 
musulmon tarixchilarining eng buyugi bo‘lmish Ibn Xaldunni hayratga soldi; Amir 
Temur o‘z jangchilarining ruhini ko‘tarish uchun tarixdagi shavkatli va afsonaviy 
qaxramonlar haqidagi rivoyatlardan foydalanardi... Temur harbiy kuchlar tashkil 
etilishining barcha ikir-chikirlarini shaxsan surishtirib turar, dushmanlarning kuchi 
va ular o‘lkasining ahvoli haqida batafsil ma’lumot olar edi. Amir Temur- ning 
shaxsan ishtirokida bunyod etilgan imoratlar noyob badiiy did bilan bino qilingani 
sezilib turibdi...» 
Olimning yana bir xulosasi dikkatga molikdir: Amir Temur musulmon 
ruxoniylariga nisbatan «avvalo siyosiy mulohaza bilan ish tutar edi. Amir Temur 
dindorlarga sirtdan izzat-ikrom ko‘rsatar, diniy mol-mulkni boshqarishga 
aralashmas... o‘z fuqarolari din aqidalariga rioya etishlari haqida g‘amxo‘rlik qilar 
edi... Ammo xarbiy kurilish va aholining turmushi faqat qonunlar bilan belgilanar 
edi». 
Amir Temur davlatda tartib bo‘lishi g‘oyalarini ilgari surganligini, 
Movarounnahr aholisining farog‘ati uchun shunday bo‘lishi zarur ekanini va 
birbiriga dushman bo‘lgan mayda hukmdorlar mavjudligi sharoitida bunga erishib 
bo‘lmaydi, 
deb 
hisoblaganini 
ham 
Bartold 
ta’kidlab 
o‘tadi. 
Amir Temur «serg‘ayrat quruvchi» bo‘lga- nini Bartold bir necha bor ta’kidlab 
o‘tdi. U go‘zal bog‘lar bilan kurshalgan muhtasham binolar bunyod etdi, shahar va 
qishloqlarni qayta tikladi, ariq va zo- vurlar qazdirdi va ularni tuzattirdi; rasmiy 
tarixdagi (SHarafuddin Ali YAzdiy asaridagi) iboraga ko‘ra, u biron-bir ekin ekish 
mumkin bo‘lgan erlarning bo‘sh yotishiga yo‘l qo‘ymas edi. Matnning ruhiga 
qaraganda, bu o‘rinda Bartold ayni Movarounnahr erlarini nazarda tutgan bo‘lsa 
kerak. Ammo boshqa bir o‘rinda Bartold «Temur o‘zi tug‘ilib o‘sgan 
Movarounnahrdagina emas, Xurosonda ham, Mug‘on dashti va Kobul havzasi kabi 
olis joylar- da ham ulkan sug‘orish inshootlari qurdirganini» ta’kidlab o‘tadi 
(SHarafuddin Ali YAzdiy va G‘iyosiddin Alining asarlarida ham shu fikr 
uchraydi. 
Amir Temur barpo etgan saltanat uning vorislari davrida unchalik uzoq davom 
etmaganligi xususida fikr yuritilganda V.V.Bartoldning sezgirlik bilan qilgan 
kuzatuvi diqqatga sazovordir. V.V.Bartold SHarq turmushi faqat sulolalar 
tarzigagina bog‘liq, degan fikrni eskirib qolgan va noto‘g‘ri deb hisoblaydi va 
«SHarqda ham, G‘arbda ham vayrongarchiliklarga ancha murakkab bahonalar 
sabab 
bo‘lganligi 
allaqachon 
aniqlangan», 
degan 
fikrni 
bildiradi. 
Turkistondagi davlatchilik tarixi yuzasidan V.V.Bartold tuzgan va shu 
vaqtgacha e’lon qilinmay qolgan matnning Amir Temurga bag‘ishlangan uchinchi 
qismi alohida ahamiyatga molikdir. Unda l370 yilgi qurultoy, Temurning olib 


- 20 - 
borgan urushlari va ularning ahamiyati; mamlakat iqtisodiy salohiyati, madaniyati 
va san’atining rivojlanishi, savdo-sotiq, aloqa yo‘llari va sug‘orish inshootlari 
xaqidagi g‘amxo‘rlik, mamlakatni idora qilish sohasida Amir Temur tomonidan 
rivojlantirilgan boshqaruv usullari; davlat hokimiyati tuzilmasida aks ettirilgan 
ijtimoiy shart-sharoitlar; ruxoniylar va savdogarlarning roli (dehqon qatlamlari) 
kabi masalalar qamrab olingan. 
Amir Temurda va uning g‘oyalarida bu ruhning ta’siri sezilmay qolmadi». 
O‘tgan asrning 60-yillari oxirida I.M.Mo‘minovning O‘rta Osiyo tarixida 
Amir Temurning roli va o‘rni haqidagi risolasi nashr etilishi jamoatchilikning 
bu mavzuga qiziqishini yanada avj oldirib yubordil. Ayni paytda ushbu asar 
shafqatsiz tanqidga uchradi. I.M.Mo‘minovning tadqiqotchilik ruhi bilan 
sug‘orilgan risolasi, umuman olganda, ilmiy-ommabop tarzda yozilgan edi, uning 
matni asosan Amir Temur va uning zamonini o‘rganishga oid ma’lum manbalar 
doirasidan chiqmasdi. 
SHu bilan birga muallif Amir Temurning Markaziy Osiyo tarixida mayda 
feodal tuzilmalar o‘rnida markazlashgan davlat barpo etishdagi xizmatlarini 
haqqoniy yoritishga intilgan edi.Unda Amir Temurning Markaziy Osiyoda katta 
davlat barpo etgan siyosiy arbob, binokorlikni rivojlantirgan va madaniyatni 
qadrlagan 
inson 
sifatidagi 
xizmatlari 
o‘z 
ifodasini 
topgan. 
Asarning ayni shu jihati tanqidchilarning e’tiborini tortdi. I.M.Mo‘minov 
risolasi 
«zararli» 
asarlar 
jumlasiga 
kirib 
qoldi. 
P.N.Fedoseev, 
A.N.YAkovlev 
va 
boshqa 
mansabdor 
shaxslarning 
I.M.Mo‘minov risolasiga qarshi shu ruhdagi maqolalari gazeta va jurnallar 
saxifalarida 
paydo 
bo‘ldi. 
«Istoriya 
SSSR» 
jurnalida 
tarixchi 
M.A.Abduraimovning risola xususidagi qoralovchi maqolasi e’lon qilindi. 
Moskvalik tarixchilar bu voqea yuzasidan Amir Temur haqida kattagina maqola 
e’lon qildilar. Bu maqola Kavkazorti, Eron va Rossiyadagi feodalizm muammolari 
bo‘yicha mutaxassis A.P.Novoselsev nomi bilan chop etildi. «Voprosm istorii» 
jurnalining tahririyati bu maqolani «Temurni ideallashtirishga qarshi» rukni ostida 
e’lon qilish orqali uning yo‘nalishi ni oldindan oshkora belgilab qo‘ygan edi. 
Bu maqolada Amir Temurga iste’dodli sarkarda, mohir tashkilotchi va diplomat 
sifatida munosib baho berish bilan birga muallif Bartold, ayniqsa, YAkubovskiy 
bilan bahslashib, ular madaniyat tarixiga va madaniy aloqalarga katta ahamiyat 
berganlar va shu tarika Temur shaxsini ideal- lashtirishga yo‘l qo‘yganlar, 
Yakubovskiy esa, «Temur — yaxshi tadbirkor hukmdor edi» degan haddan 
tashqari yuqori baho bergan, deb hisoblaydi. Maqolada I.M.Mo‘minov 


- 21 - 
Yakubovskiyga ergashib, «Temurni ideallashtirishni nihoyasiga etkazdi», degan 
xulosa chiqarildi. 
I.M.Mo‘minov risolasini keskin qoralaganlar orasida tarixchi M.G‘.Vahobov 
ham bor edi. Uning so‘zlariga karaganda, u «Temur haqidagi kitobcha bosilib 
chiqishi bilanoq l969 yil martida uni «Marksizmga zid va zararli» asar deb atagan. 
Mening vazifam marksizm-leninizm nazariyasining sofligi uchun kurashdan, 
Temur shaxsini ideallashtirishni fosh qilishdan» iborat bo‘ldi, — deb yozdi u,— 
Temur shaxsini ideallashtirish esa «yoshlarning ongini zaharlaydi» va «ommani 
kommunistik 
ruxda 
tarbiyalashga 
katta 
ziyon 
etkazadi». 
Tarixchilarning l973 yil martida Moskvada chaqirilgan butunittifoq kengashi 
I.M.Mo‘minovning Amir Temur haqidagi risolasi bilan bog‘liq bo‘lgan 
mashmashaning yakunlovchi bosqichi bo‘ldi. Kabul qilingan karorda shunday 
deyilgan edi: «Boshqa asarlarda Leninning tarixiy jarayon konsepsiyasini yangicha 
talqin etishga urinishlar va o‘tmishni ideallashtirish, ayrim voqealarga va Temur 
kabi shaxslarga baho berishda sinfiy pozitsiyalardan chekinishga yo‘l qo‘yilganligi 
qoralansin» 
So‘nggi yillarda e’lon qilingan asarlardan «Tamerlan» nomli kitobni ko‘rsatib 
o‘tish lozim. Unda Amir Temur haqidagi manba va asarlar bayon etilgan, uning 
haqidagi turli ma’lumotlar o‘ziga xos jamlab berilgan. SHunday asarga ehtiyoj 
borligi shak-shubxasiz. Biroq, kitobga yaqindan nazar tashlanganda, uning 
shoshma- shosharlik va hafsalasizlik bilan tayyor- langanligi ma’lum bo‘ladi. Bu 
kabi qator kitoblarda eng muhim manbalardan misol keltirilmaydi, materiallar 
bayonida shajara tamoyiliga rioya etilmaydi, manba matnlarini e’lon qilgan 
tarjimonlarning nomlari tilga olinmaydi.  
SHuningdek, ko‘plab evropaliklarning bevosita shohidligi asosida bitilgan. 
Amir Temurga taalluqli bo‘lgan asarlarning yuzaga kelishini Amir Temur davlati 
Kastiliya va Fransiyaning o‘zaro manfaatdorligi bilan izoxlash mumkin. Bu asarlar 
marshal Busikoning (l366—l42l) xotiralari, Smirna yaqinida Sohibqirondan 
mag‘lub bo‘lgan Quddusi shariflik Avliyo Ioann ordeni a’zolarining guvohliklari, 
Sulton Boyazid I tomonidan l396 yilda Nikopol yaqinidagi jangda asir olingan va 
Amir Temur tomonidan l402 yilda Anqaradagi jangda zafar qozonilgach
ozodetilgan evropalik askarlarning hikoyalaridir. Ular orasida I. SHildbergerning 
(l380—l440) hikoyasi mashhur bo‘lib, uning kitobining birinchi nashri l460 yilda 
Augsburgda chop etilgan. Bu kitob XV asrda to‘rt marta, XVI asrda olti mar- ta 
qayta nashr qilingan. XIX asrda nemis, rus va ingliz tillarida ikki martadan nashr 
qilingan. 
Furno Markaziy Osiyo orqali G‘arb tomon turli davrlarda va turli shaxslar 
tomonidan amalga oshirilgan yurishlar, ko‘pincha asossiz ravishda hamda 


- 22 - 
Markaziy Osiyo xududi va uning ortidagi hududlarni bilmaslik oqibatida, Amir 
Temur 
nomi 
bilan 
bog‘lab 
kelinganini 
taassuf 
bilan 
ta’kidlaydi. 
Mishel Monten, XVI asrdagi boshqa mualliflar singari, o‘zining «Tajribalar» 
kitobida Amir Temur haqida eslab o‘tadi. Bu kitob l57l yildan l592 yilgacha 
bo‘lgan davr ichida, ya’ni Sohibqiron vafotidan so‘ng l70 yid o‘tgach, Fransiyada 
Markaziy Osiyo to‘g‘risida hech narsa ma’lum bo‘lmagan vaqtda yozilgandi. 
Montenga qadar Jan Boden (l530 — l596) o‘z tadqiqotlarida Boyazidni asir 
olgan Amir Temur haqida maqtab yozgandi. Gilom Postel (l520—l58l) ham 
Usmonli turklar saltanati to‘g‘risidagi asarida «Buyuk turk — Boyazidni asir olgan 
Temurlang»ga ko‘pgina sahifalarni bag‘ishlagan. 
XV asrdan boshlab G‘arbiy evropalik olimlar va siyosiy-diniy arboblarning 
SHarqqa bag‘ishlangan kitoblarida Amir Temur tarixi oldingi o‘ringa chiqadi. 
Masalan, Italiyada katta tarixiy va she’riy asarni meros qilib qoldirgan papa Piy 
I (papalik yillari l458—l464) Amir Temurga butun bir bobni bag‘ishlagan, bir 
necha 
sahifada- 
Skifiya, 
Sug‘diyona 
va 
Baqtriyani 
tavsiflagan. 
Paolo Djiovio (l483 — l552), Petro Perondinoning (vafoti l553) asarlarida 
ham Amir Temur bosh qahramon sifatida namoyon bo‘ladi. Lekin Amir Temur 
haqidagi eng dastlabki tadqiqot Florensiya kansleri va tarixshunosi Pogjio 
Brachchi oliniga (l380—l459) taalluqli bo‘lib, so‘ng Prato, Piy II (l405 — l464), 
Kambini, Batista Fregazo (l454 — l504) asarlarida davom ettirilgandi. 
Fransuz tilida Amir Temur haqida ma’lumotlar Teodoro Spandujinonning 
«Buyuk Turk shajarasi» asarida yuzaga keladi. Bu asar l5l9 yilda Parijda chop 
etilgan. SHveysariyalik islohotchi Pero Vire Amir Temur obrazini l56l yilda 
nashr qilingan asarlaridan birida kiritgan. Sohibqiron obrazini, shuningdek, 
Orteliyning asarida va Uyg‘onish davri boshqa asarlarida ham uchratish mumkinl. 
Binobarin, Amir Temur XV —XVI asrlarda Evropada siyosiy doiralarda 
(katolik cherkovi va o‘sha davrdagi eng qudratli mustabidlar orasida) mashhur 
bo‘lgan, u haqsa Piy II, l5l3 yilda papa Lev X va papa Klement VII saroyiga 
kelgan Djo- vio, l575 yilda ispan qiroli Filipp II ning xaritakashi bo‘lgan geograf 
Orteliy, 
Karlning 
muarrixi 
Pedro 
Meksiyalar 
yozishgan2. 
Bu asarlarda Amir Temur ayni vaqtda voqealar va davrlardan tashqari turuvchi 
ham 
mifik, 
ham 
real 
shaxs 
sifatida 
talqin 
qilingan. 
Furno Amir Temur mavzui G‘arbiy Evropada Klavixo va Jenkinsonlarning 
safarnomalari e’lon qilinmasidan, shuningdek Ibn Arabshoh, SHarafuddin Ali 
Yazdiy singari tarixchilarning asarlari tarjima qilinmasidan oldin tarixiy va adabiy 
mavzu sifatida mavjud bo‘lgan, degan xulosaga keladi. Bu davrni u l500 — l580 
yillar deb belgilaydi 


- 23 - 

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling