Toshkent viloyati Ohangaron tumani xtb tasarrufidagi 11-umumiy o’rta ta’lim maktabining Ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Abdiraupova Zarnigorning


Download 1.12 Mb.
bet5/5
Sana08.01.2022
Hajmi1.12 Mb.
#252018
1   2   3   4   5
Bog'liq
8-sinf dars ishlanma adabiyot

Darsda foydalaniladigan jihozlar: 8-sinf darsligi, ko’rgazmali qurollar, kompyuter,

mavzuga oid rasmlar, yopishqoq belgilar (stiker),marker .



Darsning texnologik xaritasi:



Dars bosqichlari

Vaqti

1

2

3

I.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

II.

O`tgan mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

III.

Yangi mavzu bayoni, guruhlarda ishlash

15 daqiqa

IV.

Yangi mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

V.

Dars yakunlash, o`quvchilarni baholash

5 daqiqa

VI.

Uyga vazifa berish

2 daqiqa
Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

-- salomlashish, davomatni aniqlash;

-- siyosiy va ma’naviy daqiqa o’tkazish.

-- o’quvchilardan darslikdan tashqari she’r so’rash



II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash.

O’quvchilardan kirish qismi haqida savol- javob qilish. Daftaridagi mavzuni konspektini tekshirib chiqish.



O’quvchilarga savol yozilgan kartochkalar tarqatiladi?

Nima uchun adabiyotni so’z san’ati deymiz?

Badiiy adabiyot nimani o’rgatadi?


Adabiy asar bo’lishi uchun nimalarga e’tibor qaratish lozim?

Badiiy haqiqat nima?


III. Yangi mavzu bayoni:


IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.

“O’rgimchak to’ri “ orqali mavzu mustahkamlanadi.





V. O’quvchilarni baholash va rag’batlantirish.

Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar rag’batlantiriladi. Maqsad g’oliblik emas, ilm olish ekanligi uqtiriladi.



VI. Uyga vazifa.

Mavzuni o’qib , o’rganib , kanspekt yozib kelish


Sana:________________ Imzo:_______________O’IBDO’



Sana: 13-sentabr 2018-yil
Sinf: 8

Fan: Adabiyot

Mavzu: “Kuntug’mish” dostoni

Dars maqsadi:

a) ta’limiy maqsad: o’quvchilarda “Kuntug’mish” dostoni haqida ma’lumot berish,.

b) tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni adabiyotga hurmat ruhida tarbiyalash,Ona Vatanga muhabbat hissini kamol toptirish, insoniy fazilatlar, ijobiy xislatlarni tarbiyalash,

d) rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilar og’zaki nutqini o’stirish, Xotira mustahkamligiga erishish va mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, chuqur mulohaza yuritishga undash.

Dars turi: yangi bilim beruvchi, mustahkamlovchi.

Darsda foydalaniladigan usullar: ,,tushunchalar tahlili” kabi usullar.

Darsda foydalaniladigan jihozlar: 6-sinf darsligi, ko’rgazmali qurollar, kompyuter,

mavzuga oid rasmlar, yopishqoq belgilar (stiker),marker .



Darsning texnologik xaritasi:



Dars bosqichlari

Vaqti

1

2

3

I.

Tashkiliy qism

2 daqiqa

II.

O`tgan mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

III.

Yangi mavzu bayoni, guruhlarda ishlash

16 daqiqa

IV.

Yangi mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

V.

Dars yakunlash, o`quvchilarni baholash

5 daqiqa

VI.

Uyga vazifa berish

2 daqiqa


Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

-- salomlashish, davomatni aniqlash;

-- siyosiy va ma’naviy daqiqa o’tkazish.

II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash.

Xalq og’zaki ijodi bo’yicha o’tilganlarni so’rash.



O’quvchilarda tezkor savol-javob o’tkazish.

  1. Xalq dostonlarida nimalar aks ettiriladi?

  2. Dostonlar asosan qaysi musiqiy asbob yordamida kuylanadi?

  3. Yirik dostonchilik maktablari qachon paydo bo’lgan?

  4. XX asrga kelib xalq dostonlari soni qanchaga yetdi?

  5. Doston kuylovchilar kimlar?

  6. Qaysi baxshilar doston kuylashni boshlab berishgan?

  7. Qaysi baxshilarni bilasiz?

  8. “Alpomish dostonining ming yilligi yurtimizda qachon nishonlandi?

  9. Hozirgi darsligimizda “Kuntug’mish” dostoni qaysi baxshi bobomizdan yozib olingan nusxasi berilgan?

  10. Doston kuylovchilar uchun qanday unvon ta’sis etilgan?


III. Yangi mavzu bayoni:

Kuntug’mish qirq yigitni olib, xachirlarga mol-dunyo ortib Zangar yurtiga keladi. Bir bazzoz qiyofasiga kirib, ko’shk yonida mato sotib o’tirganida Xolbeka o’z kanizaklariga bu yigitni saroyga olib kirishlarini buyuradi.. kuntug’mish saroyga kirrgach shartga binoan nard o’ynatadi va Xolbeka yengiladi. Ikkalasi bazm-u suhbat bilan ovvora bo’lib, Xolbeka ko’shkiga choqmay qo’yganini ko’rgan Zangar podshosi Buvraxon undan xabar olgani o’z jallodlari-yu mirg’azablarini jo’natadi kuntug’mish va Xolbeka qochib yashirinishadi. Biroq ayg’oqchilar ular yashiringan joyni aytib berishgach, har ikkalasini ham ushlab, Buvraxon huzuriga bandi qilib olib borishadi. Buvraxon o’z saroy a’yonlariiga bu ikkisi qanday jazoga loyiqligi borasida maslahat soladi.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.

Lug’at bilan ishlash

Kay- keyin

Uzugini- shevada juzuk

Uyg’ondi- uyondi

Tugul- qo’lyozmada tuva

Bazzoz- gazlama sotuvchi savdogar, gazlamafurush

Mirg’azab- mahbus va bandilarni jazolaydigan , kaltaklab tergov qiladigan zindon nazoratchisi, mirshab

Qudoq- tulup ma’nosida.



V. O’quvchilarni baholash va rag’batlantirish.

Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar rag’batlantiriladi. Maqsad g’oliblik emas, ilm olish ekanligi uqtiriladi.



VI. Uyga vazifa.

Mavzuni o’qib , o’rganib kelish, darslikda berilgan savollarga javob yozib kelish.


Sana:________________ Imzo:_______________O’IBDO’


Sana: -sentabr 2018-yil
Sinf: 8

Fan: Adabiyot

Mavzu: Nazariy ma’lumot. Ishqiy-qahramonlik dostonlari.

Dars maqsadi:

a) ta’limiy maqsad: o’quvchilarga ishqiy-qahramonlik dostonlari vaa doston turlari haqida ma’lumot berish,.

b) tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni adabiyotga hurmat ruhida tarbiyalash,Ona Vatanga muhabbat hissini kamol toptirish, insoniy fazilatlar, ijobiy xislatlarni tarbiyalash,

d) rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilar og’zaki nutqini o’stirish, Xotira mustahkamligiga erishish va mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, chuqur mulohaza yuritishga undash.

Dars turi: yangi bilim beruvchi, mustahkamlovchi.

Darsda foydalaniladigan usullar: ,,tushunchalar tahlili” kabi usullar.

Darsda foydalaniladigan jihozlar: 8-sinf darsligi, ko’rgazmali qurollar, kompyuter,

mavzuga oid rasmlar, yopishqoq belgilar (stiker),marker .



Darsning texnologik xaritasi:



Dars bosqichlari

Vaqti

1

2

3

I.

Tashkiliy qism

2 daqiqa

II.

O`tgan mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

III.

Yangi mavzu bayoni, guruhlarda ishlash

16 daqiqa

IV.

Yangi mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

V.

Dars yakunlash, o`quvchilarni baholash

5 daqiqa

VI.

Uyga vazifa berish

2 daqiqa


Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

-- salomlashish, davomatni aniqlash;

-- siyosiy va ma’naviy daqiqa o’tkazish.

II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash.

“Kuntug’mish” dostoni davomi bo’yicha savol –javob qilish. Dostondagi shevaga oida so’zlar va lug’at so’zlarni yoddan so’rash. Dostondagi hikmatli so’zlar, iboralar, maqollarni so’rash. Ularning ma’nosini izohlash.



III. Yangi mavzu bayoni:
Doston xalq og’zaki ijodi va o’zbek mumtoz adabiyotida keng foydalanib kelinayotgan epic shakllardan biri. “doston” so’zi xilma-xil ma’noni bildiradi. Masalan, “doston” forschada epic asar nomini anglatadigan so’z bo’lib, u hatto qissa , romandek katta nasriy asarlarga ham nisbat beriladi.

Dostonlarimizda xalqimizning baxtli kunlar, ro’shnolik haqidagi orzu-umidlari, faqat yaxshilikka , yorug’ kunlaga erishish istagi yotadi.

Xalq dostonlarining ko’pchiligiga xos xususiyat- ularda ishq-muhabbat mavzusining ustunligidir. Sevimli shoiramiz Nodirabegim aytganidek:

“Muhabbatsiz kishi odam emasdur,

Gar odamsan muhabbat ixtiyor et.”

Muhabbat insonni ezgulikka yetaklaydi, sevgan kishi har qanday qahramonliklar qilishga qodir hisoblanadi. Biz o’rgangan “Kuntug’mish” dostoni sevishganlar haqida chiroyli asar, uning janri ishqiy-qahramonlikdir. Chunki Kuntug’mish dostonda katta qahramonliklar ko’rsatadi. Sevgan yori Xolbeka va uning bolalari uchun o’zini fido qilishga shayligi qahramonlikning bir namunasi xolos.



IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.

  1. Dostondagi qahramonlarning qaysi sifatlaridan ibrat olish mumkin?

  2. Ishqiy-qahramonlik dostonlari deganda nimani tushunasiz?

  3. O’zbek dostonlarining yakunlovchi qismiga xos xususiyat nima?

  4. Ishqiy-qahramonlik va ishqiy-sarguzasht dostonlarining farqi nimada?


V. O’quvchilarni baholash va rag’batlantirish.

Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar rag’batlantiriladi. Maqsad g’oliblik emas, ilm olish ekanligi uqtiriladi.



VI. Uyga vazifa.

Mavzuni o’qib , o’rganib kelish, darslikda berilgan savollarga javob yozib kelish.


Sana:________________ Imzo:_______________O’IBDO’
Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling