Toshkent viloyati Olmaliq shahar 20-idum davlat va huquq asoslari fani o’qituvchisi Abdulqosimova Naima Isoxo’jayevnaning video darsi


Download 63.4 Kb.
Sana18.04.2020
Hajmi63.4 Kb.
#99942
Bog'liq
2 5237698121957377799

Toshkent viloyati Olmaliq shahar 20-IDUM Davlat va huquq asoslari fani o’qituvchisi Abdulqosimova Naima Isoxo’jayevnaning video darsi

Mavzu : Fuqarolik qonunchiligida voyaga yemaganlarning huquqlari

  • O‘zbekiston Respublikasidagi barcha shaxslar (jismoniy va yuridik)
  • mulkka oid va oid bo‘lmagan munosabatlarini hamda tovar-pul munosabatlarini tartibga solib turuvchi huquqiy normalarini o‘zida jamlagan soha bu. -- fuqarolik huquqi sohasidir.

Fuqarolik huquqi dastlab qadim gi Rimda vujudga kelgan

Fuqaroning huquq layoqati u tug‘ilgan paytdan e’tiboran vujudga keladi va vafot etishi bilan tugaydi.

Fuqaroning muomala layoqati esa fuqaroning o‘z harakatlari bilan

fuqarolik huquqlariga ega bo‘lish va ularni amalga oshirish, o‘zi uchun

fuqarolik burchlarini vujudga keltirish va ularni bajarish layoqati bo‘lib,

bu layoqat fuqaro voyaga yetgach, ya’ni o‘n sakkiz yoshga to‘lgach to‘la hajmda vujudga keladi

Fuqarolik huquq va burchlari quyidagilardan vujudga keladi:

  • 1) qonunda nazarda tutilgan shartnomalar va boshqa bitimlardan, shuningdek garchi qonunda
  • nazardaa tutilgan bo‘lmasa-da, lekin unga zid bo‘lmagan shartnomalar va boshqa bitimlardan;

  • 2) qonunda fuqarolik huquq va burchlari vujudga kelishining asosi sifatida nazarda tutilgan davlat organlarining yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hujjatlaridan;
  • 3) sudning fuqarolik huquq va burchlarini belgilagan qaroridan;
  • 4) qonun yo‘l qo‘yadigan asoslarda mol-mulk olish natijasida;
  • 5) fan, adabiyot, san’at asarlarini yaratish, ixtirolar va boshqa intellektual faoliyat natijasida
  • 6) boshqa shaxsga zarar yetkazish natijasida;
  • 7) asossiz boyib ketish natijasida;
  • 8) fuqarolar va yuridik shaxslarning boshqa harakatlari natijasida;
  • 9) qonun hujjatlari fuqarolik-huquqiy oqibatlarning kelib chiqishi bilan bog‘laydigan hodisalar natijasida
  • “Fuqaroning o‘z harakatlari bilan fuqarolik huquqlariga ega bo‘lish va ularni amalga oshirish, o‘zi uchun fuqarolik burch larini vujudga keltirish va ularni bajarish layoqati

    (muo mala layoqati) u voyaga yetgach, ya’ni 18 yoshga to‘lgach to‘la hajmda vujudga keladi”.

    O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining .22- modda.

6 yoshdan 14 yoshgacha

6 yoshdan 14 yoshgacha

  • 1) mayda maishiy bitimlarni;
  • 2) tekin manfaat ko‘rishga qaratilgan bitimlarni;
  • 3) qonuniy ravishda muayyan maqsadda yoki o‘zi xohlagan tartibda
  • erkin foydalanish uchun berilgan mablag‘larni tasarruf etish borasidagi bitimlarni tuzishga haqlidir.

14 yoshdan 18 yoshgacha

  • 1) o‘z ish haqi, stipendiyasi va boshqa daromadlarini tasarruf etish;
  • 2) har xil muallifl ik huquqlarini amalga oshirish;
  • 3) qonunga muvofi q banklarga omonat qo‘yish va ularni tasarruf etish;
  • 4) har xil maishiy bitimlarni tuzish huquqiga ega.

to‘lgan voyaga yetmagan shaxs qonunda ko‘rsatilgan shartlar asosi da ishlayotgan yoki tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan bo‘lsa, u sud qarori bilan to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilinishi mumkin. Buni fuqa ro viy huquqda emansipatsiya deb yuritiladi. Emansipatsiya – lotincha “emancipatio” so‘zidan olingan bo‘lib, huquqlarda tenglashish degan ma’noni anglatadi. Voyaga yetgunga qadar qonuniy asosda nikohdan o‘tgan

Voyaga yetgunga qadar qonuniy asosda nikohdan o‘tgan fuqaro nikohdan o‘tgan vaqtdan e’tiboran to‘la hajmda muomala layoqatiga ega bo‘ladi. Nikoh tuzish natijasida ega bo‘lingan muomala layoqati o‘n sakkiz yoshga to‘lmasdan turib nikoh bekor qilingan taqdirda ham to‘la saqlanib qoladi. Nikoh haqiqiy emas deb topilganida sud voyaga yetmagan er (xotin) sud belgilagan payt dan boshlab to‘la muomala layoqatini yo‘ qotganligi haqida qaror qabul qilishi mumkin.


O’zbekuston Respublikasi Vazirlar Mahka ma si, Qoraqolpog‘iston Respub likasi Vazirlar Ken gashi, viloyat, tuman, shahar ho kim liklari hu zu rida

Voya ga yetmaganlar ish lari bo‘yicha komissiyalar tuzilgan. Bu komis siyalar ning maqsad va vazifalari qu yi dagilardan iborat:

– voyaga yetmaganlarning nazoratsiz va qarovsiz qolishlari,

huquqbuzarlik la rining oldini olish;

– voyaga yetmaganlarning noqonuniy xatti-harakatlari va huquqbuzarliklari ga imkon tug‘diruvchi sabablar va sharoitlarni aniqlash va bartaraf qilish;

– voyaga yetmaganlarning huquqlari va manfaatlarining himoya

qilinishi;

– ijtimoiy jihatdan xavfl i ahvolda bo‘lgan voyaga yetmaganlar bilan

tar bi yaviy ish olib borishni tashkil qilish.

Komissiyalar tomonidan qabul qilingan, ularning vakolatlari doirasidagi



qaror lar davlat organlari, boshqa tashkilotlar va mansabdor shaxslar tomoni dan bajarilishi majburiydir.

Uyga vazifa : Quyidagi savollarga javob topin va jadvalni toldiring

  • 1. Huquqiy layoqat nima?
  • 2. Muomala layoqati deganda nimani tushundingiz?
  • 3. Huquqiy layoqat va muomala layoqatiga misollar keltiring.
  • 4. Fuqarolik huquq va burchlari qaysi hollarda vujudga keladi? Ularni
  • sanab bering.
  • 5. Emansipatsiya nima?
  • 6. Quyidagi jadvalni daftaringizga chizing va O‘zbekiston Respublikasi
  • Fuqarolik kodeksiga binoan voyaga yetmaganlarning muomala layoqatilari asosida to‘ldiring: :

6 yoshdan 14yoshgacha bo’lgan kichik yozdagi bolalar:

14yoshdan 18yoshgacha bo’lgan voyaga yrtmaganlar

16 yoshga to’lgan voyaga yetmaganlar :

Namuna : Mayda maishiy bitimlar tuzadilar

Download 63.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling