Toshkent viloyati chirchiq davlat


 O„zbekiston manfaatlari kesimida transport istiqbollari


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/16
Sana21.11.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1790907
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Марказий Осиё транспорт

2.2. O„zbekiston manfaatlari kesimida transport istiqbollari. 
Markaziy Osiyo davlatlari transport siѐsatida ustuvor yo„nalish sifatida belgilangan 
hamda yetakchi davlatlar, xalqaro tashkilotlar va turli dasturlar doirasida hamda 
alohida davlatlar tomonidan ilgari surilaѐtgan mintaqaviy muqobil transport 
koridorlari O„zbekiston manfaatlari kesimida tasniflangan. 
Ularni shartli ravishda quyidagi 3 guruhga ajratib o„rganildi: 
1.O„zbekiston manfaatlariga to„liq zid hisoblangan koridorlar: 
«Qozog„iston-Turkmaniston-Eron» temir yo„li; «Turkmaniston- Afg„oniston-
Tojikiston» (TAT) temir yo„li; «Xitoy-Qirg„iziston- Tojikiston» temir yo„li; 
«Rossiya-Qozog„iston-Qirg„iziston-Tojikiston» temir yo„li. 
2.Qisman foydalanish imkoni mavjud bo„lgan koridor: «G„arbiy Yevropa-G„arbiy 
Xitoy» avtomagistrali. 
3.O„zbekiston manfaatlariga mos muqobil koridoralr: «O„zbekiston- Qirg„iziston-
Xitoy» temir yo„li; «O„zbekiston-Turkmaniston- Eron- Ummon» koridori
«Toshkent-Andijon-O„sh-Irkeshtom-Qashg„ar» avtomobil yo„li; «O„zbekiston-
Afg„oniston-Eron/Pokiston» (Transafg„on) temir yo„li. 
Yuqorida keltirilgan tasniflar asosida koridorlarning istiqboli yuzasidan 
O„zbekiston manfaatlari kesimida ssenariylar ishlab chiqildi. 
1-ssenariy (realistik). O„zbekistonni aylanib o„tuvchi va mahalliy koridorlarning 
rivojlanishi bilan bog„liq mavjud holat saqlanib qoladi, ya‟ni «Xitoy-Qirg„iziston-
Tojikiston» va «Rossiya-Qozog„iston- Qirg„iziston-Tojikiston» loyihalari noqulay 
gegrafik joylashuv, shuningdek Tojikiston va Qirg„iziston iqtisodiѐtining 
imkoniyatlari hamda moliyaviy qiyinchiliklar tufayli amalga oshmaydi. O„z 
navbatida, 
«Qozog„iston-Turkmaniston-Eron» temir yo„lining «Bereket-Etrek» qismida 
qurilish ishlarini olib borilaѐtganligi va Eron bilan bog„liq xalqaro geOsiyo siy 
vaziyatning yumshaganligi kabi omillar evaziga mazkur loyiha to„liq ishga tushadi. 
TAT loyihasining afg„on hududi va uni moliyalashtirish yuzasidan ishtirokchi 
davlatlarda yagona kelishuv mavjud emasligi, shuningdek, mamlakatdagi 
nobarqaror vaziyat mazkur loyihani yaqin va o„rta istiqbolda to„liq amalga oshirish 


37 
imkoniyati yo„qligini ko„rsatadi. «G„arbiy Yevropa–G„arbiy Xitoy» avtomagistrali 
2020 yilga borib to„liq ishga tushadi. Bu esa «Toshkent-Andijon-O„sh-Irkeshtom- 
Qashg„ar» avtomagistrali istiqboliga salbiy ta‟sir ko„rsatadi. 
2-ssenariy (optimistik). Yaqin va o„rta istiqbolda «Turkmaniston – Afg„oniston – 
Tojikiston», «Xitoy – Qirg„iziston – Tojikiston» va 
«Rossiya – Qozog„iston – Qirg„iziston – Tojikiston» loyihalari moliyaviy 
resurslarning yetishmasligi, noqulay geografik sharoit va Afg„onistondagi 
nobarqaror vaziyat tufayli amalga oshmaydi. Mazkur loyihalar ishtirokchilari 
tomonidan tranzit yuklarini o„tkazish O„zbekiston orqali amalga oshiriladi. O„z 
navbatida, «Qozog„iston – Turkmaniston – Eron» temir yo„lining yangiligi, hozirgi 
vaqtda faqatgina imtiѐzlar berish asosida yuklarni ushbu koridorga jalb 
qilaѐtganligi, temir yo„lning cho„l hududida qurilganligi uni faqatgina ishtirokchi 
davlatlar o„rtasidagi yuk almashuvga xizmat qilishi mumkinligini ko„rsatadi. 
«G„arbiy Yevropa– G„arbiy Xitoy» avtomagistrali to„liq ishga tushadi va unga 
O„zbekiston ham ulanadi. O„z navbatida, Janubiy va Janubi-G„arbiy Osiyo da 
joylashgan davlatlarga O„zbekiston tranzit davlat vazifasini o„taydi. 
3-ssenariy (pessimistik). O„zbekistonni aylanib o„tuvchi transport koridorlarining 
barchasi to„laligicha ishga tushadi. Tojikiston va Qirg„iziston transport 
«qaram»ligidan qisman xalos bo„ladi. O„z navbatida, O„zbekistonning tranzit 
daromadlarida jiddiy kamayishlar kuzatiladi. Mahalliy yuk va yo„lovchi tashish 
tariflari ko„tariladi va mos ravishda mahsulotlar tannarxi tarkibida transport 
xarajatlarining ortishi kuzatiladi. O„zbekistonni aylanib o„tuvchi transport 
koridorlarining qurilishi mamlakat iqtisodiy xavfsizligiga tahdid sifatida qaralib, 
ularning rivoji O„zbekiston manfaatlariga bevosita salbiy ta‟sir qiladi. Bu esa 
O„zbekistonni transport jihatidan ajralib 


38 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling