Toshkent viloyati chirchiq davlat


II. Markaziy Osiyo davlatlari transport tizimidagi asosiy muammolar


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/16
Sana21.11.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1790907
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Марказий Осиё транспорт

II. Markaziy Osiyo davlatlari transport tizimidagi asosiy muammolar 
Bugungi kunda tranzit va xalqaro tashuvlarni amalga oshirish bilan bog„liq 
munosabatlarni tartibga solish yuzasidan xalqaro amaliyotda hamda ilmiy 
doiralarda turlicha talqinlarning mavjudligi, mazkur sohaga oid asosiy 
tushunchalarni to„g„ri interpretatsiya qilish lozimligini belgilaydi. 
Shundan kelib chiqqan holda, eng avvalo «mintaqaviy transport integratsiyasi» 
hamda «mintaqaviy transport tizimi» kabi tushunchalarga oydinlik kiritilishini 
taqozo etadi. 
Bir necha davlat hududidan o„tuvchi transport koridorlarining samarali ishlashi 
uchun tegishli mintaqada transport sohasidagi integratsiyalashuv talab etiladi. 
Shunday ekan, mazkur yo„nalishda dastlab «mintaqaviy transport integratsiyasi» 
tushunchasi bo„yicha ham yagona ta‟rif ishlab chiqish talab etiladi. Mazkur 
tushuncha bo„yicha olimlarning va mutaxassislarning fikr va yondashuvlarini 
umumlashtirgan holda unga quyidagicha ta‟rif berish mumkin: mintaqaviy 
transport integratsiyasi – bu mintaqa davlatlari tomonidan transport sohasida 
o„zaro samarali va barqaror aloqalarni kuchaytirish, bu boradagi siyosiy va 
iqtisodiy manfaatlarni muvofiqlashtirish hamda tegishli me‟yoriy-huquqiy bazani 
takomillashtirish jarayoni va uning natijasida yuzaga keluvchi holat hisoblanadi. 
Aytish joizki, qayd etilgan talqinlarni barcha mintaqa uchun, xususan Markaziy 
Osiyo transport tizimi uchun to„g„ridan-to„g„ri qo„llab bo„lmaydi. Chunki, boshqa 
mintaqalardagi (masalan, Yevropa Ittifoqida) transport sohasidagi munosabatlarda 
barcha transport turlari ishtirokini kuzatish mumkin. Markaziy Osiyo mintaqasida 
esa alohida tizim sifatida shakllanishi uchun shart-sharoitlar va zarurat asosan 
avtomobil va temir yo„l transporti turlari uchun mavjud. Shu nuqtai nazardan kelib 
chiqqan holda, «mintaqaviy transport tizimi» tushunchasini Markaziy Osiyoga 
nisbatan qo„llaganda, unga quyidagicha ta‟rif berish mumkin: mintaqaviy transport 
tizimi bu – murakkab tizim turiga kirib, mintaqa davlatlarining umumiy 
manfaatlarni ko„zlovchi, mustaqil boshqaruv tizimiga va xususiy maqsadiga ega 
milliy transport tizimlarining (avtomobil va temir yo„l tarmoqlari kesimida) o„zaro 
muvofiqlashgan majmui hisoblanadi. Mazkur mintaqaviy tizimning mukammalligi 
hamda samarali faoliyati ushbu mintaqa davlatlari o„rtasidagi transport sohasidagi 
hamkorlik darajasiga va uchinchi davlat uchun yaratilgan sharoitga bog„liq. 
Umuman, mazkur tadqiqotda mintaqaviy transport tizimi, tranzit va transport 
koridorlari haqida to„xtalganda, quruqlik orqali o„tuvchi transport turlari, xususan 
avtomobil va temir yo„l transporti nazarda tutiladi. 
Transport tizimini samarali boshqarishda tegishli boshqaruv qarorlarini qabul 


qilish uchun soha muntazam monitoring qilib borilishi va monitoring natijalari 
boshqaruv apparatiga taqdim etilishi lozim. Dissertatsiyada mintaqaviy transport 
tizimini monitoringini olib borishda va sohadagi muammolarni aniqlashda 
yordam beruvchi indikatorlar ishlab chiqildi va ularning chegaraviy qiymatlari 
o„rnatildi. Mazkur indikatorlar transport koridorlarini, tranzit salohiyatini hamda 
transport logistikasi samaradorligini baholovchi guruhlarga ajratildi.Indikatorlar 
yordamida mintaqa transport tizimini doimiy monitoring qilib borilishi tizimdagi 
tendensiyalarni kuzatish va tegishli choralarni ishlab chiqish imkonini 
beradi.Markaziy Osiyo transport tizimiga umumiy tavsif berilib, unda mintaqaviy 
transport tizimining shakllanish bosqichlari (3-jadval), o„zaro bog„liqlik darajasi 
hamda sohadagi muammolar tadqiq etilgan. 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling