Toshkent viloyati chirchiq davlat


Markaziy Osiyo transport tizimini samarali boshqarish va


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/16
Sana21.11.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1790907
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Марказий Осиё транспорт

2.3.Markaziy Osiyo transport tizimini samarali boshqarish va 
muvofiqlashtirishda O`zbekistonni o`rni 
1. 
Markaziy Osiyo mamlakatlarining transport tizimini jahon transport 
tarmog„iga integratsiyalashuvini jadallashtirish uchun mintaqa davlatlari transport 
tizimlarini kooperatsiyalashuviga erishish kerak. 
2. 
Mintaqa davlatlarining transport sohasidagi siѐsatini muvofiqlashtirishga 
bo„lgan zarurat bugungi kunda amaldagi ikki tomonlama shartnomalar asosida 
yo„lga qo„yilgan mexanizmning samarasizligi bilan izohlanadi. Xususan, mintaqa 
transport tizimi xizmatlariga bo„lgan talabning ortishi sharoitida mintaqa davlatlari 
hududi orqali tashilaѐtgan xalqaro yuklar hajmida nafaqat barqarorlik, balki salbiy 
tendensiyalar kuzatiloqda. Bunga, dissertatsiya ishi davomida tadqiq etilgan qator 
muammolar kompleks tarzda ta‟sir ko„rsatmoqda. 
3. 
Mintaqaviy transport tizimiga salbiy omillar ta‟sir darajasi yuqori va o„z 
navbatida ijobiy omillar barqaror emas. Asosiy salbiy omil sifatida mintaqaning 
ayrim davlatlariga, xususan O„zbekiston manfaatiga zid bo„lgan transport 
loyihalarning rivojlanaѐtganligini qayd etish lozim. 
4. 
Har qanday mintaqadan tashqaridagi davlat mintaqa transport xizmatlaridan 
foydalanishda uni yagona tizim sifatida ko„rishni xohlaydi. Chunki mintaqa orqali 
tashiladigan xalqaro yuklarni tashishda yagona kelishuv asosida hamda bir 
xillashtirilgan talablar va protseduralardan o„tish vaqtni hamda moliyaviy 
xarajatlarni tejaydi. Bu borada, Markaziy Osiyo mintaqasi logistik nuqtai-
nazardan qulay hudud shakliga ega, ya‟ni mintaqa davlatlarida xalqaro logistik 
markazlarning joylashuvini optimallashtirish va o„zaro hamkorligini yo„lga 
qo„yilishi mintaqaning transport jozibadorligini yanada oshiradi. Mazkur holatlar 
mintaqa transport tizimini o„zaro muvofiqlashtirishni taqozo etadi. 
Yuqorida qayd etilganlardan kelib chiqib, mintaqaviy transport tizimini samarali 
muvofiqlashtirish mexanizmini tashkil etish yo„lida quyidagi taklif va tavsiyalar 
ishlab chiqildi: 
Milliy darajadagi transport tizimi uchun: 
1. 
O„zbekiston transport tizimini samarali boshqarish bo„yicha huquqiy – 
tashkiliy yo„nalishda: 


39 
mamlakat transport tizimini doimiy monitoringini olib borish maqsadida
O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi 
«Qurilish sanoati, kapital qurilish, kommunal soha va transport masalalari bo„yicha 
axborot tahliliy departamenti» mutaxassislari, vakolatli tashkilot va
idoralarning mas‟ul xodimlari, shuningdek transport sohasida yetakchi olim va 
ekspertlar tarkibidagi ishchi guruh faoliyatini tashkil etish. Ishchi guruh yig„ilishi 
muhokamasiga mamlakat transport tizimidagi muammolar qamrovidan, qolaversa 
transport sohasidagi manfaatlarga bo„laѐtgan tahdidlardan kelib chiqqan holda 
O„zbekistonda transport turlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi, yagona siѐsat 
yurituvchi davlat boshqaruv organi faoliyatini shakllantirish masalasini qo„yish; 
ishchi guruh tomonidan mamlakat transport tizimini kompleks monitoring qilish 
mexanizmini takomillashtirish va bunda dissertatsiyada ishlab chiqilgan (indikativ 
ѐndashuv asosida) metodikadan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi; 
O„zbekistonning transport sohasidagi uzoq muddatli ichki va tashqi siѐsatini 
belgilab beruvchi Davlat strategiyasini ishlab chiqish imkoniyatlarini ko„rib 
chiqish. 
2. 
O„zbekiston orqali xalqaro tashuv jaraѐnini takomillashtirish va ushbu 
jaraѐnni xalqaro amaliѐtga muvofiqlashtirish yo„nalishida: 
tranzit va transport sohasidagi milliy qonunchilik hujjatlarining O„zbekiston 
Respublikasi xalqaro shartnomalari talablariga muvofiqligini tahlil qilish; 
O„zbekiston Respublikasi transport sohasidagi shartnomaviy-huquqiy bazasini 
inventarizatsiya qilish; 
tranzit va tariflar bo„yicha O„zbekiston Respublikasi me‟ѐriy- huquqiy hujjatlarini 
mintaqa davlatlarida amalda bo„lgan me‟ѐriy- huquqiy hujjatlar bilan solishtirish 
va ularni muvofiqlashtirish bo„yicha takliflar tayѐrlash; 
mamlakat orqali o„tuvchi tranzit jaraѐnini tartibga solish maqsadida 
«Tranzit to„g„risidagi qonun»ni ishlab chiqish va qabul qilish; 
xizmat ko„rsatishning zamonaviy texnologiyalarini joriy qilish, jumladan 
avtotransportlarda tashiladigan yuklarni qo„zg„atmasdan tekshirish imkoniyatiga 
ega maxsus skanerlardan foydalanish; 


40 
import va eksport tashuvlarida milliy transport korxonalari ulushini oshirish 
bo„yicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish; 
respublikadagi yuk o„tkazish hajmi yuqori bo„lgan temir yo„l bojxona postlarini 
skaner ko„rik apparatlari bilan ta‟minlash; 
Vazirlar Mahkamasining temir yo„l transporti orqali tashilaѐtgan yuklar ustidan 
bojxona ko„rigini amalga oshirishga qaratilgan Qarorlari va ularning ilovasida 
keltirilgan ro„yxatlarni soddalashtirish, shuningdek, chegara bojxona postlarida 
asosli gumon bo„lmagan hamda skaner apparatlaridan o„tkazilgan yuklarni qayta 
bojxona ko„rigini bekor qilish; 
O„zbekistonda amalda bo„lgan temir yo„l tashuvlari uchun belgilangan tarif 
stavkalarini bosqichma-bosqich kamaytirish choralarini ko„rish; 
«O„zbekiston temir yo„llari» aksiyadorlik jamiyati hisobidagi poezd lokomotivlari 
sonini ko„paytirish hamda yuk vagonalari holatini yaxshilashni jadallashtirish; 
mamlakatdagi tashqi savdo qatnashchilari va tashuvchi firmalar o„rtasidagi 
hamkorlikni mustahkamlash maqsadida o„z yuklarini milliy tashuvchilar 
xizmatidan foydalangan holda import va eksport qilaѐtgan tadbirkorlarga daromad 
solig„idan soliq imtiѐzlarini qo„llash. 
3. 
Mintaqa transport tizimida mamlakat transport tarmog„i ahamiyatini 
oshirish, shuningdek O„zbekistonni aylanib o„tuvchi koridorlarning milliy iqtisodiy 
manfaatlarga salbiy ta‟sirini kamaytirish maqsadida: 
xalqaro konferensiyalarda Tojikiston bilan bog„liq 3 ta (TAT, 
«Xitoy-Qirg„izston-Tojikiston» 
va 
«Rossiya-Qozog„iston-Qirg„izston- 
Tojikiston») loyihada ko„zda tutilgan hududlarning tog„li relefga egaligi, ayrim 
ishtirokchi davlatlarning moliyaviy imkoniyatlarining cheklanganligi, ushbu 
koridorlarning tranzit salohiyatini yuqori emasligi hamda bu yo„nalishda amalda 
foydalanilaѐtgan, infrastrukturasi shakllangan O„zbekiston orqali o„tuvchi transport 
koridorlarining imkoniyatlarini targ„ib etib borish; 
«Qozog„iston-Turkmaniston-Eron» temir yo„lining nisbatan (infratuzilmaning) 
yangiligi, ishtirokchi davlatlar o„rtasida kelishmovchiliklarning mavjudligi, 
bugungi kunda faqatgina imtiѐzlar orqali tranzit yuklarni jalb qilaѐtganligi hamda 


41 
yo„lning cho„l hududida qurilganligi bilan bog„liq muammolar sharoitida, 
an‟anaviy bo„lgan, ma‟lum darajada infratuzilmaga ega O„zbekiston orqali 
o„tuvchi koridorlar istiqboli yuzasidan tegishli choralarni ko„rish, mazkur yo„ldan 
foydalanish imkoniyati yuqori bo„lgan davlatlarga (Xitoy, Hindiston, Pokiston va 
boshq.) O„zbekiston orqali harakatlanishlari uchun qo„shimcha imtiѐzlarni tatbiq 
etish; 
bir-birini aylanib o„tuvchi tranzit koridorlardan o„zaro manfaatli foydalanish 
yuzasidan mintaqa darajasidagi ko„ptomonlama kelishuvga erishish. Jumladan, 
«G„arbiy Yevropa - G„arbiy Xitoy» avtomagistralidan O„zbekiston ham Chimkent 
orqali bog„lanib, Janubiy va Janubi-G„arbiy Osiyo davlatlariga O„zbekiston tranzit 
davlat vazifasini o„tashini ta‟minlash; 
«O„zbekiston-Qirg„iziston-Xitoy» temir yo„li loyihasini yakuniga yetkazish 
yuzasidan loyihaning 268 kmlik Qirg„iziston qismidagi qurilish ishlarini imtiѐzli 
shartlar asosida O„zbekiston tomonidan amalga oshirilishi masalasini o„rganib 
chiqish. Bunda, Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Qurilish sanoati, kapital qurilish, 
kommunal soha va transport masalalari bo„yicha axborot tahliliy Departamenti 
boshchiligida transport tizimiga aloqador tashkilot va idoralarni mutaxassislari, 
ekspertlar va olimlar ishtirokida «O„zbekiston-Qirg„iziston-Xitoy» temir yo„li 
loyihasini amalga oshirish muammolari va ularni bartaraf etish yo„llari» mavzusida 
ilmiy-amaliy seminar o„tkazish; 
«Toshkent-Andijon-O„sh-Irkeshtom-Qashg„ar» 
avtomobil 
koridorini 
Qirg„izistonning janubiy hududidan o„tgan qismini qayta ta‟mirlash ishlarini 
amalga oshirish yuzasidan investitsion loyihalarni jalb qilishda O„zbekiston tomoni 
ham birdek manfaatdor ekanligini hisobga olish. 
Mintaqa darajasidagi transport tizimi uchun: 
4. 
Markaziy Osiyo transport tizimini samarali boshqarish va muvofiqlashtirish 
yo„nalishida: 
mintaqa transport tizimini samarali boshqarish mexanizmini tashkil etish bo„yicha 
ishlab chiqilgan 8 bosqichli konseptual model asosida tegishli xarakatlarni 
boshlash; 


42 
mazkur modelda ko„zda tutilgan konsepsiyada umummintaqaviy transport tizimini 
rivojlantirish dasturini ishlab chiqishni ko„zda tutish; 
mintaqa darajasida transport tizimini boshqarishda mazkur modelning 7-
bosqichida ko„zda tutilgan telematika tizimini qo„llash va rivojlantirish, bunda 
yagona axborot ta‟minoti va almashinuv markazi faoliyatini yo„lga qo„yish 
bo„yicha tegishli choralarni ko„rish; 
mintaqada transport integratsiyasini rivojlantirish bo„yicha YeI tajribasini 
Markaziy Osiyo mintaqasida qo„llash bo„yicha dissertatsiyada ishlab chiqilgan 
ssenariylarni O„zbekiston manfaatlari kesimida talqin etish. Unda, keyingi 
harakatlarni ikkinchi ssenariy bo„yicha amalga oshirilishini maqsadga muvofiq 
hisoblanadi; 
Evroppa tajribasidan kelib chiqqan holda, mintaqadagi transport muammolarini 
bosqichma-bosqich tegishli dasturlarni haѐtga tatbiq etish orqali hal etib borish. 
5. 
Mintaqa orqali xalqaro tashuv jaraѐnini tartibga solish va takomillashtirish 
yo„nalishida: 
1972 va 1994 yillarda qabul qilingan konteyner tashuvlariga oid Konvensiyalarga 
mintaqa davlatlarini a‟zo bo„lish masalasini hukumatlararo yig„ilishi kun tartibiga 
kiritish; 
mintaqada barcha davlatlar manfaatlarini ko„zda tutuvchi transport sohasida 
uyg„unlashtirilgan qoidalardan foydalanish zarurati mavjudligi to„g„risida ilmiy 
maqolalar, tahliliy materiallar tayѐrlash va mintaqaviy tashkilotlar, loyihalar va 
dasturlar (MOMIH, ShHT va boshq.) doirasida o„tkaziladigan forumlarda, 
yig„ilishlarda ilgari surish
o„zaro tranzit tashishlarda bosqichma-bosqich ko„p tomonlama (mintaqa davlatlari 
o„rtasida) kelishuvlardan foydalanish va uchinchi davlatlarga nisbatan yagona 
tranzit tariflari va shartlarini qo„llash mexanizmiga o„tish. 


43 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling