Toshkent viloyati Olmaliq shahar 6-ixtisoslashtirilgan yordamchi maktabning 1-sinfida yakka tartibda ta’lim oluvchi Muxammadova Malika bilan bir yillik olib borilgan ishlar hisoboti
Download 13.7 Kb.
|
malika hisobot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Biriktirilgan o’qituvchi: Berdiyeva N.R
Toshkent viloyati Olmaliq shahar 6-ixtisoslashtirilgan yordamchi maktabning 1-sinfida yakka tartibda ta’lim oluvchi Muxammadova Malika bilan bir yillik olib borilgan ishlar HISOBOTI Muxammadova Malika 1-sinfda tahsil olib kelmoqda. Malika òquv yili davomida o’quv reja va tasdiqlangan dars jadvali asosida umumiy 264 soat, haftasiga 8 soat dars berildi. Bular quyidagi fanlardir: alifbe , matematika, nutq òstirish,tasviriy san'at, texnologiya, logopediya va yozuv. Muxxamadova Malika diqqati tarqoq , xotirasi sust darsda o’rgangan mavzulari tez esdan chiqib qoladi. Nutqi juda sust rivojlangan , dunyo qarashi tor .Atrofidagi predmetlarni yordam asosida topadi.Lopediya mashg’ulotlarida artikulyatsion mashqlar , mayda qo’l motorikasi va NTR bolalar uchun mòljallangan dastur asosida ishlari olib borildi. Malika ranglar , mevalar , sabzavotlar va geometrik shakllarni rasm asosida biroz xatolarga yo’l qo’ygan holda topib bera oladi. Fasllar, mabellar, tana a'zolari, yuvinish vositalari, qushlar, transport turlari va gullar haqida ma'lumotga ega bòldi. Malika harflani taniydi, , lekin ayta olmaydi, qiynaladi. Alifbe darsida ayrim harflarni òqish va yozish kònikmasiga ega bòldi. Matematika fanidan 10gacha bòlgan sonlarni qòshish va ayirish kònikmasiga ega bòldi. Sonlarni taqqoslas, qòshish va ayirish kabi amallar predmatlar asosida òrgatildi.Nutq òstirish darsidan yil, oy ,fasllar, maktab, sinf, meva va sabzavotlar, yovboyi va uy hayvonlari, transport turlari va mehnat qurollari kabi mavzular o’tildi. Tasviriy san’at fanidan ko'roq geometrik shakllardan naqshlar chizish, archa shoxlari, svetafor, minora va sochiq kabi chizish o’quvchiga o’rgatildi. Rasm bòyashda qòllarida tonus kòp bòlgani sababli rasm chegaralaridan chiqarib bòyaydi. Texnologiya fanidan rangli qogozdan stakan, xatchòp, qayiq, qòziqorin sabzavot va mevalar yasashni, plastilindan zina, shar, harf va raqamlar, qurutilgan barglardan naqsh, gul va hayvonlarni yasashda predmet qismlarni bir biriga ulashni òrgandi. Berilgan yangi ma’lumotlarni tushunib yetishda qiynaldi. Ruchkani tutishda qiyinchilik ka duch keldi. Asosan yordam asosida yozadi. Malika dars o’tish jarayonida AKT dan , rangli ko’rgazmalardan , tarqatma materiallardan , har xil predmet maketlaridan foydalangan holda dars o’tildi. Muxammadova Malika bilan amalga oshirilgan ishlar 2-sinfda ham davom ettiriladi. Biriktirilgan o’qituvchi: Berdiyeva N.R Download 13.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling